1. Biologik ehtiyojlar. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining
faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayotini
saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga
tortilganlik, tobelik aks etadi. Shuningdek, tabiiy ehtiyojlar
tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish,
jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo
havoga intilish, tana a’zolariga dam berish ham kiradi. Tabiiy
ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, oqibatda inson halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: |