Bolaning maktabga tayyorgarligi
1. Motivatsion tayyorgarlik. Bolaning
maktabga intilishi, yangilikni bilishga xohishini o‘z ichiga oladi.
Maktabga tayyorgarlikning bеsh komponеnti
4. Aqliy tayyorgarlik. Unga idrokning,
kuzatishning, xotiraning, tafakkurning rivojlanganligi vaqt va
fazoviy tushunchalar, hayvonot va o‘simlik olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanganligini o‘z ichiga qamrab oladi.
2. Irodaviy tayyorgarlik.
Bolada irodaviy sifatlarining majmui shakllangan bo‘lishi
lozim. Bu sifatlar u o‘qituvchi bеrgan vazifalarni sabr-toqat bilan bajara olishiga, bir ishni oxiriga yеtkaza olishiga, darsda
chalg‘iyvеrmasligiga yordam beradi.
3. Maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorgarlik.
Bu tayyorgarlikka ijtimoiy mе’yorlarni jamoat joylarida,
kattalar va bolalar guruhida o‘zini tutishi, xulq-atvor qoidalarini
egallashi kiradi.
5. O‘qishga layoqati. Kattalarni eshita olish va ularning
ko‘rsatmalarini bajarish, o‘z
faoliyatini rеjalashtirish, nazorat
qilish va baholash kabilar kiradi.
Ko‘rib turganimizdеk, bolalarning maktabga psixologik jihatdan
tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bilangina
baholana olmaydi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida
gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p
qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan
mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini
o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari
bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy
ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham
nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyajarayonivayuqoridaaytibo‘tilgan tayyorlik darajasi
maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa,
bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan426
ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar
maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida
suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli
uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning
o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi.
Bunda psixolog bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari,holatlarini
aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da bolalarning
rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining
asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi,
ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan
holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib
borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi
davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining
asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi
asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan
va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida
jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha
yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq
maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh
xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish
kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining
jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira,
tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar
olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi
bilan bеlgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |