Samarqand
hududiga
mahsulot
ayirboshlash
natijasida
kelib
qolganligini ko‘rsatadi. Makondan 20 ga yaqin ayollar taqinchog‘i
topilgan.
Umuman,
Samarqand makoni
yuqori paleolit davrini
o‘rganishga oid qimmatbaho ma’lumotlar beradi.
Siyobcha qarorgohi - Samarqand shahrining markaziy qismidan
oqib o‘tadigan Siyobcha daryosining
Chashmasiyob suvi quyilishi
joyida joylashgan. Qarorgoh 1969 yilda U.Olimov tomonidan topilgan.
Tadqiqot ishlarini esa, N.X.Toshkenboev olib borgan. Qazilmalaming
ayrimlarida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Topilmalar orasida
tosh o‘zaklar, qirg‘ichlar, teshuvchi
qurollar, paraqalardan ishlangan
qurollar asosiy o‘rinni egallaydi. Topilmalar Samarqand
makoniga
nisbatan qadimiyroqdir.
Xo‘jam azgil qarorgohi - Samarqand shahridan 35 km g‘arbiy-
sharq tomonda Turkiston tog‘ tizmasining g‘arbiy etaklarida joylashgan
Xo‘jamazgil degan joydan topilgan. Yodgorlikni 1969 yilda arxeologlar
A.Asqarov va N.X.Toshkentboevlar topib, tadqiq qilishgan. Tadqiqot
davomida makondan 200 dan ortiq tosh buyumlar yig‘ib olingan.
Topilmalar ichida gardishsimon tosh o‘zaklar, paraqadan yasalgan
pichoqsimon qurollar, qirg‘ichlar, randalar,
tosh siniqlari topilgan.
U erda oxra qoldiqlari va gulxan izlari ham topilgan. Qarorgoh topil-
malari Samarqand makoni topilmalariga o ‘xshaydi. Ikkala makonda
ham qurollami ishlash uslubida muste davri uslubi izlari saqlangan.
KoMbuioq m akoni - qadimgi tosh davriga oid ko‘p qatlamli
yodgorlik bo‘lib, uning yuqori 1,2,3 qatlamlaridan so‘nggi paleolit
davriga oid materiallar topilgan. U erdan gulxan, ko'm ir qoldiqlari, tosh
buyumlardan - nukleuslar, qirg‘ichlar, sixchalar, tosh pichoqlar, tosh
siniqlari va hayvon suyaklari topildi. Makondan eng ko‘p
miqdorda
nukleuslar topilgan, chunki ibtidoiy odamlar nukleuslami ajratib
olishning yangi texnikasini kashf etganlar. Ilgaridagidek, paraqalami
tosh bolg‘a bilan emas, balki tosh pona bilan ajratib olganlar. Bu bilan
ular xohlagan shakldagi paraqani toshdan ajratib olish imkoniyatiga ega
bo'lganlar. QoMbuloqdan topilgan tosh qurollar o‘zining ishlanishi
jihatidan Samarqand, Bo‘zsuv va Tuyabo‘g ‘iz
makonlaridan topilgan
so‘nggi tosh davri qurollariga o‘xshaydi. Arxeolog M.R.Qosimovning
ta’kidlashicha, Toshkent vohasida ilmiy ahamiyati jihatidan KoMbu-
loqqa teng keladigan yodgorlik topilganicha yo‘q.
2001-2002 yillar mobaynida Ko‘lbuloq makonida qayta tadqiqot
ishlari olib borildi va so‘ngi paleolit dariga oid retushlangan mehnat
qurollari, turli shakllardagi nukleuslar topildi.
Toshkent vohasidan so‘nggi paleolit davriga oid
Bo'zsuv I,
Bo'zsuv II, Bo‘zsuv VI, Tuyabo‘g‘iz И, III, IV, V, VI makonlari
ham topib o ‘rganilgan. Ulardan topilgan tosh buyumlar Ko‘lbuloqdan
topilgan tosh buyumlariga o‘xshaydi. Bular asosida
arxeologlar
Toshkent vohasida ibtidoiy odamlar paleolit davrining barcha
bosqichlarida isteqomat qilib, bir-biri bilan yaqin aloqada boMganlar va
ovchilik xo‘jaligi bilan shug‘ullanganlar degan xulosaga kelishgan.
So‘nggi paleolit davriga oid Fransiya,
Ispaniya, Janubiy Italiya
xududlaridan g ‘orlarga ishlangan rasmlar topilgan. Qoya tosh rasmlar
o‘sha davr odamlariining diniy e’tiqodi bilan bogMiq holda ishlangan.
Ba’zida rasmlar g ‘orlarning yorug‘ tushmaydigan joylariga, ya’ni 900
m.gacha boMgan joylaridan ham topilgan. Franciyaning Losel g‘oridan
odam va hayvonlar tasviri qizil va sariq ranglar ishlangan. Angl-syur-
L'Anglandan esa, 35m kenglikda bizon, ot, tog‘ echkisi tabiiy hajmda
aks ettirilgan. Ularni uchta ayol kuzatib turibdi. Bu tasvirlar urib-o‘yish
yoMi bilan ishlangan. Ispaniyada Altamir g‘oridan topilgan tasvirlar
butunlay o‘zgacha boMib, qizil rang bilan ishlangan.
Ramziy
ma’nolarga ega boMgan turli shakllar ham aks ettirilgan.
So‘nggi paleolit davrida, mil.aw. 30-20 ming ilgari Shimoli -
Sharqiy Osiyo xududidagi ibtidoiy odamlar Bering bo‘g‘ozi
orqali
Alyaskaga kirib borib, Amerika xududlari bo‘ylab tarqaladilar va o‘ziga
xos madaniyatni yaratganlar.
Dostları ilə paylaş: