63.Eksperiment metod?
Psixologiyaning asosiy metodi bo’lib eksperiment hisoblanadi. Eksperiment metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o’rtasida mavjud bo’lgan sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo’lish maqsadida qo’llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda eksperimentda tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.
Eksperiment o’rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o’rtasida mavjud aloqalar to’g’risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko’ra, tadqiqot obyektini tahlil qilish birinchi bosqich bo’lib, ikkinchi bosqich – o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo’nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o’zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo’lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Eksperimentdagi o’zgaruvchilarni ajratish – obyektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo’naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o’zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so’ng eksperimentning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so’ng esa ikki guruh – eksperiment va nazorat guruhlari tuziladi.
Nizom bo’yicha eksperimentga qo’yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni sanab o’tadilar: tadqiqot farazlariga ko’ra aniq yo’nalganlik; tadqiqot obyektini yuqori darajada bilish va to’liq ta’riflash; eksperiment muolajalarini olib borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash imkoniyati; ijtimoiy obyektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o’lchash vositalarining mavjudligi.
Eksperiment tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim. Eksperiment predmeti – o’rganilayotgan obyekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o’rtasidagi munosabatlar va aloqalar. Eksperimentdagi o’zgaruvchi – o’rganilayotgan obyekt holatiga to’g’ridan-to’g’ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O’zgaruvchilar tizimi eksperimentdagi vaziyatda yetakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o’zgaruvchilar mustaqil va bog’langan bo’lishi mumkin. Mustaqil o’zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o’zgartiriladigan va eksperiment guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog’langan o’zgaruvchi – mustaqil o’zgaruvchi ta’sirida o’zgaradigan omil.
Dostları ilə paylaş: |