Tarmoq topologiyalari. Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi. Topologiyani ishchi stansiyalar, serverlar va boshqa tarmoq qurilmalari tasvirlangan tarmoq haritasi bilan o‘xshatish mumkin.
Topologiya tanlovi tarmoqning umumiy imkoniyatlari, qo‘llaniluvchi tarmoq qurilmalari, protokolllar, shuningdek kelgusida tarmoqni kengaytirish imkoniga ta‘sir o‘tkazadi. Fizik topologiya — tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining tasviridir. Mantiqiy topologiya tarmoq ichidagi ma‘lumotlarning o‘tish yo‘lini belgilaydi.
Tarmoqning besh turdagi topologiyalari farqlanadi:
umumiy shina;
yulduz;
halqa;
yacheykali;
aralash.
Umumiy shina (bus). Bu holda barcha kompyuterlar ma‘lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi. Tarmoq tezligi ko‘p jihatdan umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bu kompyuterlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi. Bundan tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda ma‘lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Kolliziya – tarmoq ishi vaqtida sodir bo‘luvchi normal holat. Kolloziyani taxlil qilish va bartaraf etish uchun barcha kompyuterlar kabelda payo bo‘luvchi signallarni o‘rganadilar. Agar uzatilayotgan va qabul qilinayotgan signallar bir-biriga mos kelmasa, kolliziya mavjudligi qayd etiladi. Kolliziyani sezgan kompyuterlar tarmoqqa 32-bitli jam - ketma-ketlik deb ataluvchi xabarni jo‘natadi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ortgan sari kolliziya paydo bo‘lish ehtimolligi ortadi. Suratda terminatorlar aks etgan. Bu qurilmalar tarmoq oxiriga o‘rnatiladi va ma‘lumotlar chetga chiqishidan himoyalaydi. Biror yerda kabel uzilsa, yoki tarmoqning biror chetiga terminator o‘rnatilmasa, signal kabelning uzilgan joyidan yoki tarmoq oxiridan aks eta boshlaydi va aloqa uzilishi kelib chiqadi.
Umumiy shina‖ topologiyasini qo‘llashning avzalliklari:
- kabel tejaladi;
- oson kengaytiriladi;
- soda va kafolatli.
Asosiy kamchiliklar:
Kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to‘xtatadi;
Ma‘lumotlarning ko‘pligi o‘tkazish qobiliyatini pasaytiradi;
Tarmoqda kompyuterlar soni ortishi kolliziya paydo bo‘lish htimolligini oshiradi.
Har bir kompyuter tarmoq bo‘ylab uzatiluvchi ma‘lumotlarni olishi mumkin.
Yulduz (star). Yulduzsimon topologiyadan foydalanilganda tarmoqning barcha kompyuterlaridan chiquvchi kabellar markaziy kommutator yoki konsentratorga ulanadi. Biror kompyuterdan boshqasiga jo‘natilgan barcha paketlar shu qurilma orqali yetib boradi. Bunda ham passiv, ham aktiv konsentratordan foydalanish mumkin. Kompyuter va konsentrator o‘rtasidagi aloqa uzilishi tarmoqning qolgan qismi ishiga ta‘sir etmaydi. Agar konsentrator ishdan chiqsa tarmoq ishi to‘xtaydi. Yulduz topologiyasi orqali lokal tarmoqlarni ham bir- biriga ulash mumkin. Yulduz topologiyasi ishdan chiqqan elementlarni qidirishda qulay: kabel, taroq adapter yoki razyomlarning nosozligi oson aniqlanadi. Yulduz ―umumiy shina dan yangi qurilmalarni ulashda ancha qulaylik tug‘diradi. Uzatish tezligi 100 va 1000Mbit/s tarmoqlar yulduz topologiyasi orqali qurilganini ham hisobga olish lozim. Agar yulduzning markazida konsentrator joylashgan bo‘lsa, tarmoqning mantiqiy topologiyasi ―umumiy shina‖ga ozgaradi. Yulduz topologiyasini qo‘llashning avzalliklari:
Yaratish va boshqarish soddaligi;
Tarmoqning yuqori ishonchliligi;
Tarmoq ichida uzatiluvchi ma‘lumotning yuqori darajada himoyalangani (agar yulduzning markazida kommutator joylashgan bo‘lsa).
Asosiy kamchiligi – konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoq ishini to‘xtatadi.