Muzaffarova Shodigul
Ogʻzaki nutqning o'ziga xos xususiyatlari
Ogʻzaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud boʻlib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi.
ogʻzaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi va tahrir imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
ogʻzaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutqiy tejamkorlik bilan bogʻliq.
ogʻzaki nutq soʻz boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambagʻal boʻladi.
ogʻzaki nutqda bir xil soʻzlar, bir xil shakllar bir qadar koʻproq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bogʻliq.
soʻzlovchining faol nutqiy harakati toʻxtam (pauza), ohang, urgʻu, turli xil imo-ishoralar asosida tinglovchiga yetib boradi.
noverbal vositalar ham nutqning tushunilishiga ta’sir qiladi, ulardan juda keng foydalaniladi
PSIXOLINGVISTIK JIHATDAN QARASH
Ogʻzaki nutq Inson hayotining dastlabki vaqtidanoq muloqot ehtiyoji sabab tilni oʻzlashtiradi, gapirishga harakat qiladi. Yillar davomida tajriba asosida ogʻzaki nutq oʻzlashtiriladi.
Jonli suhbatdan tashqari biror nutq soʻzlash talab qilingan vaziyatda jamiyatimizda odatda, bir xil gaplar aytilganiga guvoh boʻlamiz. Toʻyda tabrik aytilganda “Baxt tilayman, doim baxtli boʻling” kabi jumlalar, biror kino yoki hodisaga munosabat soʻralganda aksariyat soʻzlovchilar “menga yoqdi, shunday kinolar koʻpaysin” deb javob beradi. Bunday nutqlarda tahlil, xulosa emas, faqat munosabat aks etadi.
Mazkur munosabat ham yo salbiy, yo ijobiy boʻladi. Vaholanki, hodisani har kim oʻz ongi, hayotiy tajribasidan kelib chiqib qabul qiladi va har kimning oʻz talqini boʻladi. Oʻrta taʼlimda bolaning ogʻzaki nutqi biror fandan oʻtilgan maʼlum mavzuni gapirib berishda koʻriladi. Bunda bolaning mavzuni bilish-bilmasligi baholanadi, ogʻzaki nutq mahorati alohida eʼtiborga olinmaydi. Ona tili darslarida ogʻzaki nutq uchun alohida mashgʻulotlar ishlab chiqilishi zarur. Bunda birinchi navbatda bolaning oʻz fikrini lisoniy vositalar yordamida toʻgʻri ifodalash, mavjud lugʻat boyligidan oqilona foydalanish, bir mavzudan chetga chiqmay gapirish, nutqni toʻgʻri strukturalashtirish, yaʼni mavzuga kirish, asosiy fikrni aytish va xulosalash; aytadigan gapi eshituvchiga qanday taʼsir qilishini oldindan baholay olish, tinglovchining diqqatini ushlab turish kabi koʻnikmalar shakllantirilib, takomillashtirilib borilishi zarur.
Bu kabi mashgʻulotlarda faqat monologik nutq bilan cheklanmasdan, suhbat, bahslar tashkil etish, bahsda oʻz fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini tinglash, ularga munosabat bildirish kabi koʻnikmalar shakllantirilishi kerak. Inson ongining ishlashi tajribaga asoslanadi. Shuning uchun bolada qaysi koʻnikma hosil boʻlishi maqsad qilinsa, darslarda oʻsha boʻyicha mashqlar muntazam tashkil qilinish kerak.
OGʻZAKI NUTQNI BAHOLASHDAN MAQSAD
Testologiyada oʻrta taʼlim bosqichi bitiruvchisining umumiy til malakasi baholanganda toʻrt lisoniy koʻnikmaning (eshitib tushunish, ogʻzaki nutq, oʻqib tushunish, yozma nutq) har biri alohida baholanishi nazarda tutiladi. Mazkur koʻnikmalar birgalikda baholangandagina umumiy til malakasi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Insonning birlamchi til qobiliyati ogʻzaki nutq boʻlib, yozma nutq uning shartli ravishdagi ifodasi hisoblanadi. Shuning uchun ogʻzaki nutqni tushunish va fikrini ogʻzaki nutq vositasida samarali yetkazib berish umumiy til malakasining shakllanishi va rivojlanishiga asos boʻluvchi koʻnikma sifatida qaraladi. Har qanday sogʻlom inson kishilik jamiyatida ulgʻayar ekan hech qanday maxsus oʻqitish, oʻrgatishsiz ogʻzaki nutqni eshitib qabul qilish asosida tilni oʻzlashtiradi.
Ogʻzaki nutq kundalik hayotda savol-javob, dialoglar shaklida faol qoʻllansa-da, oʻrta taʼlim, oliy taʼlim va keyinchalik kasbiy faoliyat davomida maʼlum sohaga doir maʼlumotlarni yetkazish uchun xizmat qiladi. Ogʻzaki nutq yozma nutqqa qaraganda jonli muloqot jarayoni bilan farqlanadi, yaʼni ogʻzaki nutqni tahrir qilish imkoni yoʻq. Bu esa soʻzlovchidan oʻz soʻzlariga, qoʻllaydigan gap shakliga, ohangiga oʻta diqqatli boʻlishini talab qiladi. Shu bilan birga insonning soʻz boyligi, til strukturasini qanchalik yaxshi egallagani ham ogʻzaki nutqda yaqqol aks etadi, chunki inson oʻzi yaxshi oʻzlashtirgan birliklarnigina ogʻzaki nutqda qoʻllay oladi.
Ogʻzaki nutqni baholashning maqsadi oʻrta taʼlim bitiruvchisining ogʻzaki nutqda aks etgan til malakasining qay darajada ekanligini aniqlashdir.
Bunda birinchi oʻz fikrini lisoniy vositalar yordamida toʻgʻri ifodalash, mavjud lugʻat boyligidan oqilona foydalanish, bir mavzudan chetga chiqmay gapirish, nutqni toʻgʻri strukturalashtirish, yaʼni mavzuga kirish, asosiy fikrni aytish va xulosalash; aytadigan gapi eshituvchiga qanday taʼsir qilishini oldindan baholay olish, tinglovchining diqqatini ushlab turish kabi koʻnikmalarga eʼtibor qaratiladi. Ogʻzaki nutqning samaradorligiga fikrlash qobiliyati, dunyoqarash, ijtimoiy muammolardan xabardorlik kabi omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun ham ogʻzaki nutqni baholash berilgan yozma shakldagi maʼlumotni saralab, tinglovchiga aniq, tushunarli va samarali yetkazib bera olishga; topshiriqda koʻrsatilgan mavzu doirasida mantiqan izchil, asosli fikrlardan iborat bogʻlangan nutq tuza olishga; mavzu doirasida berilgan qoʻshimcha savollarga ijtimoiy muammolarga bogʻlab, tahlil qila olishiga eʼtibor qaratiladi.
E'tiboringiz uchun raxmat