Muxammad al-Xorazmiy nomidagi tatu ma‘lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan qayta o’qish



Yüklə 476,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü476,85 Kb.
#94512
1   2
MTA qayta o\'qish ppt(PDF)

bog’lanmagan (vektor, massiv, satr, stek, navbat) va bog’langan (bog’langan
ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratiladi.



Ma’lumotlar tuzilmasining eng muhim belgilaridan biri – bu uning
o’zgaruvchanligi, ya’ni elementlar sonining o’zgarishi yoki elementlar
orasidagi bog’lanishning o’zgarishi hisoblanadi. Tuzilmaning
o’zgaruvchanligi deganda elementlari qiymatining o’zgarishi
tushinilmasligi kerak, ya’ni bunday holda barcha tuzilmagan
o’zgaruvchan tuzilma hisoblanib qoladi.

Tuzilmalarning o’zgaruvchanlik xususiyatlariga
qarab statikyarimstatik va dinamik shakllari mavjud. Tayanch, statik, 
yarimstatik va dinamik tuzilmalar tezkor xotira uchun ahamiyatli
hisoblanadi va ba’zan bu tuzilmalar tezkor tuzilmalar deb ham ataladi. 
Fayl tuzilmalari tashqi xotira uchun mos ma’lumotlar tuzilmasi
hisoblanadi.



3.Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar

Chiziqli ro’yhatlarda har bir element o’zidan keyingisi yoki oldingisi bilan ham 
bog’langan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda, ya’ni elementlar o’zidan
keyingi element bilan bog’langan bo’lsa, bunday ro’yhatga bir bog‘lamli
ro‘yhat deyiladi. Mazkur ko’rinishdagi ro’yhat elementi k’rsatkichining
o’ziga xosligi shundan iboratki, u faqatgina ro’yhatning navbatdagi elementi
adresini ko’rsatadi. Bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatda eng so’nggi
element ko’rsatkichi bo’sh, ya’ni NULL bo’ladi.

Agar har bir element o’zidan oldingi va o’zidan keyingi element bilan
bog’langan bo’lsa, u holda bunday ro’yhatlarga 2 bog‘lamli ro‘yhatlar
deyiladi.

Agar oxirgi element birinchi element ko’rsatkichi bilan bog’langan bo’lsa, 
bunday ro’yhatga halqasimon ro‘yhat deyiladi. Ro’yhatning har bir elementi
shu elementni identifikatsiyalash uchun kalitga ega bo’ladi. Kalit odatda
butun son yoki satr ko’rinishida ma’lumotlar maydonining bir qismi sifatida
mavjud bo’ladi.


Ro’yhatlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
- ro’yhatni shakllantirish (birinchi elementini yaratish);
- ro’yhat oxiriga yangi element qo’shish;
- berilgan kalitga mos elementni o’qish;
- ro’yhatning ko’rsatilgan joyiga element qo’shish (berilgan
kalitga mos elementdan oldin yoki keyin)
- berilgan kalitga mos elementni o’chirish;
- kalit bo’yicha ro’yhat elementlarini tartibga keltirish.
Ro’yhatlar bilan ishlashda dasturda boshlang’ich elementni
ko’rsatuvchi ko’rsatkich talab etiladi.



Dinamik ma’lumotlar tuzilmasining har bir elementi ikki qismdan iborat:
1.Ma'lumotlar joylashtirilgan ma'lumotlar uchun maydonlar, ular uchun
struktura yaratiladi. O'z
navbatida
, axborot maydonlarida ma'lumotlar
tuzilmasi ham bo'lishi mumkin.

2.Elementlarni bir-biriga bog'laydigan bir yoki bir nechta havolalarni o'z
ichiga olgan xizmat maydonlari.

Ushbu tuzilmalarni amaliy topshiriqlarda ishlatishda, faqat ma'lumot
maydonlari oxirgi foydalanuvchiga ko'rinadigan qilib qo'yiladi va xizmat
ko'rsatish maydonlaridan faqat dasturchi foydalanadi.
4.Dinamik ma'lumotlar tuzilmalari tuzilishi. Afzalliklari va kamchiliklari


Dinamik ma’lumotlar tuzilmasining afzalliklari:
- Strukturaning o'lchami faqat mavjud RAM miqdori bilan
cheklangan,
- Ma'lumotlarning tartibini o'zgartirganda ma'lumotlarni
ko'chirish emas, balki faqat havolalarni to'g'rilash talab 
qilinadi;
- Strukturaning ajoyib moslashuvchanligi.
Kamchiliklari:
- O'zboshimchalik elementiga kirish vaqtini oldindan
aniqlashning imkoni yo'q,
- Havolalarni saqlash uchun qo'shimcha xotira talab qilinadi.



Ma’lumotlar tuzilmalarini bilish, ularni saqlash va qayta ishlash xotirani
tejash va protsessor vaqti sarfini kamaytirish nuqtai nazaridan eng
samarali usullarni qo’llash imkonni beradi. Yana bir afzalligi, 
ma’lumotlarga tuzilmaviy yondoshuv murakkab dasturiy mahsulotlarni
yaratish imkoniyati hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy paketlar juda
murakkab mahsulotlar hisoblanib, bunda minglab, millionlab satrli
kodlarni hisoblashga to’g’ri keladi. Tabiiyki, bunday dasturiy
mahsulotlarni “birdaniga (bir vaqtning o’zida)” ishlab chiqish
imkoniyati yo’q, bular ba’zi bir tuzilmalar, ya’ni ularning tashkil
etuvchi qismlari va ular orasidagi bog’liqliklar ko’rinishida ishlab
chiqilishi mumkin. To’g’ri tuzilmaga keltirilgan mahsulotni ishlab
chiqishning har bir bosqichida ishlab chiquvchining diqqatini
mahsulotning alohida qismlariga qaratilishini talab etadi.



Katta dasturiy mahsulotlarni tuzilmalashtirishda mumkin bo’lgan yondoshuvlar mavjud. 
Bulardan biri algoritmlarni tuzilmalashtirishda “yuqoridan quyiga” loyihalash yoki
“yuqoridan quyiga dasturlash” yondoshuvi bo’lsa, ikkinchisi, ma’lumotlarni
tuzilmalashtirishda esa, “quyidan yuqoriga” loyihalash yoki “quyidan yuoriga dasturlash” 
yondoshuvlari hisoblanadi.

Birinchi holatda (yondoshuvda) dastur bajarishi kerak bo’lgan harakatlar
tuzilmalashtiriladi. Ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan katta va murakkab dasturni
loyihalash kichik hajmdagi bir nechta qism masalalarning yechimlari ko’rinishida hal
qilinadi.
Shunday qilib
, qo’yilgan masalaning to’liq yechimini taqdim etuvchi eng
yuqorida turuvchi dasturiy modul, qismmasalalarni yechimini beruvchi modullarga
murojaatni amalga oshiradigan yetarli darajada juda oddiy bo’lib chiqadi. 
Loyihalashning birinchi bosqichida qismmasalalarning dasturiy modullari “qopqoq” 
ko’rinishda amalga oshiriladi. Shundan so’ng har bir qismmasala o’z navbatida
yuqoridagi qoida bo’yicha dekompozitsiya (qismlarga ajratish) qilinadi. Qism
masalalarga ajratish jarayoni dekompoziyaning keyingi bosqichida aniq bir masalaning
yechimini beradigan holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Dekompozitsiyaning eng
quyi holati eng kichik instrumental vosita darajasigacha keltirilishi (masalan, tanlab
olingan dasturlash tilidagi bitta operatorgacha dekompozitsiyalash) mumkin.



Ikkinchi yondoshuvda tuzilmalashtirish ma’lumotlarga asoslanadi. Har bir
dasturiy mahsulot uchun hamma vaqt Buyurtmachi mavjud. 
Buyurtmachida esa kiruvchi ma’lumotlar bo’lib, ishlab chiqiladigan
dasturiy mahsulot ushbu kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga
akslantirish xususiyatlarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Dasturlashning
instrumental vositalari esa faqat tayanch (oddiy, sodda) ma’lumotlar turi
va ular ustida bajariladigan amallarni taqdim etadi. Tayanch ma’lumotlar
turini qayta ishlash uchun yoki buyurtmachining kiruvchi ma’lumotlariga
moslashtirish uchun dasturchilar juda murakkab ma’lumotlar turlari va
ular ustida bajariladigan yangi amallarni yaratishi kerak bo’ladi. 
Ma’lumotlar turini kompozitsiya (birlashtirish) qilishning oxirgi bosqichida
masalaning to’liq yechimini beruvchi mos ravishda kiruvchi va chiquvchi
ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallarni tadbiq etiladi.



5.Foydalanilgan adabiyotlar
Информатика: учебник – 3-е переработанное издание/ под ред. Н.В. 
Макаровой.- М: Финансы и статистика, 2004. – 768 с.
Страуструп Б. Язык программирования C++. Специальное издание. 
Пер. с англ. – М.: ООО «Бином-Пресс», 2006 г. – 1104 с.: ил.
Xudoyberdiyev M.X., Akbaraliyev B.B. “Ma‟lumotlat tuzilmasi va
algoritmlar” fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun topshiriqlar (uslubiy
ko’rsatmalari bilan). Toshklent, 2013 y.



E’tiboringiz uchun raxmat

Yüklə 476,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin