Мутахассислик “Лаборатория диагностикаси”



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə1/3
tarix15.10.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#155699
  1   2   3
6. Лаб. таш. (Сан ташқ) оғзаки ўзб


Laboratoriya tashxisi (Sanepidqo‘m laboratoriyalaridan tashqari) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati


Ikkinchi malaka toifasi uchun:



  1. Mikroorganizmlar harakatchanligini aniqlash.

  2. Alat va Asat fermentlarning aktivligini aniqlash.

  3. Arteriya va vena tomirlarining preparatlarini mikroskopda bir-biridan farqlash.

  4. Asab hujayrasining shakli, dendrit va akson tuzilishini mikroskopda ko‘rish.

  5. Bakteriologik laboratoriya jihozlari turlari va ular bilan ishlash.

  6. Balg‘amni mikroskopik tekshirish.

  7. Balg‘am yig‘ish, fizikaviy xususiyatlarini tekshirish.

  8. Balg‘am yig‘ish, kimyoviy xususiyatlarini tekshirish.

  9. Bezgak va qizil yugurukga qon olish va tekshirish.

  10. Biriktiruvchi to‘qima turlarini mikroskopda ko‘rib farqlash.

  11. Bosh miya, orqa miya, miyacha preparatlarini tayyorlash va bo‘yash usullari.

  12. Buyrak, siydik nayi va qovuq preparatlarini tayyorlash va bo‘yash usullari.

  13. Suyakdan olingan materialni fiksasiyalash, yuvish, yog‘sizlantirish va dekalsinasiyalash.

  14. Dermatomikozlar kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish uchun preparatlar tayyorlash.

  15. Qo‘tir kasalligini epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish uchun preparatlar tayyorlash.

  16. Moxov kasalligini epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish uchun preparatlar tayyorlash.

  17. Dori preparatlarini sterillikka tekshirish va natijani o‘qish.

  18. Emlash texnikasini amalga oshirish.

  19. Eozinning suvli eritmasini tayyorlash.

  20. Epidemik meningit, epidemik parotit, suvchechak, qizamiq va sil kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  21. Eritrositga qon olish va sanash texnikasi.

  22. Leykositga qon olish va sanash texnikasi.

  23. Eritrositlarning cho‘kish tezligini (ECHT) aniqlash.

  24. Erlixning nordon gemotoksilinini tayyorlash.

  25. Fotoelektrokalorimetrda (FEK) ishlash.

  26. Gematologik analizatorda ishlash.

  27. Gemoglobinni tekshirish usullarini qo‘llash.

  28. Gemoglobinometrda ishlash.

  29. Gemotokrit hajmini hisoblash.

  30. Glyukozometrda ishlash.

  31. Goryayev to‘rida orqa miya suyuqlik tarkibidagi sitozni sanash.

  32. Gripp, paragaripp kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  33. Adenovirusli infeksiyalar kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  34. Difteriya, skarlatina va ko‘k yo‘tal kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  35. Havo tarkibidagi zararli gazlarni tekshirish.

  36. Havoni ifloslantiruvchi manbalarni sanitariya va gigiyenik jihatidan tekshirish va dalolatnoma to‘ldirish.

  37. Hujayrasiz tuzilmalarni (til va gialin tog‘ay preparatida) mikroskopda ko‘rish uchun preparatlar tayyorlash.

  38. Ich terlama kasalligini epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  39. Salmonelyoz, dizenteriya kasalliklarining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  40. Botulizm kasalligini epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish.

  41. Ichki sekresiya bezlarining tuzilishini mikroskopda o‘rganish uchun preparat tayyorlash.

  42. Kislotalar, ishqorlar, oson alanga oluvchi moddalar bilan ishlash qoidalari.

  43. Jigar sinamalarini tekshirish.

  44. Jinsiy a’zo ajratmalaridan preparat tayyorlash.

  45. Kanalarni aniqlash uchun preparatlar tayyorlash.

  46. Kasalliklarga qarshi epidemiologik chora tadbirlar ishlab chiqish va laboratoriya tekshiruv usullarini amalga oshirish.

  47. Kasalxona ichki infeksiyalarini tarqalishini oldini olish.

  48. Kekirdak, bronx, o‘pka preparatini mikroskopik tekshirish uchun preparatlar tayyorlash.

  49. Gistologik tekshirish uchun kesmalar tayyorlash.

  50. Koagulogrammani aniqlash

  51. Korxona havosini sanitariya-gigiyenik baholash.

  52. Laboratoriya hujjatlarini to‘ldirish.

  53. Laboratoriya idishlarini nomlash, yuvish, saqlash va yorliqlash.

  54. Laboratoriyadagi shisha idishlari bilan ishlash.

  55. Leykositar formulani sanash.

  56. Lipidlarni sudan III bo‘yog‘i bilan bo‘yash.

  57. Gistologik tekshirish uchun materialni singdirish, quyish.

  58. Gistologik tekshirish uchun materialni yuvish va suvsizlantirish-zichlashtirish.

  59. Mikrob kulturasidan surtma tayyorlash, fiksasiya qilish.

  60. Mikroskop turlari va ular bilan ishlash.

  61. Mochevina va kreatininning aniqlash usullarini qo‘llash.

  62. Mushak to‘qimalaridan preparatlar tayyorlash.

  63. Qon tomir preparatlarini tayyorlash.

  64. Xona mikroiqlimini (havo haroratini, xona havosining namligi, havo harakati tezligi va atmosfera bosimini) aniqlash.

  65. Ochiq suv havzasi va manbalarini sanitariya-gigiyenik tekshirish.

  66. Odamning sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi bo‘g‘imoyoqlilarni farqlash uchun preparat tayyorlash.

  67. OITS ga qon olish va tekshirish.

  68. Orqa miya suyuqligini fizikaviy tekshirish.

  69. Orqa miya suyuqligini kimyoviy tekshirish.

  70. Oziq-ovqat mahsulotlarini fizikaviy tekshirish.

  71. Past va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni aniqlash.

  72. Plazmada fibrinogen miqdorini va fibrinogen aktivligini aniqlash.

  73. Preparatlar tayyorlash, bo‘yash.

  74. Preparatlarni mikroskopik tekshiruvdan so‘ng zararsizlantirish.

  75. Protrombin indeksini aniqlash.

  76. Qinning tozalik darajasini aniqlash uchun surtmalarni bo‘yash usullari.

  77. Qo‘l va ish joyini dezinfeksiya qilish.

  78. Qon guruhini va rezus-faktorni aniqlash.

  79. Qon parazitlarini topish uchun yo‘g‘on tomchi preparatlarini tayyorlash.

  80. Qon zardobi va siydikda amilaza aktivligini aniqlash.

  81. Qon zardobida bilirubinni aniqlash.

  82. Qon zardobida gormonlarni aniqlash usullarini (IFA) qo‘llash.

  83. Qon zardobida kalsiyni aniqlash.

  84. Qon zardobida natriyni aniqlash.

  85. Qon zardobida kaliy miqdorini aniqlash.

  86. Qon zardobida fosfor miqdorini aniqlash.

  87. Qon zardobida temir miqdorini aniqlash.

  88. Qon zardobida xlor ionlarini aniqlash.

  89. Qon zardobida siydik kislotani aniqlash.

  90. Qon zardobida vitaminlar miqdorini aniqlash.

  91. Qon zardobidagi ishqoriy fosfataza faolligini aniqlash.

  92. Qon zardobidagi oqsil miqdorining tekshirish usullarini qo‘llash.

  93. Qon zardobini ajratib olish.

  94. Qondagi glyukoza miqdorini aniqlash usullari.

  95. Qondan surtma tayyorlash va bo‘yash.

  96. Qonni ivish vaqtini aniqlash.

  97. Qonni oqish davomiyligini aniqlash.

  98. Quritish shkafida ishlash.

  99. Rangli ko‘rsatgich koeffisiyentini (RKK) aniqlash.

  100. Revmatologik tekshirish usullarini qo‘llash.

  101. Sentrifugada ishlash.

  102. Seroz bo‘shliqlaridan olingan suyuqlikni mikroskopik tekshirish.

  103. Seroz bo‘shliqlaridan olingan suyuqlikni fizikaviy tekshirish.

  104. Seroz bo‘shliqlaridan olingan suyuqlikni kimyoviy tekshirish.

  105. Shovqinni aniqlash.

  106. Siydikda glyukoza miqdorini aniqlash.

  107. Qondagi narkotiklarni aniqlash usullari.

  108. Sodda jonivorlarning sistalarini boyitish yoki yig‘ish, doimiy preparatlarini tayyorlash, konservasiya qilish.

  109. Sof kulturani antibiotiklarga sezgirligini disklar yordamida aniqlash.

  110. Sterilizasiya asboblarida ishlash.

  111. Surtma preparatni oddiy usullarda bo‘yash.

  112. Surtma preparatni murakkab usullarda bo‘yash.

  113. Suyuqliklar zichlingini urometr asbobida aniqlash.

  114. Tarozi turlari va ular bilan ishlash.

  115. Teri ichi allergik sinamasini qo‘yish.

  116. Teri kasalliklarida zararlangan joydan material olish, preparat tayyorlash.

  117. Torch infeksiyaga qon olish va tekshirish.

  118. Trigliseridlarni fermentativ usulda aniqlash.

  119. Trombositga qon olish va sanash.

  120. Retikulositga qon olish va sanash.

  121. Turar joylarni sanitariya-gigiyenik jihatidan tekshirish kartasini to‘ldirish.

  122. Vitaminlarga xos rangli sifat reaksiya o‘tkazish.

  123. Xolesterin miqdorini aniqlash.

  124. Yuqumli kasalliklar o‘chog‘ida dezinfeksiya usullarini o‘tkazish.

  125. Zararli materiallarni zararsizlantirish.

  126. Klinik laboratoriya tekshiruvlari uchun ishlatiladigan biologik suyuqliklar va ularni yig‘ish tartibi.

  127. Urometr bilan ishlash texnikasi.

  128. Siydik tarkibidagi mumsimon silindrlar mikroskop ostida aniqlash.

  129. Odam organizmiga dori moddalarini yuborish usullari.

  130. Tana terisining kimyoviy moddalardan kuyishida shoshilinch vabirinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralari.

  131. Siydikning pH ko‘rsatkichini aniqlash.

  132. Najasni klinik tekshirish.

  133. Me’da suyuqligini klinik tekshirish.

  134. Najasda qon pigmentini aniqlash.

  135. Teri kasalliklarida ishqorda saqlangan materiallardan preparat tayyorlash.

  136. Poliuriya nima va qaysi kasalliklarda uchraydi?

  137. Gemoglobinni aniqlashda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yish mumkin.

  138. Himoyalovchi ust – boshlarga nimalar kiradi?

  139. OIV infeksiyaga kon olish texnikasi va yullanmani tuldirish tartibi.

  140. Pakana gijjani topish uchun preparat tayyorlash va mikroskop ostida ko‘rish. qaysi organizmlarda parazitlik qiladi?

  141. Leykoz turlari.

  142. Askarida tuxumlarini topish uchun preparat tayyorlash.

  143. Siydikda oqsil miqdorini aniqlash.

  144. Periferik qonda leykotsitlar sonini sanash.

  145. Qalin tomchi va yupqa qon surtmasini tayyorlash.

  146. Balg‘amdan surtma tayyorlash.

  147. Zaxm diagnostikasi.

  148. Zimnitskiy sinamasiga siydik yig‘ish va tekshirish.

  149. Bezgak plozmodiysini aniqlash uchun preparat tayyorlash texnikasi.

  150. Siydikda qand miqdorini aniqlash.




Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin