Muzeylar faoliyatining asosiy turlari Hajmiy-rejali yechim



Yüklə 231 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü231 Kb.
#175776
  1   2   3   4   5

Muzey va ko‘rgazma binolari
Reja:



  1. Muzeylar faoliyatining asosiy turlari

  2. Hajmiy-rejali yechim

  3. Binoning funksional bloklari va ularni loyihalashga qo‘yilgan talablar

Umumiy holatlar


Eksponatlarni saqlash va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish muzeylar faoliyatining asosini tashkil qilib, xonalar tuzilmasi, tarkibi va maydonini belgilab beradi. Muzeylarni loyihalashda ikkita asosiy texnologik oqim – tashrif buyuruvchilar marshruti va eksponatlar hamda xodimlar harakatlanishi yo‘llarini – masimal ajratish prinsipi amalga oshirilishi lozim.
Muzey faoliyati yo‘nalishini binoning murakkab hajmiy-rejali tuzilmasi belgilab berdi. Xonalarning o‘zaro bog‘liqligi tashrif buyuruvchilar va muzey xodimlari oqimlarining intensivligi va muntazamligi bilan tavsiflanadi va quyidagi asosiy variantlarda berilishi mumkin: xonalar va intensiv oqimlar o‘rtasidagi doimiy bog‘liqlik ular o‘zaro yaqin va qulay, yo‘llarning boshqa oqimlar bilan kesishishini istisno qilgan holda joylashishini talab qiladi: bu, birinchi navbatda, vestibyulekspozitsiya zallari guruhi va ekspozitsiya zallari guruhi ichidagi bog‘lanishlarga taalluqlidir;

    • xonalarning intensiv oqimlar bilan kam sonli bog‘liklar, bunda asosiy maqsad boshqa intensiv oqimlar bilan kesishishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lib, xonalarga qulay tarzda kirish-chiqish imkonyatlari ham ko‘zda tutiladi;

    • xonalar va kam sonli harakatlanishlar o‘rtasidagi doimiy bog‘liqlik, bunda ular qulay va yaqin joylashishini talab qilinadi; oqimlarning kesishishi muhim ahamiyatga emas; bu kabi bog‘lanish fondlar saqlanadigan xona, fotolaboratoriya va ustaxonalar, ekspozitsiya zallari, dam olish joylari, ma’muriyat xonalari o‘rtasida bo‘lishi kerak;

    • kam sonli va epizodik harakatlanishlar istalgan xonalar guruhlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin, lekin ular asosiy xonalarning o‘zaro joylashuviga ta’sir o‘tkazmaydi.



Yüklə 231 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin