Mutaxassislikka kirish


Institutning kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarishda o'rni, roli



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə9/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

4. Institutning kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarishda o'rni, roli va kelajakdagi vazifalari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, turmushga moslashgan, ta'lim va kasb hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash, keyincha puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, psixologik va boshqa tarzdagi sharoitlar yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Bu qonunga asosan O'zbekiston ta'lim sistemasini tubdan qaytaqurish va takomillashtirish nazarda tutilgan bo'lib, u mustaqil O'zbekistonni gullab yashnashiga, uning kuch-quwatini oshirishga va dovrug'ini butun dunyoga tarqatishga loyiq bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim haqidagi qonunda ko'rsatilgan tashkiliy uslublardan tashqari talabalarning fanlarni mukammal o'zlashtirishni osonlashtiravchi yangi zamonaviy uslublarni joriy qilish, o'quv jarayonini kompyuterlashtirish, fanni amaliyot bilan uzviy ravishda bog'lab o'qitishni ham joriy qilish kerak bo'ladi. Mutaxassisligingiz bank sohasi bo'lganligi sababli endi bank to'g'risida qisqacha izoh berib o'tamiz.
Bank deb pul mablag'larini yig'uvchi, saqlab beravchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarni bajaravchi muassasalarga aytiladi. Tovar pul munosabatlarining bo'lishi va ularning rivojlanib borishi barcha iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalarda banklarning bo'lishini taqozo qiladi. Banklar o'rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilib olish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o'zning bo'sh turgan mablag'laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag' zarur bo'lgan sub'ektlarga qarzga berishgan. Bu hoi pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so'zi italyancha «banka» so'zidan olingan bo'lib, stol aniqrog'i «pullik stol» degan ma'noni anglatadi. O'rta asrlarda italyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi tangalarni stol ustiga qo'yib hisob-kitob qilganlar. Banklar paydo bo'lishining nuqtasi bo'lib, XII asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda, Gamburgda, Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan mijozlari-savdogarlar hisoblangan. Ular o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o'z mijozlarini monetalar tarkibi buzilishi tufayli zarar ko'rishdan himoya qilgan. Ular hisoblarni ma'lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan, o'zlaring bo'sh pul mablag'larini jirobanklar davlatga qarzga, chet el savdogarlariga ssudaga bergan.
Angliya bank tizimi yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin bilan shug'ullanuvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda aktsioner bank sifatida tashkil bo'lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo'lib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga raxsat berilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi bilan banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanishi ishlab chiqarish bilan bog'liq harajatlar va
talablarning oshishi savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog'liq bo'lgan. Natural xo'jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo'l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatning jalb qilinishiga olib kelgan, yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to'lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishi esa, bank tomonidan boshqarish juda zarur edi. Shunday qilib banklar mablag'larini yig'ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistdan farqli o'laroq bankir tadbirkor sifatida o'z ishlab chiqarish faoliyatini olib borgan. Agar sanoat sohasidagi puldor o'z kapitalini, sanoatga, savdogar savdoga qo'ysa, bankir o'z kapitalini bank ishiga qo'yadi. Ssuda kapitalisti asosan o'z bo'sh kapitalni qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan kelgan mablag'ga tayanadi. Ssudaga mablag' beravchi puldorning daromadi ssuda foizi bo'lsa, bankirning daromadi - bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo'sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o'z qo'llarida jamlaydilar va daromad keltiravchi kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi. Shunday qilib, bank faoliyati o'z hujjatida mavjud bu bo'sh mablag'larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlanishini o'z ichiga oladi. Bank o'z faoliyati davomida ma'lum daromadga ega bo'ladi. Bu daromad bank jalb qilingan resurslarga to'laydigan foiz bilan joylashtirilgan resurslar bilan oladigan foiz o'rtasidagi farq (marja)dan iborat bo'ladi.
Bank ish bajaradigan funktsiyalar ularning bajaradigan vazifalariga qarab turli xil bo'lishi mumkin. Bank tizimi miqiyosida olib qaraydigan bo'lsak banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
  1. vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni yig'ish va kapitalga aylantirish


  2. kredit munosabatlarida vositachilik qilish


  3. to' lov j arayonlarida vositachilik qilish


  4. muomilaga kredit vositalarini chiqarish


Iqtisodiyotdagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'larni yig'ish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk fuktsiyalaridan bin hisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag'lari bo'yicha ma'lum miqdorda daromadga ega bo'ladilar, ikkinchi tomonidan, bu mablag'lar banklarning kreditlash qudratini tashkil qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradilar. Vaqtincha bo'sh mablag'lar banklar ishtirokisiz bir korxona tomonidan ikkinchi korxonaga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo'lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:


  1. kreditga so'ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo'lgan summa


    o'rtasida nomutanosiblik bo'lishi;
  2. ortiqcha bo'sh mablag'ga ega bo'lgan korxonaning mablag'larni vaqtincha


    foydalanishga beradigan muddati mablag' zarur bo'lgan korxonani
    qoniqtirmasligi;
  3. banklar ishtirokisiz korxonalarni to'g'ridan-to'g'ri kreditlashda qarz beruvchi qarz


oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to'liq o'rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to'lovga layoqatsiz bo'lishi kreditor korxonaning ham moliyaviy ahvolini yomonlashuviga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mmnkin. Xalq xo'jaligidagi barcha bo'sh pul mablag'larining bank tomonidan yig'ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslari hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarar bo'lgan summalar, zamr bo'lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank korxonalarining to'lovga layoqatliligini har tomonlama tashkil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mmnkin.


Iqtisodiy rivojlanishning o'sishi bank kreditining qo'llanilishi ko'lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kungi faoliyat bilan bog'liq ishlab chiqarish va muomila jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatli kapitalga bo'lgan ehtiyojni qoplashga yo'naltiradi.
XX asr 60-yillaridan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag'larni jalb qilish miqyosini, iste'mol uchun kreditlar berish ko'lamini kengaytirdi. To'lovning vositachilik funktsiyasida banklar o'z mijozlarining topshiriqlariga asosan to'lov jarayonini amalga oshiradi. Hisob varaqalariga mablag'larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag'larini beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomila harajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o'z mablag'larini bank orqali o'z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasini yoki boshqa mamlakat bankiga o'tkazishi mumkin. Muomilaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai vaqtincha bo'sh mablag'lar va kapital bo'lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg'armalardan ko'p bo'lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirish mumkin. Undan tashqari, kredit yordamida muomilaga naqd pullar - banknotlar chiqariladi.
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo'li bilan to'laqonli pullar o'rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
O'zbekistonda bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish tamoyillari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bank tizimida bozor islohotlari iqtisodiyotning boshqa sohalarga nisbatan birmuncha jadalroq sur'atlar bilan ro'y berdi.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin