Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 290,42 Kb.
səhifə7/14
tarix11.03.2022
ölçüsü290,42 Kb.
#53586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
KOmp

Statik marshrutlashda jadvaldagi barcha yozuvlar o’zgarmas, cheksiz yashash muddatiga ega statik holatga ega bo’ladi. Marshrutlash haqidagi yozuvlar tarmoq administratorlari tomonidan tuziladi va har bir marshrutizator xotirasiga qo’lda kiritiladi. Tarmoq holati o’zgarganda administrator bu o’zgarishlarni tezkorlik bilan mos marshrutlash jadvallariga kiritishi lozim, aks holda ularda kelishmovchilik kelib chiqishi va tarmoq to’g’ri ishlamasligi mumkin.

Adaptiv (dinamik) marshrutlashda tarmoq konfiguratsiyalaridagi barcha o’zgarishlar marshrutlash protokollari evaziga avtomatik ravishda marshrutlash jadvallarida akslantiriladi. Bunday protokollar tarmoqdagi aloqa topologiyasi haqidagi axborotlarni yig’adi, bu ularga barcha hozirgi o’zgarishlarni tezkorlik bilan aniqlash imkonini beradi. Adaptiv marshrutlashda odatda marshrutlash jadvallari joriy marshrut haqiqiy bo’lib qolishining vaqt oralig’i haqidagi axborotga ega ega bo’ladi. Bu marshrutning hayot vaqti (TTL) deb nomlanadi. Agar yashash vaqti tugashi bilan marshrutning mavjudligi marshrutlash protokollari tomonidan tasdiqlanmasa, unda u ishlamaydi deb hisoblanadi va paketlar boshqa undan uzatilmaydi.

Adaptiv marshrutlash protokollari taqsimlangan va markazlashgan bo’ladi.




Yüklə 290,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin