R. Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko‘ra mahsulotlaming ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan o‘tadi (joriy etish, o‘sish, yetuk- lik, pasayish), ulami ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R. Vernon AQSHning yangi va istiqbolli tovarlaming ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetak- chilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQSHning texnologik ustunligiga olib kelishini ta’kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklami eksport qiladi, ularga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiyaning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlami ishlab chiqarishni o‘zlashtirib, ulami AQSHga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlaming o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini tushuntirishga yordam beradi. Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va texnologiyalaming mavjud bo‘lmasligini bildiradi, shunga ko‘ra hozirda hech bir mamlakat to‘liq mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan xorijiy nazoratning o‘matilishi xavfini past darajada bo‘lishiga harakat qiladilar. Xorijdagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikning o‘sishini o‘zaro ehtiyoj asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan, Fransiya va Germaniya)ning savdo sheriklari sifatidagi o‘zaro bog‘liqligi holatida ulardan birining tovarlami yetkazib berish yoki bozor hajmini qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. 0 ‘ta yuqori darajadagi bog‘liqlik mamlakataing boshqa mamlakatlarda ro‘y bemvchi o‘zgarishlarga bog‘liqligini keltirib chiqaradi. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy layoqatliligini va ulami doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralami qo‘shib turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalaming jahon amaliyotida esa bu nazariyalardan keng foydalanilmoqda