3
KIRISH
Ushbu dastur 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari
nazariyasi va
metodikasi ixtisosligi bo`yicha tayanch doktoranturaga kiruvchilar uchun mo`ljallangan
bo`lib, Davlat ta`lim standartlari talablari asosida tuzilgan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi o`quv predmetining mazmuni hozirgi
kunda nisbatan mustaqil lekin, bir-biri
bilan o`zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan tashkil topgan bo`lib,
Jismoniy
tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo`naltirilgan o`quv predmeti sifatida
jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi,
inson jismoniy
barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o`rgatadi
.
Jismoniy tarbiya nazariyasi
ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni
izohlab beradi va umumlashtiradi.
Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining
vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning
usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy
bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko`nikmalari
zahirasini boyitish
kabi mavzular o`rin olgan.
Asosiy qism:
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o`quv predmetining mazmuni hozirgi
kunda nisbatan mustaqil lekin, bir-biri bilan o`zaro uzviy bog’langan muammoli tsikllardan
tashkil topgan bo`lib, oliy o`quv yurti mutaxassislaridan jismoniy
tarbiya sohasi uchun
maxsus kasb-hunarga ega bo`lgan ixtisoslikni puxta egallagan pedagogni tarbiyalashni
nazarda tutadi.
Ushbu maqsadi ershish yo`lida quyidagi vazifalarni bajarish ko`zda tutilgan:
- jismoniy tarbiya va uni ijtimoiy hodisa tarzida jamiyat
mahsuli tarbiyaning boshqa
shakllari bilan bog’liqligiga oid bilimlar;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy tamoyillari;
- jismoniy tarbiya vositalari va uni usuliyatlarining tamoyillari;
- harakatga o`rgatish, o`qitishning uslubiyatlari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o`qitish jarayonining tuzilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini tashkillashning shakllari;
-13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
ixtisosligi bo`yicha tayanch doktoranturaga
kiruvchilar bilimlariga qo`yiladigan talablar
:
- jismoniy tarbiya jarayoni va uni rejalashtirish;
- jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi.
Dostları ilə paylaş: