Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol
38.Savdo psixologiyasi? Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga kiradi.
Asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarni aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.