Mustaqillikka erishishi arafasida


O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari



Yüklə 143,68 Kb.
səhifə6/21
tarix10.02.2023
ölçüsü143,68 Kb.
#83741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari.


О‘tgan asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi siyosiy tizimi va xо‘jalik yuritish usullarining rivojlanish imkoniyatlari kamayib bordi.
О‘zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan kompaniyalarning eng oxirgisi “Paxta ishi” sifatida tarixga kirdi. “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”) mustabid sovet hokimiyati tomonidan 1983-1990-yillarda о‘zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan navbatdagi qatag‘on siyosati bо‘lgan edi.
Sovet Ittifoqining yangi rahbari Y.V.Andropov tashabbusi bilan 1983-yil fevral oyida KPSS MK Siyosiy byurosi О‘zbekistonda paxtachilik sohasidagi kо‘zbо‘yamachilik bо‘yicha tekshirishlar о‘tkazish tо‘g‘risida qaror qabul qilib, bu vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus tergov komissiyasi tuzishni topshirdi. 1983-yil aprelda T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida ana shunday maxsus tergov guruhi tuzildi. Gdlyan-Ivanov guruhi 1983-yil avgustida ish boshladi. Ular keyinchalik Markazdan respublikamizga kelgan “desantchilar” (“kadrlar tо‘dasi”): partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlariga tayanib, О‘zbekistonda keng miqyosli sud-tergovni amalga oshirishga kirishdilar.
Ulkan mamlakatni qamrab olgan inqiroziy holatlarni sovet rejimi mavjud tizim negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb hisoblagan Markaz bu davrda О‘zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab oldi. Respublikada “tozalash ishlari”ni olib borishdan kо‘zlangan maqsadni faqat iqtisodiy jinoyatchilikni fosh etish emas, balki mamlakat hayotidagi umumiy salbiy xolatlarni tо‘xtatish, “temir partiyaviy intizom” bilan milliy kadrlarni jilovlab, erkin fikrlaydigan ziyolilar va boshqa mutaxassis kadrlarni jilovlash, ittifoqdosh respublikalarda yuzaga kelayotgan milliy ijtimoiy-siyosiy unsurlarni bо‘g‘ib tashlash, milliy ong va kishilarning faoliyatini ham mahkam ushlab turishdan iborat edi.
Hisob-kitoblarga kо‘ra, SSSR miqyosida xom ashyo yetkazish sohasida qо‘shib yozish 2-25 % atrofida bо‘lgan. Bu xolat О‘zbekistonga nisbatan boshqa respublikalarda avvaldan mavjud bо‘lib, kо‘lami ham ancha katta bо‘lgan. Biroq Markazning yangi rahbariyati tomonidan 1983-yili О‘zbekiston SSRda qatag‘onning yangi bosqichi boshlanib, gо‘yoki Sovet Ittifoqidagi barcha jinoyatlar faqat О‘zbekistonda sodir qilindi, uni faqat о‘zbeklar amalga oshirdi, degan fikr
jamoatchilik ongiga singdirish maqsad qilindi.
О‘zbekistonda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi qо‘shib yozish, о‘g‘irlik, poraxо‘rlik aybi bilan respublikadagi jamoa xо‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xо‘jaligi yetakchi mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, О‘zbekiston paxta tozalash sanoati vazirligi tizimidagi kо‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlari о‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qо‘zg‘atildi. Ayrim rahbarlar qamoqqa tushmaslik uchun о‘z jonlariga qasd qilishdi.
1983-1986-yillarda sovet jamoatchiligi T.X.Gdlyan rahbarligidagi gurux faoliyatidan butunlay bexabar edi. Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi. Ammo 1987-yildan boshlab OAV guruh ishini keng kо‘lamda va ayni vaqtda bir xil ijobiy yorita boshladi. Gdlyan-Ivanovlarning nomlari, ayniqsa, 1988-yildan butun SSSRda va chet ellarda mashxur bо‘lib ketdi.
Gdlyan gruppasining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari tо‘g‘risida birinchi shikoyat Moskvaga 1983-yildayoq yuborilgan edi. 1987-yildan bu shikoyatlar tobora kо‘payib boraverdi. 1989-yil 25-aprelda “Xint ishi” bо‘yicha T.X.Gdlyan faoliyati keskin tanqid ostiga olinganidan sо‘ng shikoyatlar avj oldi. 1989-yil may oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya qisqa muddatda xulosalar chiqarib, Gdlyan va Ivanov sotsialistik qonunchilikni qо‘pol tarzda buzdilar, deb sо‘zsiz tasdiqladilar. 1989-yil 25-mayda SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qо‘zg‘atildi. Ammo Gdlyan bilan Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi.
Maxsus komissiya 1989-yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar jamoatchilik fikrini eshtib va sud-tergov xujjatlarini о‘rgandi. 1989-yilning 12-24-dekabrda bо‘lib о‘tgan SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida 23-dekabr kuni “SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti” tinglandi. Xisobotda tergov gruppasining jinoyatda ayblangan kishilarning oila a’zolarini, qarindoshlarini, jumladan, betoblarni, keksa yoshdagi kishilarni, kо‘p bolali onalarni qamab qо‘yish amaliyoti keng qо‘llanilganligi ochiq aytildi. Sudlanganlardan, ayblanuvchilardan va ularning qarindoshlaridan tushgan shikoyatlarda tergovchilarning g‘ayriqonuniy harakatlari, “otib tashlayman”, deb dag‘dag‘a qilishgani va boshqa yо‘sundagi qо‘rqitishlari, grajdanlarning haqoratlanishi, ularning sha’ni va qadr-qimmati yerga urilgani, jismoniy kuch ishlatilgani о‘z tasdiqini topganligi e’tirof etildi.
Gdlan-Ivanovlar 1990-yil 19-aprelda SSSR prokuraturasidagi о‘z vazifasidan chetlashtirildi. Biroq SSSR prokuraturasining mas’ul xodimi 2-darajali adliya maslahatchisi V.Ilyuxin rahbarligidagi Gdlyan-Ivanov guruhiga qarshi qо‘zg‘atilgan ish ham tо‘xtatib qо‘yildi. Chunki, V.Ilyuxin xujjatlarni puxta о‘rganib, nafaqat bu ikki tegovchiga qarshi, balki SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevga qarshi ham ish qо‘zg‘atib, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini qо‘ygan edi.
Islom Karimov respublika rahbarligiga kelgach, 1989-yil sentabrda “paxta
ishi”ni chuqur о‘rganish bо‘yicha О‘zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. Qamoqqa olingan kishilarning ming jilddan ortiq “ish”lari qayta kо‘rila boshlandi. Komissiya faoliyatiga Ministrlar kabineti raisining birinchi о‘rinbosari I.H.Jо‘rabekov raislik qildi. О‘zSSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi A.A.Polvonzoda unga о‘rinbosar bо‘ldi. Komissiya tomonidan “paxta ishi”da nohaq jabrlangan minglab kishilar avf etildi va oqlandi.
1990-yilda О‘zbekiston SSR Oliy sudi raisining birinchi о‘rinbosari (A.Polvonzoda), respublika prokurori о‘rinbosari (Rashid Qodirov), О‘zbekistondan saylangan SSSR Xalq deputatlari (Erkin Yusupov, Axmadjon Muxtorov va boshq.) Markazdan Gdlyan-Ivanov ishini kо‘rib chiqishni О‘zbekistonga kо‘chirishni talab qilishdi. Biroq SSSR Bosh prokurori N.Trubin ayrim siyosiy kuchlarning tazyiqi bilan 1991-yil 30-avgustda “Gdlan va Ivanov harakatlarida jinoyat alomatlari yо‘qligi hamda siyosiy vaziyatning о‘zgarganligi uchun jinoiy ishni tо‘xtatish tо‘g‘risida” qaror qabul qildi. Xolbuki, Gdlyan-Ivanov ustidan maxsus tekshirish ishini olib borayotgan tergovchilar hali ishni tugatmagan edilar.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda О‘zbekistonda “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”) “jinoyat” ishi bo‘yicha 1983-1990-yillarda jami 40 000 kishi tergovga tortilgan. Ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz о‘tirdi. 4018 kishi noqonuniy sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
O‘zbekistonda “paxta ishi” degan soxta kompaniya qatag‘on siyosati ta’sirida nohaqlik va adolatsizlik avjiga chiqqan, partiya, sovet va davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida aynish boshlangan, turli buzg‘unchi kuchlar, diniy niqobdagi radikal oqimlar bosh ko‘targan, bu ham yetmaganidek, hukmron sobiq Markazdagi ikkiyuzlamachi matbuot tomonidan xalqimizning boshiga yog‘dirilgan bo‘hton va tuxmatlar odamlarimizning ruhi va kayfiyatini tushirgan. Xalq o‘rtasida ertangi kun ishonchiga jiddiy putur yetgan edi.
О‘zbekistonning yangi rahbari I.A.Karimov (1938-2016) 1990-yil 4-iyul kuni KPSS XXVIII syezdida sо‘zlagan nutqida “О‘zbeklar ishi” degan haqoratli gapga chek qо‘yishni talab qiladi. 1990-1991-yillarda “Paxta ishi” bilan nohaq qamalganlar ichida afv etilganlar soni 1600 kishidan oshib ketdi.
Yaqin o‘tmishda boshimizdan kechirgan ana shunday mash’um kunlarni eslar ekanmiz, bugungi erkin va ozod hayotimizni asrash, uning qadriga yetish, hozirgi o‘ta notinch va tahlikali zamonda doimo hushyor, ogoh va sergak bo‘lib yashash zarurligini yanada chuqur anglaymiz.



Yüklə 143,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin