Musulmon Uyg‘onish davrida O‘rta Osiyoda ilm-fan


Uu`gonish davri madaniy jarayonlarining me`morchilik uslublariga ta`siri



Yüklə 40,24 Kb.
səhifə4/5
tarix28.05.2022
ölçüsü40,24 Kb.
#59866
1   2   3   4   5
“Musulmon Uyg‘onish davrida O‘rta Osiyoda ilm-fan”

Uu`gonish davri madaniy jarayonlarining me`morchilik uslublariga ta`siri
IX-XII asrlarda o‘lkada markazlashgan yirik davlatlarning shakllanishi va ularning rivoji, davlatchilikning mustahkamlanishi, ma'naviy hayot, ilm-fanning rivojlanishigagina emas, balki moddiy madaniyatning ham rivojlanishiga asos bo‘ldi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O`zgan va Marv kabi shaharlarda saroylar, masjid, madrasalar, minoralar, maqbaralar, tim va karvonsaroylar ko‘plab qurila boshladi.
Bu davr O‘rta Osiyo me'morchiligida ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib, qurilish materiali sifatida paxsa, xom g‘isht va pishiq g‘isht hamda bog‘lovchi element sifatida ganchdan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu vaqtda sinch qadab quriladigan uy-joylar va umum ahamiyatga ega bo‘lgan binolar, saroylar, masjidlar, madrasalar qurilishida yog‘och ham muhim o‘rin egallar edi.
X asrlarga kelib binokorlikda qurilish tartibi ham o‘zgara boshladi. Mahobatli qurilishda tomi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binolar muhim ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g‘isht bilan qurilgan go‘zal maqbara fikrimizga misol bo‘la oladi. Bu bino to‘rtburchak shaklida bo‘lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To‘rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o‘tilgan. Shu bilan birga bu bino to‘rt fasadlidir. Uning to‘rttala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo‘q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o‘sha davr uchun xos bo‘lgan me'moriy xususiyatlardan ham ko‘p foydalanilgan.
IX-X asr me'morchiligi uslublarini saqlanib qolganligini ko‘plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko‘pgina masjidlar o‘z vaqtida arablargacha bo‘lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo‘lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo‘lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g‘ishtlar, o‘yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O‘rta Osiyoda diniy me'morchilikning rivojlanish yo‘llarini kuzatish imkoniyatini berdi.
Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o‘zi uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishiga katta mablag‘ sarflagan. Bu saroy g‘oyat go‘zal bo‘lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marvda, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo‘lgan. Bu saroylar o‘zlarining kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Ko‘p hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog‘lar ichida bunyod etilgan.
Saroylarning go‘zalligini Termiz shahridagi saroy misolida ko‘rish mumkin. Bu saroy to‘liq ochib o‘rganilgan. Saroy shahar mudofaa devorlaridan tashqarida, bog‘lar orasida joylashgan va 10 gektarga yaqin maydonni ishg‘ol etgan. Saroy mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Saroy o‘zining mahobatliligi, serhashamligi va bag‘oyat go‘zal, nafis bezaklari bilan odamni o‘ziga jalb qiladi.
Somoniylar davriga oid shahar va qishloq aholisining uylari to‘g‘risida hozir arxeologiya ancha ma'lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent-Kanka, Binkent, Termiz, Marv, Dehiston kabi o‘nlab yodgorliklarda olib borilgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir. Afrosiyobda bu davrga oid katta bir mahalla ochib o‘rganilgan.
Qoraxoniylar O‘rta Osiyoni bosib olgandan so‘ng bu yerdagi madaniy hayotda ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlar taraqqiy etdi, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Shaharlar rivojlanishi bilan shahar aholisi soni ham ko‘payib bordi. Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Bu shaharlar endi uch qismli-ark, shahriston, rabotdan iborat edi. Ularda yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo‘lib, bu imoratlar o‘z tuzilishi va naqshlari bilan ajralib turardi.
Qoraxoniy hukmdori Shams ul-Mulk Buxoro yaqinida saroy barpo etdi va bundan tashqari Hazara qishlog‘i yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Raboti Malik nomi bilan mashhur bo‘lgan karvonsaroy qurdiradi. Buxoro shahrida 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat-Minorai Kalon barpo etildi. Vobkentda XII asrning oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan minorani, Jarqo‘rg‘onda (Surxondaryo viloyati) Qoraxoniylar tomonidan 1108-1109 yillarda barpo etgan minorani, shuningdek Buxorodagi Nomozgohni va Attoriy masjidini alohida ta'kidlab o‘tish mumkin.
Termiz shahri XI-XII asrlarda ancha rivojlandi, yangi mustahkam mudofaa devori qurildi, bu yerda barpo etilgan Termiz hukmdorlari saroyi ayniqsa mashhurdir. Bu saroyni qazib ochgan arxeologlar turli idishlar bilan birga afsonaviy hayvonlar tasvirini ham topishdi. XI-XII asr boshlarida Xorazmda ham ko‘pgina binolar qad ko‘tardi, jumladan, Urganchdagi Faxriddin Roziy va Shayx Sharif maqbarasini, ko‘plab karvon saroylarni, Buronqal'a, Naifqal'a va boshqalarni aytib o‘tish mumkin.


Yüklə 40,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin