3.Kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari Наг bir mustaqil davlat rivojlanib borish yo'lida, ya'ni o'z taraqqiyot yo'lida u o'z siyosatini o'zi olib boradi. Bunda ta'lim siyosati juda muhim rol o'ynaydi.
Mutaxassislarning kelajakda o'z bilimini oshirish imkoniyatlari mavjud.
O'zbekistonda milliy kadrlarni yetishtirib chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1997 yil avgust oyida «Kadrlar tayyorlash to'g'risida» dasturi va «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni qabul qildi. Bunga ko'ra O'zbekistonda Oliy ta'lim tizimi shakli o'zgartirilib, u to'rt bosqichdan iborat qilib qo'yildi. Bu bosqichlar quyidagilardir:
Bakalavriat
Magistratura
Aspirantura
Doktorantura
Bakalavriat - ko'p mamlakatlarda oliy ta'limning dastlabki bosqichi hisoblanadi. O'zbekistonda bakalavriat mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan tayanch oliy ta'limdir. Bunda o'qish muddati kamida 4 yil qilib olingan. Bakalavrlik dasturi tugallangandan so'ng bitiravchilarga bakalavr darajasi berilib, davlat attestatsiyasi yakunlariga ko'ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom topshiriladi. Bu diplom kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini ham beradi.
Bunday bakalavrlik darajasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko'ra oliy o'quv yurtini va institutlarni bitirgan birinchi bosqichni tugatgan talabalargagina beriladi.
Magistratura- Bu yo'nalish oliy ta'lim bosqichi, O'zbekistonda aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida 2 yil bo'lgan davom etadigan oliy ta'lim hisoblanadi. Magistrlik dasturini tugatib, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan keyin, bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga ko'ra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar va ilmiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom beriladi. O'zbekiston Respublikasida magistraturani birinchi marta 2001 yil 1828 kishi bitirib chiqdi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ularni chin dildan tabriklab, kelajakda ularga omad tiladi.