36. O’quvchi ma’lumotlarni bahs-munozara orqali qabul qilsa, berilgan ma’lumotlarning o’rtacha necha foizini o’zlashtiradi?
*a) 50%
37. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-Zag”, “Zinama-Zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” metodlari qaysi interfaol ta’lim metodlariga kiradi?
*a) Strategiyalar
38. Muammoli ta’limning ilk g’oyalari qachon va kim tomonidan asoslangan?
*a) 1894-yil J.Dyui
39. Muammoni qo’yish qanday bosqichlarda kechadi?
*a) Muammoni izlash, muammoni qo’yish, muammoni hal qilish
40. Og’zaki ta’limning qaysi uslubida biror bir tarixiy voqeaning to’liq kartinasi beriladi, o’quvchi shu voqea haqida aniq tasavvurga ega bo’ladi, voqeaning mohiyati, xususiyatlarini tushunib olishga yordam beradi?
*a) Hikoya
41. Qaysi og’zaki ta’lim uslubida o’qituvchi tarixiy hodisalarning muhim belgilari yoki xususiyatlarini, uning tuzilishi va ko’rinishini tavsiflab beradi?
*a) Tavsiflash
42. Xarakteristikaning qanday turlari mavjud?
*a) Qisqa va keng
43. Quyidagilardan qaysi biri maktabda tarix o’qitishda qo’llaniladigan bosma matnlar sirasiga kirmaydi?
*a) Badiiy ko’rgazma
44. Maktablarda tarix o’qitish tajribasida tarixiy hujjatlar bilan ishlashning asosiy usullari qaysilar?
*a) Tarixiy hujjatlardan o’qituvchi bayonida foydalanish va o’quvchilarning matn ustida ishlashi
45. Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuv necha davrga bo’linadi?
*a) 4 ta
46. “Kommunikativ kompetentlik” tushunchasi kim tomonidan kiritilgan?
*a) D.Xayms
47. 1984 yilda chop etilgan “Zamonaviy jamiyatda kompetentlik” nomli asar muallifini aniqlang.
*a) J.Raven
Dostları ilə paylaş: |