Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish tashkilotlari bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi standartlarni ishlab chiqish, tadbiq etish, muammolarni o’rganish, echimlar, va tavsiya ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar, tartibga soluvchi yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi (3G, 4G, 5G) ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi, axborot xavfsizligini takomillashtirilishi, yangi WiFi texnologiyasini ishlab chiqilishi yoki telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global tarmoq uchun ishlab chiqilgan har qanday fizik yoki dasturiy maxsulot o’zining standartiga ega bo’ladi. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy va milliy ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dunyo miqyosida ba’zi standartlashtirish tashkilotlarini ko’rib chiqamiz:
• ISO – International Organization for Standardization
• ITU – The International Telecommunication Union
• ITU-R – ITU Radiocommunications Sector.
• ITU-T – ITU Telecommunications Sector.
• ITU-D – ITU Telecom Development.
• IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers
• IETF – Internet Engineering Task Force
• ISSN -International Standard Serial Number centre
• 3GPP – 3rd Generation Partnership Project
ISO – International Organization for Standardization. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standardization – ISO). ISO – turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilotdir va u mahsulotlar, xizmatlar va tizimlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil, nodavlat xalqaro tashkilot hisoblanadi. ISO 1947 yil tashkil topgan bo’lib, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkiloti 165ta standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarni o’z ichiga oladi va jami 164ta a’zosi bor. Tashkilotning a'zolari o’zaro bilimlarni almashish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan va global muammolarga echimlarni taklif qiladigan ixtiyoriy, konsensusga asoslangan bozorga mos xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi
ITU – The International Telecommunication Union. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi 1865 yil 1 mayda tashkil etilgan eng dastlabgi standartlashtirish tashkiloti bo’lib, o’sha paytlarda telegraf qurilmasi uchun birinchi standartni ishlab chiqqan va xalqaro telegraf tarmog’i tashkil etilgan. 1947 yil 15 noyabrdan boshlab ITU birlashgan millatlar tashkiloti kiritilgan va ixtisoslashtirilgan tashkilot maqomini olgan. Ushbu tashkilotning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, ITUning 193ta mamlakatdan va 900 ga yaqin biznes, ilmiy muassasalar va xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar uning a’zoligiga kiradi. ITU uchta asosiy sektordan tashkilot topadi: Radio aloqa (ITU-R), Standartlashtirish (ITU-T) va taraqqiot (ITU-D).
ITU-R. ITUning Radioaloqa sohasi Xalqaro elektraloqa ittifoqining uchta sektoridan biri bo'lib, radioaloqalarni rijovlantirish uchun ma’sul sektor hisoblanadi. Bu sektorning asosiy roli xalqaro radiochastota spektri va sun'iy yo'ldosh orbitasi resurslarini boshqarish va spektrdan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida radioaloqa tizimlari uchun standartlarni ishlab chiqishni amaga oshiradi. Shuningdek, ITU o'z Konstitutsiyasiga binoan "turli mamlakatlarning radiostansiyalari o'rtasida zararli aralashuvni oldini olish uchun" spektrlarni va chastotalarni taqsimlashni, orbital holatini va sun'iy yo'ldoshlarning boshqa parametrlarini ro'yxatdan kerak. Shu sababli xalqaro spektrni boshqarish tizimi chastotalarni muvofiqlashtirish, xabar berish va ro'yxatdan o'tkazish uchun tartibga soluvchi protseduralarga asoslangan.
ITU-R sektori Shveytsariyaning Jeneva shahridagi ITU shtab-kvartirasida joylashgan doimiy ravishda Radioaloqa byurosi kotibiyatiga ega. Xozirda byuroning saylangan direktori janob Mario Manevichdir; u birinchi bo'lib XEI a'zosi tomonidan 2018 yilda direktorlikka saylangan.
ITU-T. Ushbu standartlashtirish sektori telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari kommunikatsiyalari uchun kiberxavfsizlik uchun X.509, mashinani o'rganish uchun Y.3172 va video-siqishni uchun H.264 / MPEG-4 AVC kabi standartlarni muvofiqlashtiradi. ITU-T sektori Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan ITU shtab-kvartirasida joylashgan Telekommunikatsiyani standartlashtirish byurosi (TSB) doimiy kotibiyatiga ega. Byuroning amaldagi direktori Chaesub Li bo'lib, uning birinchi 4 yillik muddati 2015 yil 1 yanvarda boshlangan va ikkinchi 4 yillik muddati 2019 yil 1 yanvarda boshlangan. ITU-T missiyasi butun dunyo bo'ylab telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning barcha sohalarini qamrab oladigan standartlarni samarali va o'z vaqtida ishlab chiqarishni ta'minlash, shuningdek, xalqaro telekommunikatsiya xizmatlari uchun tarif va hisob-kitoblar tamoyillarini belgilaydi.
IEEE (Elektr va elektronika muhandislari instituti). Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti Nyu-York shahridagi korporativ ofisi va Nyu-Jersi shtatining Piskatavay shahridagi operatsion markazi bilan elektron muhandislik va elektrotexnika bo'yicha uyushma hisoblanadi. 2018 yilga kelib, bu dunyodagi eng yirik texnik mutaxassislar uyushmasi aylandi va 160dan ortiq mamlakatlardagi 423000 dan ortiq a'zolari mavjud. Uning maqsadi elektrotexnika va elektronika muhandisligi, telekommunikatsiya, hisoblash va boshqa sohalardagi ta'lim va texnik taraqqiyotida ko’maklashadi.
Elektrotexnika va elektronika muhandislari standartlari instituti instituti (IEEE-SA) IEEE tarkibidagi turli sohalarda global standartlarni ishlab chiquvchi tashkilot, jumladan: energetika, iste'mol texnologiyalari va maishiy elektronika, biotibbiyot va sog'liqni saqlash, ta'lim texnologiyalari, axborot texnologiyalari va robototexnika, telekommunikatsiya va uy sharoitlarini avtomatlashtirish, transport, nanotexnologiyalar, axborotni ta'minlash va boshqa ko'plab boshqa narsalar.
EEE-SA muvozanat, ochiqlik, adolatli protseduralar va konsensusni taklif qiluvchi dastur orqali bir asrdan ko'proq vaqt davomida standartlarni ishlab chiqdi. IEEE standartlarini ishlab chiqishda butun dunyodagi texnik mutaxassislar qatnashadilar.
IETF – Internet Engineering Task Force. IETF - bu ixtiyoriy Internet standartlarini, xususan Internet protokol to'plamini o'z ichiga olgan standartlarni ishlab chiquvchi va targ'ib qiluvchi ochiq standartlar tashkiloti. Unda rasmiy a'zolik ro'yxati yoki a'zolik talablari yo'q. IETF Amerika Qo'shma Shtatlari federal hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan faoliyat sifatida boshlangan, ammo 1993 yildan beri a'zoliklarga asoslangan xalqaro notijorat tashkiloti - Internet Jamiyatining homiyligida standartlarni ishlab chiqish funktsiyasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
ISSN -International Standard Serial Number centre. ISSN - jurnal kabi ketma-ket nashrlarni noyob identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan sakkiz xonali seriya raqami bilan hujjatlarni standartlashtiradi. ISSN bir xil nomdagi seriallarni ajratishda foydalidir. ISSN tizimi 1971 yilda Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) xalqaro standarti sifatida ishlab chiqilgan va 1975 yilda ISO 3297 nomi bilan nashr etilgan. ISO TC46/SC9 kichik qo'mitasi standartni saqlash uchun javobgardir.
Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha.Bir protsessorli protsessorli asosiy kompyuterning blok-sxemasi. Qora chiziqlar ma'lumotlar oqimini, qizil chiziqlar esa boshqaruv oqimini bildiradi. Oqlar oqim yo'nalishini bildiradi.Bir protsessorli protsessorli asosiy kompyuterning blok-sxemasi. Qora chiziqlar ma'lumotlar oqimini, qizil chiziqlar esa boshqaruv oqimini bildiradi
Tarmoq – maxsus vosita yordamida bir-biriga ulangan va ular orasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi kompyuterlar guruhidir. Ikki kompyuter orasidagi ulanish, bevosita (ikkinuqtali ulanish) yoki qo’shimcha aloqa qismlari bilan ulangan bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmoqlari asosiy qo’llanishi axborot almashinuvi bo’lgan logik va fizik, bosqich yoki tarkibidan tashkil topgan magistral axborot tuzilmalarini ko’rsatadi. Fizikaviy sathda kompyuterlar orasidagi fizik ulanishini ta’minlovchi tarmoq komponentlari bilan ko’rsatilgan. Bunday komponentlar asosan: tarmoq interfeysi (tarmoq xaritasi yoki tarmoq adapteri platasi, standart yoki kengaytirilgan kommunikatsion yoki parallel port yoki multiport plata), ma’lumot jo’natishning tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki optik tola) va bog‘lama elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar, qaytargichlar (takrorlagich- repiterlar, xablar(hub)), o‗chirib yoqgichlar (switch) va ohirlovchi elementlari (terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar).
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta‘minotdir. Ko’pgina DT ichidan bir nechta turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari, server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin.
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari sanoati, rivojlanishining yuqori cho‗qqisini bosib o‗tmoqda va bir muncha tarixga ham ega. Personal kompyuterlar orasidagi tarmoq o‗zaro munosabatlari erasi, ikki xil arxitekturaga, protsessor va albatta operatsion sistemaga (masalan, VMS va IBM-PC/XT) ega bo‘lgan kompyuterlar kommunikatsiya portlari (COM:) bo‗yicha, axborot jo’natish tezligi sekundiga atigi 1K bo’lib, boshqaruv qo’lda sinxronlashtiriladigan maxsus tayyorlangan dastur yordamida oddiy ma‘lumot jo’natishdan boshlangan. Hozir esa, 20 yildan so’ng, biz tarmoqlarni aniq lokal va globalga tuzilganini kuzatishimiz mumkin, integratsiya jarayonida, bir necha yuzta kompyuterli tarmoqlar haligacha lokal tarmoq hisoblanadi, global tarmoq esa, o’n mingta ulangan kompyuter sistemalarini o’z ichiga oladi. Ma‘lumot almashinuvi tezligi 200 Mbit/s, 10 Mbit/s esa, boshlang’ich bazali va past baholi konfiguratsiya hisoblanadi. Endilikda kompyuter tarmoqlari ma‘lumotlarni nafaqat qabul qilish, yoki jo’nata oladilar, balki to’plami tobora kengayib borayotgan ko’pgina servis imkoniyatlarni yaratyapti. Bu o’chirilgan ma‘muriyatchilik, elektron pochta, o’chirilgan pechat, taqsimlangan ma‘lumotlar bazasi, o’chirilgan kirish sistemalari va taqsimlangan boshqaruv sistemalari, qidirish sistemalari, telekonferensiya va boshqalardir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarmoqlar lokal va globalga bo’linadi, lekin faqat bu ularning yagona klassifikatsiyasi emas. Ular birrangli va ko’prangli, birmartali va ko’pmartali, ochiq va yopiq va bo’lib bo’linadi. Klassifikatsiyaning ko’p xilligidan eng muhim va ko’p ishlatiladiganlari ko’rib chiqiladi. Tarmoqlarni kategoriya va turga ajratishning ko’pgina klassifikatsion prinsiplari, dasturiy ta‘minotning turi va xiliga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy asosda bir necha xil, tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin. Tarmoqqa ulangan kompyuter ish stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi. Qoida bo’yicha bu kompyuterda inson ishlaydi. Tarmoqda shunday kompyuterlar borki, ularda hech kim ishlamaydi. Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va axborot yig’uvchi sifatida foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb nomlanadi. Agar kompyuterlar bir- biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori tezlikdagi tarmoq adapterlari (axborot jo’natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida ulangan bo’lsa, bu tarmoqlar lokal deb nomlanadi. Lokal tarmoqlardan foydalanishda, kompyuterlar odatda, bir xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda joylashgan bo’lishi kerak. Lokal kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va dasturiy ta‘minot xarakteri bo’yicha korporativ xarakterga ega bo’ladi va biror bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq kompyuter sistemalarini birlashtiradi. O’z tarkibida ko’pgina kompyuterlarni integratsiyalaydigan va (asosiysi) ma‘lum masofada joylashgan turli arxitektura bazasi va dasturiy ta‘minotga ega bo’lgan kompyuterlarni ulash uchun mo’ljallangan tarmoq va tarmoq teznologiyalarida qo’llaniladigan, zamonaviy talablarga javob beradigan kompyuter tarmog’i global hisoblanadi. Bir-biridan ma‘lum masofada joylashgan kompyuterlar yoki butun lokal tarmoqlarni ulash uchun modemlar, hamda, ajratilgan yoki sun‘iy yo’ldoshli aloqa kanallari qo’llaniladi. Odatda, bu tarmoqlardagi axborot jo‘natish tezligi, lokalga qaraganda sezilarli darajada pastroq bo’ladi. Hozirgi vaqtda bir nechta global kompyuter tarmoqlari va ularning protokollari mavjud, masalan, RelCom, CompuServ, Internet va boshqa. Bunday tarmoqlarning ko’pi mingtacha server va o’ntalab, yuzmingtalab foydalanuvchilarga ega va xalqaro maqomini olgan, chunki, har xil mamlakat va qit‘alarning kompyuter sistemalarini bog’laydi. Barcha tarmoqlar, shu jumladan, globallar ham tijorat tarmog’iga bo’linadi – bunda ularga kirish va servis xizmatlari pullik va notijorat – ya‘ni ―shartli bepul.Shartli chunki tarmoq xizmatlariga ulanish va foydalanish, hamda aloqa tizimlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi qandaydir qismini to‗laydi, lekin uning bahosi tijorat tarmog‗idan ancha kam va servis darajasi ham shunga yarashadir. Lokal va global kompyuter tizmilari dasturiy ta‘minot protokollari va tashkil etish prinsiplari har xil va bir xil ya‘ni o’xshash bo’lishi mumkin. Shuning uchun tarmoqni faqat tarmoq o’zaro harakati, turi, belgisi va bazali dasturiy ta‘minoti bo’yicha lokal yoki global deb bo’lmaydi. Misol tariqasida quyidagi rasmda tarmoq tuzilishi keltirilgan.
Tarmoq tuzulishiga misol.
Barcha tarmoqlar, shu jumladan, globallar ham tijorat tarmog‗iga bo’linadi – bunda ularga kirish va servis xizmatlari pullik va notijorat – ya‘ni ―shartli bepul. Shartli chunki tarmoq xizmatlariga ulanish va foydalanish, hamda aloqa tizimlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi qandaydir qismini to’laydi, lekin uning bahosi tijorat tarmog’idan ancha kam va servis darajasi ham shunga yarashadir. Tijorat tarmoqlari tarmoq xizmatlarini taqdim etuvchi professional tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va yuqori darajali tijorat tarmoq servisini taqdim etish maqsadida faoliyat yuritadi. Notijorat tarmoqlar esa, ko’ngilli jamiyat va axborot tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan qo’llanadi va aniq tarkibga, boshqaruv, maqsadli tarkib va rivojlanish strategiyasiga ega bo’lmaydi.