N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

Ikkinchi davr 
3 bosqichga boMinadi:
1-bosqich. 1917 yildan 1938 yilgacha davom qilgan. 
Bu davrda 
Sho'rolar hokimiyati moddiy yodgorliklami saqlash va himoya qilish 
ishlari yuzasidan bir qator tadbirlami amalga oshirganlar. 1918 yilda 
Moddiy Madaniyat tarixi Rossiya Akademiyasi tashkil etildi. Unga 
barcha arxeologik, san’at, madaniyat va me’morchilik yodgorliklarini 
hisobga olib, davlat himoyasiga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
1920 yil 27 noyabrda Toshkentda muzeylar, qadimgi yodgorliklami 
asrash, san’at va tabiatni muhofaza qilish Turkiston Komiteti tashkil 
qilindi (Turkomstaris).
2-bosqich 
1938-1945 yillar boMib, bu davrda 
O lrta Osiyoning 
ijtimoiy tuzumi masalasi muhokama etildi. Tarixchilar orasidagi « 0 ‘rta 
Osiyoda abadiy feodalizm hukmron boMgan» degan g‘oya rad etilib, 
O 'rta Osiyoda quldorlik tuzumi mavjud boMganligi isbotlandi.
Arxeologik tadqiqotlami kengaytirish maqsadida 0 ‘rta Osiyo 
hududida 5ta ekspeditsiya tashkil qilindi:
1. 
1933 yilda M.E.Masson boshchiligidagi Termiz arxeologiya 
ekspeditsiyasi;
2.1937 yilda A.N.Bernshtam 
rahbarligida 
Ettisuv arxeologik 
ekspeditsiyasi;
3. 1937 yilda S.P.Tolstov 
rahbarligida 
Xorazm 
arxeologik. 
ekspeditsiyasi;
4. 1934 yilda B.A.Latinin rahbarligida 
Farg‘ona 
arxeologik 
ekspeditsiyasi;
5. 1937 yilda V.A. Shishkin 
rahbarligida 
Quyi 
Zarafshon 
arxeologik ekspeditsiyasi.
Shulardan 4 tasi: Termiz, Xorazm, Quyi Zarafshon, Farg‘ona 
ekspeditsiyalari o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston hududida olib borganlar.
1939 yilda Toshkent Davlat universitetining Tarix fakultetida 
Arxeologiya kafedrasi tashkil qilindi. 
Kafedrada arxeologiya sohasi 
bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. 1943 yilda 0 ‘zbekistonda Fanlar 
Akademiyasi Tarix instituti qoshida arxeologiya boMimi tuzildi. Arxeo-


log olim lam ing o‘zaro hamkorligi 
natijasida arxeologik tadqiqotlar 
ko'lami kengaydi. Masalan: 1937 
yilda V.A.Shishkin 
Buxoro 
vohasining g ‘arbiy qismida arxeologik izlanishlar olib bordi. 1938 yili 
A.P.Okladnikov R.Parfyonov otryadi tarkibida 
Surxondaryoning 
Boysun tog‘ining Teshik-tosh g‘orida qazishmalar olib borib, paleolit 
davriga 
oid 
makondan neandertal odam suyagi qoldiqlarini topdi. 
1939 yilda M.E.Masson Katta Farg‘ona kanali hududida arxeologik 
kuzatuv ishlarini olib bordi. A.I.Terenojkin 
1939-1940 yillarda 
Toshkent yaqinidagi Oqtepa va Toshkent kanalini qurishda arxeo­
logik kuzatuv ishlarini olib bordi.
3-bosqich 1945 yildan 1991 
yilgacha davom etgan. Bu davrda 
arxeologik tadqiqot ishlarida ko'plab o ‘zgarishlar kuzatilgan. 
Quyi 
Zarafshon 
ekspeditsiyasi 
ishini 
0 ‘zbekiston 
FA ning 
Buxoro 
ekspeditsiyasi
Ettisuv 
ekspeditsiyasi 
ishini 
1944-49 
yillarida 
Tyan— Shan-Oloy ekspeditsiyasi, 1951— 55 yillari esa Qirg‘iziston 
arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom qildirdi. 1946 yildan 1952 
yillargacha Farg‘ona arxeologiyasini A.N.Bemshtam rahbarligida 
Pomir-Oloy va Pomir-Farg'ona ekspeditsiyalari o‘rgangan. 1947 yildan 
boshlab Samarqand davlat universiteti ekspeditsiyasi ibtidoiy tarix 
sohasida muhim ma’lumotlami qo‘lga kiritdi. Ya.G‘. G‘ulomov va 
V.A. Shishkinlar rahbarligida 0 ‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasining 
0 ‘zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining ish faoliyati kengaydi. Bu 
ekspeditsiyaning ko‘pgina otryadlari Surxondaryo, Samarqand, Buxoro 
va Toshkent vohalarida hamda Farg‘ona vodiysida 
arxeologik 
tadqiqotlar olib borganlar.
Arxeologogik tadqiqot olib borishning xarakterigina emas, balki 
uning texnik ta’minotida ham 
o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 
Xorazm arxeologik ekspeditsiyasida urushgacha tuyalardan foyda­
lanilgan bo ‘lsa, keyinchalik, avtomashina va aviatsiya qo‘llanildi. 
Arxeologik 
yodgorliklar yoshini va tarkibini aniqlashda 
fizikada 
yangi 
radiokarbon analiz, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida 
ibtidoiy 
qurol— aslahalaming xo‘jalikda 
qo‘llanish 
funksiyalarini 
aniqlash uslublari ishlab chiqildi.
1970 yilda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeologiya 
instituti tashkil qilindi. Institut kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borilishida muhim ahamiyat kasb etdi.
0 ‘zbekiston arxeologiyasining rivojida Ya.G‘.G‘ulomov, S.P.Tol­
stov, M.E.Masson, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, 
V.G.Grigorev, A.YU.Yakubovskiy, M.P.Gryaznov, A.N.Bemshtam,


A.I.Terenojkin, B.A.Latinin, A.M.Belenickiy, V.A.Shishkin, V.M.Mas- 
son, B.A.Litvinskiy, G.A.Pugachenkova, P.I.Albaum, I.A.Itinalaming 
hissasi katta bo‘ldi.
XX 
asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyoda arxeologlaming 
katta guruhi etishib chiqdi: A.Asqarov, A.Muhammadjonov, OMslo- 
mov, Yu.F.Buryakov, RX.Sulaymonov, E.V.Rtveladze, A.Kabirov, 
A.S.Sagdullaev, N.Ne’matov, I.Axrorov, V.I. Sarianidi, K.Akishev, 
X.Oltmishboev, 
A. V. Vinogradov, 
V.N.Yagodin, 
O.K.Berdiev, 
M.R.Qosimov, T.Mirsoatov, M .Jo‘raqulov, T.Shirinov, M.Isomiddinov, 
E.B.Bijanov, M.Mambetullaev, G ‘.Xodjaniyozov va boshqalar. Olimlar- 
ning olib borgan tadqiqotlari 0 ‘zbekiston arxeologiyasi rivojlanishida 
muhim bosqich bo‘ldi.
3. 
O ‘zbekiston m ustaqilligi davri 1991 yildan boshlanadi. 
Vazirlar Mahkamasining 
1998 yilda Tarix instituti 
faoliyatini 
takomillashtirishga qaratilgan tadbirlari, Buyuk ipak yo‘li tarixini keng 
tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar arxeologik tadqiqot 
ishlarining yanada jonlanishiga sabab boMdi.
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik 
samarali bo'lmoqda. Yapon 
olimlari Surxondaryo hududida, Avstriya olimlari Qoraqalpog‘iston 
hududida, Rossiya olimlari Xorazm va Toshkent hududlarida tadqiqot 
ishlarini olib bormoqdalar.
Hozirda 0 ‘zbekiston arxeologiyasini o‘rganish ancha yaxshi 
yoMga qo‘yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, 
pedagogika institutlari va turli bo‘limlar shug‘ullanmoqdalar.
So‘nggi o‘n yillikda madaniyat va tarixiy yodgorliklami qayta 
ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa yodgorliklami 
muhofaza qilish ishlariga ancha samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda Respublikamizdagi arxeologik yodgorliklar davlat 
tomonidan muhofaza qilinishi qonunlashtirilgan. Arxeologiya merosi 
obyektlarini muhofaza qilishi va ulardan foydalanish to‘g ‘risidagi qonun 
2009 yil 16iyunda qabul qilingan.
Mavzuni m ustahkam lovchi savollar:
1. 0 ‘zbekiston arxeologiyasi necha bosqichda o‘rganilgan.
2. Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi qanday tadqiqot ishlarini 
olib borganlar?
3. 0 ‘rta Osiyoda qanday ekspeditsiyalar tashkil etilgan?
4 . 0 ‘zbekistonda arxeologik tadqiqot ishlari olib borgan olimlar 
kimlar?


5. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda arxeologiya sohasida qanday 
yutuqlar qo‘lga kiritildi?
6. 0 ‘zbekistonda arxelogik yodgorliklami saqlash bo‘yicha qanday 
ishlar amalga oshirilmoqda?

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin