N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

Teshiktosh g‘or-makoni 
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani- 
dagi 
Boysun togMning janubiy yon bag‘ridagi 
Zavtalashgan 
darasida joylashgan. G‘or 1938-1939 yillarda A.P.Okladnikov tomo­
nidan tekshirilgan. 5 ta madaniy qatlamdan toshdan yasalgan mehnat 
qurollari, uchrindi tosh qurollar, turli shakldagi nukleuslar, o‘tkir 
uchli tosh nayzalar, tosh pichoqlar, paraqalar, sixcha, qirgMch, 
kurakcha, chopper, chopqi va hokazolar topilgan. Teshiktoshdan 
topilgan mehnat quroilaming aksariyati qirquvchi va tarashlovchi 
vazifalami bajargan. Bu erdan yana faqat neandertal odamiga xos 
disksimon nukleuslardan (o‘zaklar) bir necha nusxa topilgan. Ularning 
diametri 10-15smni tashkil etgan. Uchrindi toshlardan terilarga ishlov 
berish, yog‘ochlami kesish, randalash kabi ishlarda foydalanganlar. 
Bunday mehnat qurollar eng ko‘p Teshiktoshdan topilgan.
Teshiktosh g‘orining eng qimmatli 
topilmasi 
odam suyagi 
qoldiqlarining topilishidir. U eng pastki madaniy qatlamdan topilgan. 
U chalqanchasiga yotqizilib, ustiga qizil oxra sepilgan holda ko‘milgan. 
Qabri atrofida arhar shohlari terilgan. Tadqiqotchilar fikricha, bu diniy 
e’tiqod bilan bogMiq.
1938 yilda antropolog G.Gerasimov, uni o‘rganib, 9 yoshli neandertal 
bola deb xulosa bergan. 1970 yillarda bu odamni antropolog A.Alekseev 
ham o‘rgangan. Neandertal odamning 2003-2004 yillarda qilingan 
maxsus taxlili, uning ilk xomo sapines (homo sapiens) odami ekanligini 
ko'rsatdi.
G‘ordan gulxan izlari, uning atrofida tog‘ echkisi, bug‘u, 
yovvoyi ot, ayiq, sirtlon (giena), leopard, bars, quyon, kemiruvchilar 
va 
parrandalarning 
suyak 
qoldiqlari 
topilgan. 
Teshiktoshliklar 
ovchilik bilan birga termachilik bilan shug‘ullanishgan.
O birahm at g‘or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli— 
sharqda, 
G‘arbiy 
Tyan— Shanning 
Chotqol 
tizmasidagi 
Paltov 
soyining yuqori sohilida joylashgan. G‘or yoysimon shaklda boMib,


eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va 
yorug*. G ‘or-m akon 1966-1972 yillarda R.X.Sulaymonov tomonidan 
o ‘rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid.
Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. 
Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli 
mehnat qurollari- nukleuslar, 
paraqalar, 
o‘tkir uchli 
sixchalar, 
qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos 
prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika 
asosida ishlangan. G'ordan hayvon suyagidan ishlangan bigizlar 
ham topilgan. Shuningdek, gulxan izlari, kul, ko‘mir, bug‘u, tog‘ 
echkisi, to‘n g ‘iz, jayron, g‘or sheri, arhar va boshqa hayvonlaming 
suyaklari ham topilgan. Bu erda odamlar 120—40 ming yil 
muqaddam 
istiqomat 
qilganligi 
aniqlangan. 
Ular ovchilik va 
termachilik 
bilan shug‘ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmat 
makonini qayta 
o‘rganish natijasida u erdan so‘nggi paleolit davri 
mehnat qurolarini va 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam 
suyaklari (6 ta tish va kalla suyagining bo'laklari ) topildi. Mazkur 
topilma bo‘yicha 2004 yilda halqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 
Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) 
odamidagi xususiyatlar omuxtalashganligi va uning olamshumul 
ahamiyati qayd etildi.
Obiraxmat makonidagi mehnat qurollari o‘rta paleolitdan so'nggi 
paleolitga o ‘tish davriga mansubdir. Bunday xususiyatga xos makonlar 
Evropa, Yaqin Sharq, Oltoy yodgorliklaridan ham topilgan. Tadqiqotlar 
natijasida olimlar, Obiraxmat odamlarining 
o‘rta paleolitdan uzoq 
tadrijiy rivojlanish orqali 
yuqori paleolit davriga o‘tishgan degan 
xulosaga kelishdi.
Xo‘ja k e n t m anzilgohi Toshkent vohasidagi 
muste davriga oid 
g‘orturidagi yodgorliklaridan biri bo‘lib, Toshkent shahridan 80 km 
shimoliy-sharqda Xo'jakent qishlog‘i yaqinida, Chirchiq daryosining 
chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. G‘or shimoli-g‘arbga 
qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonda 1958- 
1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini 
olib borganlar. Uning madaniy qatlami g'oming ayrim joylaridagina 
saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar 
topilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh 
uchirmalari va siniqlaridir. Topilgan qurollar levallua-muste mada­
niyatiga xos boMib, 
Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi mehnat 
qurollariga o ‘xshashdir.


Ko‘lbuloq makonining 
4— 8 
qatlamlarigina 
muste 
davriga 
oiddir. Madaniy qatlamlardan 8300 dan ortiq tosh qurollari: har xil 
shakldagi nukleuslar, siniq uchrindilar, qirg'ichlar, qo‘1 cho‘qmorlari 
va boshqalar topilgan. KoMbuloqdan topilgan 
mehnat qurollari son 
va sifat jihatdan Toshkent vohasi-ning boshqa joylaridan topilgan 
makonlardagi mehnat qurollardan farq qiladi. Faqat tishli qirg‘ichlar 
Bo‘zsuvdagi muste davri qurol-lariga o‘xshash hisoblanadi.
KoMbuloq madaniy qatlamlaridan tog‘ echkisi, ayiq, arhar va 
boshqa hayvonlaming suyak parchalari, kul va gulxan qoldiqlari 
topilgan.
Toshkent vohasidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Ko‘hisim mazilgohlari va 
Qoraqamish topilmalari, jami 30 dan ortiq makon qayd qilingan. Bu 
ayniqsa Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan keng 
arxeologik qidiriv ishlari bajarildi. Bu erlarda arxeologik tadqiqot ishlari 
hozirda ham davom etmoqda.
Muste davri yodgorliklari Farg‘ona vodiysida ham keng tarqalgan. 
Ulami tadqiq qilishda A.P.Okladnikov, P.T.Konoplya, M.R.Qosimov, 
OM.Islomov, 
V.A.Ranov, 
Yu.A.Zadneprovskiylaming 
xizmatlari 
kattadir.
1954 yilda P.T.Konoplya Sharqiy Farg‘onada birinchi marta paleolit 
qurollarini topdi. Shu yili A.P.Okladnikov G‘arbiy Farg‘onada tadqiqot 
ishlarini olib borib Qayroqqum manzilgohlarini aniqladi va tadqiqot 
ishlarini 1961 yillragacha davom qildirdi. Olim Qayroqqum dalasining 
31 punktidan tosh qurollarini topdi. Ayniqsa, Buloqchap va Sho‘rko‘l 
punktlari topilmalari diqqatga sazovordir. Bu joylardan ko‘plab tosh 
o‘zaklar, sixchalar, tosh siniqlari topildi. Topilmalar shuni ko‘rsatdiki, 
neandertal odamlar Sirdaryoning qadimgi irmoqlar bo‘ylab, bir necha 
joylarda o‘z manzilgohlarini qurganlar va ovchilik, termachilik bilan 
shug'ullanganlar.
Ja rq o ‘ton makoni Farg‘ona vodiysining sharqiy tumanida topilgan. 
Shahristonsoy daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Manzilgoh 
1961- 1963 yillarda V.A.Ranov tomonidan o‘rganilgan. Yodgorlikdan 
670 ta tosh buyum yig‘ib olingan. Shulardan 25 tasi nukleuslar, 25 tasi 
mehnat qurollari boMgan. Qurollar ichida tosh sixcha, nayza tigMari, 
pichoqsimon tosh qurollar mavjud. Nukleuslarga ishlov berish va qurol 
yashash uslubi Xo'jakent makonidagiga o‘xshaydi. Tosh qurollar 
yashash madaniyati levallua-muste davriga oiddir.
Farg‘ona vodiysidan M.R.Qosimov, P.T.Konoplya muste davriga 
oid bir necha manzilgohlar topganlar. Ularning ko‘pchiligining madaniy


qatlamlari saqlanib qoimagan, chunki ular adir va soylar bo‘ylaridagi 
ovchilaming mavsumiy karorgohlari boMgan. U erlardan topilgan tosh 
buyumlar levallua-muste davriga oid boMgan.
0 ‘zbekiston hududida o‘rta paleolit davrini o'rganishda Zarafshon 
vohasi alohida o‘rinni egallaydi, chunki bu hudud arxeologlar 
tomonidan bir necha makonlar topib, keng o'rganilgan. Bu hududda 
Samarqand Davlat universitetining arxeologlari, 0 ‘zFA Arxeologiya 
instituti xodimlari tadqiqot ishlarini olib borganlar. Omonqo‘ton, 
Zirabuloq, G o‘rdara, Takalisoy kabi makonlar o‘rta paleolit davrini 
o‘rganish uchun olimlarga muhim manbalar berdi.
O m onqo‘ton g‘or makoni-Samarqand viloyati Urgut tumanining 
Omonqo‘ton qishlogM yaqinida, Samarqanddan 43-44 km janubda 
joylashgan. Makon 1947 yilda D.N.Lev rahbarligidagi SamDU 
ekspeditsiyasi tomonidan topildi va 1957 yillargacha tadqiqot ishlari olib 
borildi. Tadqiqotlar jarayonida qalinligi 25smdan 1,5 mgacha boMgan 
madaniy qatlam aniqlanib, undan 220 ta tosh buyumlar topildi. Ularning 
asosiy qismi chaqmoqtoshdan yasalgan. 30 ga yaqin turli xildagi 
nukleuslar boMib, ular orasida gardishsimon va prizma shaklidagi 
nukleuslar ham bor. Paraqalar levallua-muste texnika madaniyatini 
eslatadi. Kertish texnikasi asosida toshning ikkala tomoniga ham ishlov 
berish natijasida qurol tigMari arrasimon va toMqinsimon boMib chiqqan. 
Bu erda bargsimon paraqalar ham bor. Bunday qurol namunalari 
KoMirbuloq va Zirabuloq makonlaridan ham topilgan.
Omonqo‘ton g‘oridan hayvonlarning suyak qoldiqlari ham topilgan. 
Arxeolog D.N.Levning tadqiqoticha, makon ilk va rivojlangan muste 
davriga oiddir.
Takalisoy g‘ori - OmonqoMon g'origa yaqin joylashgan muste davri 
yodgorligidir. Uni 1952 yilda D.N.Lev tadqiq qilgan. Bu erdan 
chaqmoqtosh siniqlari, uchburchaksimon uzun paraqa, kertish usulida 
ishlangan pichoqsimon qurol, gulxan izlari va hayvon suyaklari topilgan. 
Toshning ishlanish texnikasi asosida uni D.N.Lev mustening so'nggi 
bosqichiga oid deb ko‘rsatadi, chunki bu erdan topilgan paraqalar va 
otsheplar gardishsimon va prizmaga o‘xshash nukleuslardan ajratib 
olingan. Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashaganlar.
Takalisoy makonidan topilgan ashyolar Qo'tirbuloq makonidan 
topilgan ashyolarga o‘xshash boMib, bu neandertal odamlaming 
Zarafshon vohasida muste davri boshidan to oxirgi bosqichigacha 
uzluksiz yashaganlaridan darak beradi.


Qo‘tirbuloq makoni - ochiq joydagi qarorgoh hisoblanadi. Uning 
topilishi neandertal odamning g'orlardan chiqib, o‘ziga sun’iy boshpana 
qura olishi va dasht mintaqalarida yashashga o‘tganligini ko‘rsatdi. 
Makon Samarqand shahridan 100 km g'arbda, Qattaqo‘rg‘on tumani- 
dagi Charxin qishlog‘i yaqinidagi Zirabuloq tog‘ining shimoliy yon 
bag‘ridagi Qo‘tirbuloq deb nomlangan buloq atrofidan topilgan. Uni 
dastlab Yu.F.Buryakov rahbarligidagi 0 ‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi 
tomonidan 1971 yilda ro‘yxatga olingan. Keyinchalik uni N.Toshkent- 
boev o‘rgangan. Bu erdan 5 madaniy qatlam topilgan. Ulardan 
10 mingdan ko‘proq tosh buyumlar topilgan. Bu topilmalar asosan 
chashma yonidan topilgan. Shuningdek, tosh qurollari va chiqindilar 
yonida gulxan izlari ham topilgan. Bu tosh qurol yasashda ibtidoiy 
odamlarning olovdan foydalanganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu 
erdan turli ov qurollari palaxmon toshi va nayzalar ham topilgan.
Qo‘tirbuloq makonidan 
topilgan qurollaming ishlanish texnikasi 
Obiraxmat va Teshiktosh madaniyatiga o‘xshaydi. Shuni inobatga olib, 
olimlar uni ham rivojlangan muste davriga oid deb hisoblaydilar. Lekin 
bu 
makonda qurol 
yasashda 
kertish 
texnikasida 
qurollaming 
o‘tkirlanishi bir tekisda emasligi bilan boshqa madaniyatlardan farq 
qiladi.
Arxeologlar 
Zirabuloq tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridan va 
Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘oqlaridan ibtidoiy kishilaming bir 
necha qarorgohlarini ham ruyxatga oldilar. Bulaming madaniyati ham 
Qo‘tirbuloq madaniyatiga o‘xshash bo‘lib, ularning ko‘pchiligida 
madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Ular orasida Zirabuloq makoni 
alohida o‘rinni egallaydi.
Z irabuloq makoni - Qo‘tirbuloqdan 1 km sharqda joylashgan. 
U ham 1971 yilda ro‘yxatga olinib, tadqiqot ishlari 1978 yillargacha 
arxeolog M.Jo‘raqulov tomonidan olib borildi. Bu erdan Qo‘tirbuloq 
makonidan topilgan tosh buyumlarga o‘xshash buyumlar topildi. 
Bundan arxeologlar bir-biriga yaqin qo‘shni boigan ibtidoiy odamlar 
yashagan degan xulosaga keldilar. Lekin bu erdan so‘nggi muste davriga 
oid tosh qurollari ham topilgan.
Go‘rd a ra g‘or makoni - Samarqand viloyati Urgut tumani 
Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida Go‘rdara 
soyi 
yaqinida topilgan. Uni 1966 yilda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologik 
otryad ro‘yxatga olgan va keyinchalik N.Toshkenboev tomonidan tadqiq 
qilingan. Bu erdan gardish shaklidagi tosh siniqlari va qirgMch topilgan. 
Uning tosh buyumlari Qo‘tirbuloq makonining yuqori qatlamidan


chiqqan tosh buyumlari o‘xshaydi. Lekin bu erda hali tadqiqot ishlari 
oxiriga etkazilmagan.
Ibtidoiy odamlar 
hayotida tosh mehnat qurollari muhim o'rinni 
egallagan. Shu sababli mehnat quroli uchun yaroqli tosh xom- 
ashyolarini topish ular uchun juda muhim boMgan. Ilk paleolit davrida 
odamlar qayroq toshlardan foydalanishgan boMsa, uning so‘nggi 
bosqichlarga kelib chaqmoqtoshning afzalliklarini bilib olishgan. 
Chaqmoqtosh tabiatda keng tarqalgani bilan birga unga ishlov berish va 
o ‘tkir qirra xosil qilish oson boMgan. Ibtidoiy odamlar o‘rta paleolit 
davriga kelganda chaqmoqtosh konlarini topib, u erlarda tosh 
ustaxonalarini tashkil qilganlar. Shuningdek, ibtidoiy odamlar ochiq 
xavoda yotgan chaqmoqtoshdan ko‘ra, uzoq yillar davomida nam 
tortgan 
chaqmoqtoshga 
ishlov 
berish osonligini 
ham 
payqab, 
chaqmoqtosh konlarini toshgan intilganlar. Bunday ustaxonalar nafaqat 
0 ‘zbekiston hududida, balki Kavkaz, Belorussiya, Boshqirdston, Volga 
bo‘ylari, Ukraina va Sibirdan ham topilgan. Bunday tosh ustaxonalarini 
tadqiq qilish olimlarga o ‘sha davr moddiy buyumlarini tadqiq 
qilishnigina emas, balki tosh konlar ibtidoiy urug‘ jamoalari o'rtasida 
madaniy va iqtisodiy aloqa vositasi sifatida ham katta o‘rin egallaganini 
aniqlash imkonini berdi. Ibtidoiy odamlar tosh hom-ashyosini o‘zaro 
iqtisodiy ayirboshlashda va qurol yasash tajribalarini almashinishda 
foydalanganlar.
Bu o'rinda muste davriga oid Qopchig‘oy, Qoratov, Ohangaron 
ustaxonalari qiziqarlidir. Ulami 
1951-1965 yillarda Arxeologiya 
institutining 
Ya.G‘.G‘ulomov 
rahbarligidagi 
arxeologik 
otryadi 
tomonidan o‘rganilgan.
Q opchig‘ay ustaxonasi - Farg‘ona shahridan 40 km janubda, Oloy 
togMning shimoliy yonbag‘ridagi Dangi darasining ichkari qismidagi 
Qopchig'oy degan joydan topilgan. U ochiq joydagi chaqmoqtosh koni 
hisoblanadi. U erdan topilgan tosh qurollar va chiqindilarga asoslanib 
tadqiqotchilar, uni muste davridan boshlab odamlar o‘zlashtirganligini 
ta’kidlaydilar. Bu ustaxonada A.P.Okladnikov, M.R.Qosimov ham 
tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Paleolit davri oid tosh ustaxonalari Navoiy 
viloyati 
Navoiy 
tumanida 
Uchtut, Ijond, Vaush va Zarafshonning qadimgi irmoqlari, 
Ohangaron daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan.
U chtut yodgorligi 
Navoiy 
viloyati Navoiy 
tumani 
Olchin 
qishlogM 
yonidagi Qoratog‘ning 
janubiy 
qiyaligida 
joylashgan.


Yodgorlik 1958 yili arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan. 
Keyingi yillarda uni T.Mirsoatov keng ko‘lamda o'rgandi.
Uchtut ilk va o‘rta paleolit davriga oid ochiq manzilgoh va 
chaqmoqtosh xom ashyosi qazib olinadigan joy boMgan. U erdan 
muste davriga oid tosh qurollari, qo‘pol cho‘qmorlar, nukleuslar, 
uchrindi va boshqa qurollar topilgan.
Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Ohangaron 
daryosi bo‘ylarida ham mavjudligi qayd qilingan. 
Ular arxeolog 
T.Mirsoatov 
tomonidan o ‘rganilgan. 
Chaqmoqtosh 
konlari 
va 
ustaxonalarini keng tadqiq qilish ibtidoiy madaniyati tarixni o‘rganishda 
muhim manba sanaladi.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin