O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUZRABOT PEDAGOGIKA KOLLEJI
MAXSUS FANLAR KAFEDRASI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR
PSIXOLOGIYASI
fanidan
O’QUV – USLUBIY MAJMUA
Muzrabot-2020
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020- yil “19-dekabr” dagi “1”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: Karimova SH Maxsus fanlar kafedrasi mudiri
Taqrizchi: Qodirova G Muzrabot pedagogika kolleji o’qituvchisi
mundarija
№
|
O’quv-uslubiy majmua bo’limlari
|
bet
|
1.
|
Ma’ruzalar matni
|
|
2.
|
Amaliy mashg’ulotlar
|
|
3.
|
Seminar mashg’ulotlar
|
|
4.
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
5.
|
Glossariy
|
|
6.
|
Ilovalar
|
|
5.1.
|
Fan dasturi
|
|
5.2.
|
Ishchi fan dasturi
|
|
5.3.
|
Tarqatma materiallar
|
|
5.4.
|
Testlar
|
|
5.5.
|
Baholash mezonlari
|
|
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
MUZRABOT PEDAGOGIKA
KOLLEJI
MAXSUS FANLAR KAFEDRASI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR
PSIXOLOGIYASI
fanidan
O’QUV METODIK MAJMUA
MA’RUZALAR MATNI
1-Mavzu: Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
Reja:
1.Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
3.Maktabgacha yoshda bolalarning psixik faoliyatlari
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
1.Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha
Barcha fanlar kabi psixologiya fanining ham o‘ziga xos tushuncha va predmeti bor. Masalan, fizika fani harakatdagi materiyaning fizik
xossalarini, kimyo fani kimyoviy xossalarni, biologiya biologik
xossalarni o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning
o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash murakkabroqdir. Bu hodisalarni
tushunish psixologiya fanini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ygan odamning dunyoqarashi va qiziqishiga bog‘liqdir.
Psixologiya insoniyatga tanish bo‘lgan eng murakkab ilm haqidagi
fandir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini
qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson
ruhiyatining shunday holati-ki u tashqi olamni (ichki ruhiy
olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz,
anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari boshqa fan
vazifalaridan ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning
obyekti va subyekti o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni
psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon
psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek,turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash
xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi
ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy
xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi,
axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi,
ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi
sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik
kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi
bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning
psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma
va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdaniborat.
Dostları ilə paylaş: |