Mutaxassislikka kirish


Institutda tayyorlanadigan bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə7/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

2. Institutda tayyorlanadigan bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, milliy huquqiy davlat barpo etish, demokratik jamiyat asoslarini yaratish, bozor munosabatlarini shakllantirish, ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashni tiklash tomon o'ziga xos yo'l bilan rivojlanish yo'liga kirdi. Ma'muriy-buyruqbozlik boshqaraviga asoslangan totalitar tuzumdagi yangi, erkin, ochiq demokratik jamiyatga o'tish moliya-kredit yo'nalishi bo'yicha zamonaviy kadrlar tayyorlashga bevosita bog'liq edi. Shu munosabat bilan Toshkent Moliya Institutining mavqei yanada o'sdi, u moliya-kredit, hisob-iqtisod mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi asosiy dargohga aylandi.
Institutimiz 6 ta fakultet, 23 ta kafedra, 5 ta ilmiy tadqiqot guruhlaridan iborat. Bundan tashqari, institutimiz qoshida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlararo instituti, soliq organlariga xodimlar tayyorlash o'quv markazi, bank kolleji, moliya, biznes maktabi, bank va soliq litseyi faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, ma'naviyat va ma'rifat markazi, yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o'rganish markazi, iqtisodiy bilimlar klubi va boshqa bo'limlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Toshkent Moliya Institutida talabalar kunduzgi va sirtqi bo'limlarida bakalavriatning 7 yo'nalishida, magistraturaning 8 mutaxassisligi buyicha taxsil oladilar.
Institutimiz Rossiya, Germaniya, Frantsiya, AQSh, Angliya, Isroil va boshqa davlatlar universitetlari va tadqiqot markazlari bilan yaqin aloqa qiladi. Bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari halqaro grant sohibi. Toshkent Moliya Instituti respublikamizning iqtisodiy-ilmiy tashkilotlari va universitetlari uchun ilmiy-metodik baza hisoblanadi. Institut chet el mamlakatlari hamkorligida (Germaniya, Rossiya) o'quv kitoblarini tayyorlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 1995 yil 18 dekabr 277-sonli buyrag'iga binoan Toshkent Moliya Intitutiga bazaviy oliy o'quv yurti maqomi berildi va unga bitta regional oliy o'quv yurtlari (AndMII, QQDU, QarshiDU, NamMII, TerDU, FarPI) biriktirib qo'yildi. Toshkent Moliya Instituti viloyatlardagi bu oliy o'quv yurtlariga moliya-kredit va buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda o'quv, uslubiy ishlarni takomillashtirishda ко 'maklashmoqda.
Instituimiz shiori - fundamental akademik bilimlar bilan ta'minlash va milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga aniq iqtisodiy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash va Toshkent Moliya Instituti jamoasining butun kuch-g'ayratini bozor iqtisodiyotining barcha qiyin jabhalarida optimal yechim topa oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin