MUTAXASSISLIKKA KIRISHDAN ORALIQ SAVOLLAR JAVOBLARI
1.Kasbiy kamolot tushunchasi?
2. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar?
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo’yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda1.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil qobiliyatlarga egalar? Rux nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni asrlar davomida qiynab kelgan ular o’zlarining savollariga javob topa boshlashgan.
Dunyoni o’rganishga bo’lgan qiziqish orta boshlagan va shu bilan birga insonnni bilishga bo’lgan qiziqish ham ortgan. Bu holatni o’rganish uchun albatta insonning holatlarini tahlil qilish talab qilinadi. ko’pgina olimlar insonning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilishga katta e’tibor qaratganlar. Psixologiya fanida insonhaqidagi nazariy qarashlar ham albatta mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |