UDK: 902 (075)
BBK 63.4
Э18
Э18 N .A .Egam berdieva. Arxeologiya. -Т .: «Fan va texnologiya»,
2011, 176 bet. (12+12 oq-qora va rangli rasm lar).
0 ‘quv qo‘llanmada
ibtidoiy davr makonlari, qishloqlar va shahar
larning shakllanish, rivojlanish jarayonlari, o ‘rta asrlar davrining moddiy
madaniyat yodgorliklari va ularning o‘rganilish tarixi bayon qilingan.
Keyingi yillarda arxeologiya sohasida q o ig a kiritilgan yutuqlar toMiq
o ‘z aksini topgan. Shuningdek, har bir arxeologik davming o‘ziga xos
xususiyatlari izchil yoritib berilgan.
0 ‘quv qoMlanmada o‘quv kursini o‘zlashtirish yuzasidan pedagogik
texnologiya uslublari, darsni
mustahkamlovchi savollar, mavzuni
o‘zlashtirish yuzasidan qo‘shimcha materiallar va testlar mujassam-
lashgan.
0 ‘quv qo‘llanmadan Oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek,
■arxeologiya va tarixga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
UDK: 902 (075)
BBK 63.4
Taqrizchilar:
t.f.d. 0 ‘zR FA akademigi A.Asqarov
t.f.d. prof. A.S.Sagdullaev
O'quv q o ‘llanma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligining 2010 yil 21 oktyabrdagi 396-sonli buyrug'iga
asosan nashrga tavsiya qilindi.
ISBN 978-9943-10-465-5
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2011.
K IR ISH
0 ‘tmish kelajakni belgilaydi - deydi dono xalqimiz.
Haqiqatan ham
o‘tmishda yuz bergan har bir voqea, hodisa bugungi kun
uchun
poydevor vazifasini o‘taydi. Ayniqsa,, xalqlarning m a’naviyatini
shakllantirishda, ulami ruhan boyitishda o'tmish voqealarining o‘mi
beqiyosdir.
0 ‘tmishni o‘rganishda arxeologiya va tarix fanlari muhim o‘rinni
egallaydi. Ular mustaqil
fan sohalari boMsada,
bir-biri
bilan
chambarchas bogMiq.
Ular bir obyektni, ya’ni o‘tmishni turli uslublarda
tadqiq qiladilar. 0 ‘tmish voqealarini tarix yozma va moddiy manbalar
asosida o‘rgansa, arxeologiya asosan, moddiy manbalar-topilmalar
asosida o‘rganadi.
Kishilik jamiyati tarixini tiklashda arxeologiyaning o ‘mi beqiyosdir.
Arxeologiya
qadimgi moddiy madaniyat
manbalarini o‘rganish
jarayonida turli uslublardan, ayniqsa aniq
fanlaming
yutuqlaridan
unumli foydalanadi. Bu fanlar - geografiya, geologiya,
botanika,
zoologiya, kimyo, biologiya,
fizika, antropologiya,
etnografiya,
toponimika, astronomiya va boshqalardir.
Arxeolog olimlar OM.Islomov va K.A.Kraxmal
0 ‘rta Osiyo
mintaqasining o‘ziga xos geologik tuzilishini, ya’ni togMik, adirlik va
pasttekisliklardan
iborat ekanligini hisobga olib, undagi
geotektonik
va geomagnit hodisalami radiomagnit metodlari orqali o‘rgandilar.
Natijada olimlar pasttekisliklardagi kimyoviy o‘zgarishlar togMik
hududiarga nisbatan sekin kechishini isbotladilar va
paleolit davri
yodgorliklari uchun
ilgari belgilangan sanalami 500-600 ming yilga
qadimiylashtirdilar. Bu esa, jahon miqyosida katta yangilik boMdi.
Arxeologiyada qadimgi davrlar tarixi tabiiy-geografik sharoit bilan
bogMiq holda
tadqiq qilinadi.
Arxeologiyada
bu «ekofakt» va
«artefakt» tushunchalari bilan ishlatiladi.
«Ekofakt» - insonlami qurshab turgan
tabiiy-geografik muhit
omillaridir. Inson tabiiy muhitga moslashib hayot kechiradi.
Hayot tarzi
uchun zarur boMgan narsalami tabiatdan oladi va yashash tarziga xos
madaniy izlar qoldiradi. Arxeologlar xuddi shu madaniy izlar orqali
insoniyatning o‘tmishini tiklaydi.
з