Hajmiy-rejali yechim
Muzey binolari 1-3 qavatli (odatda, 2 qavatli) qilib loyihalashtirilib, bunda gorizontal funksional zonalash afzalroq hisoblanadi. Vertikal funksional zonalash qo‘llanilganida ekspozitsiya, odatda, bosqichli shaklda joylashtiriladi. Kommunikatsiyalarga, ya’ni zinapoyalar, panduslar, yo‘laklar va galereyalarga alohida e’tibor beriladi – ular ichki hajmni shakllantirishda va eksponatlarni tomosha qilishning davomi yoki dam olish joylari sifatida harakatlanish tartibini belgilashda faol qatnashishi lozim. Muzeyning yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini va muzey binosidagi barcha funksional jarayonlarni tashkil etishga quyidagi asosiy funksional bloklar mos keladi:
muzeyga kirish zonasidagi xonalar guruhi;
ekspozitsiya qismi;
kino va leksiya zali;
ma’muriy, ishchi va yordamchi xonalar, kutubxona;
laboratoriya va ustaxonalar; - fondlar saqlanadigan xonalar; - texnik xonalar.
Ushbu funksional bloklarni vazifalari bo‘yicha asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish xonalariga ajratish.
Бажарадиган вазифалари бўйича хона тури
|
Музейнинг функционал зоналари
|
А – ташриф буюрувчилар
зонаси
|
Б – хизмат кўрсатиш зонаси
|
Асосий
|
Доимий экспозиция, муваққат кўргазмалар
|
Фондлар сақланадиган
хоналар
|
Ёрдамчи
|
Кино ва лекция зали, тўгарак хонаси, дам олиш зонаси, ахборот-маълумотнома
|
Ходимлар учун ишчи хоналар, лабораториялар, устахоналар, кутубхона
|
|
хоналари
|
|
Dostları ilə paylaş: |