Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
Aspirantura - uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagok kadrlar, fan nomzodlari tayyorlash shakli hisoblanib, u 3 yil muddatdan iborat. O'zbekistonda aspirantura 1930 yillarda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti hamda Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi hay'ati, vazirlik va idoralar hay'atining qarori bilan ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari va boshqa ilmiy muassasalarda tegishli mutaxassisliklar bo'yicha aspirantura ochildi.
Aspirantura ishdan, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda tashkil qilinadi. Aspiranturada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan hollarda 3 yil, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 4 yildan oshmasligi
kerak. Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranturaga 30 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagiga esa 40 yoshgacha bo'lgan ilmiy hamda ilmiy pedagogik ishga layoqatli mutaxassis va magistrlar qabul qilinadi. Aspiranturaga kiravchilar o'rnatilgan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi aspiranturaga qabul qilinganlarga stipendiya to'lanadi. Aspirantlar o'z ilmiy faoliyatlarini ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o'quv yurti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ilmiy mavzu asosida tuzilgan shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar.
Aspirantlar dissertatsiya mavzulari bo'yicha ilmiy izlanishlarni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlarining laborotoriya kafedra va boshqa bo'limlarida olib boradilar. Zaruriyat tug'ilgan hollarda ular shartnoma asosida rivojlangan mamlakatlar ilmiy markaz va oliy o'quv yurtlariga yuborilishi mumkin.
Aspirantlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdan oldin ya'ni ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarga taqdim etmasdan oldin Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan belgilangan imtihonni topshirishlari kerak. Aspirantura, asosan, akademik va malakaviy imtihonlarni topshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, ya'ni nomzodlik dissertatsiyasini himoyalash bilan yakunlanadi. Muvaffaqiyatli himoya qilganlarga Oliy Attestatsiya Komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasi va diplom topshiriladi.