radiouglerod, kaliy-argon, arxeomagnit, petrografik, agrobiologik,
hayvon suyaklari taxlili va boshqa uslublardan foydalanadilar.
Nisbiy yoshni aniqlashda stratigrafiya
va qiyosiy solishtirmalar-
tipologiya kabi uslublardan foydalaniladi. Stratigraflyada madaniy
qatlamning ketma-ketlikda joylashishi o‘rganiladi. Unga asosan
yodgorlik madaniy qatlamining qadimiy deb, yuqori qatlam esa so'nggi
davrga oid deb belgilanadi va shunga asosan xulosa chiqariladi.
Tipologiya uslubida turli joylardan topilgan buyumlar solishtiriladi va
uning ishlanishi texnikasi, tarkibi tekshiriladi. Agarda ular bir xil boMsa,
uni bir davrga oid deb xulosa beriladi. Shu tariqa ibtidoiy
qabilalarining
madaniy taraqqiyoti, tarqalgan hududi va ular o'rtasidagi o‘zaro aloqalar
aniqlanadi.
Tarixiy-sistemali uslub asosida paleolit davrida yaratilgan mehnat
qurollari tarkibi va takomillashtirish jarayoniga qarab sistemalashtiriladi.
Shu tariqa bugungi kunda paleolit davrining 3 bosqichi aniqlangan. 0 ‘z
navbatida har bir bosqich alohida xususiyatlarga ega boMgan, o‘zida
davomiylikni aks ettirgan davrlarga ajratiladi.
Paleolit davri tarixiy uslublarining tarixiy-genetik, retrospektiv,
sinxron, diaxron, tarixiy-solishtirish,
tarixiy-tipologik va boshqa
uslublaridan foydalangan holda tadqiq qilinadi. Tarixiy-genetik uslubda
tarixiy voqealaming kelib chiqish sabablari va natijalari, o‘ziga xosligi
va umumiyligi taxlil qilinadi. Genetik uslub, o ‘tmishdan bugungacha
rivojini ko‘rsatsa, retrospektiv uslub
uning aksini tadqiq qiladi, ya’ni
bugungi kun sabablarini o ‘tmishdan izlaydi. Bugungi kun voqealari
sababini va izohini o‘tmish voqealari asosida bayon qiladi. Sinxron
uslubda bir vaqtda sodir boMgan turli voqealar o ‘rganiladi va ularning
bogMiqlik
tomonlari
aniqlanadi.
Paleolit
davri
yodgorliklarini
davrlashtirishda diaxron uslubda rivojlanishning umumiy jihatlari
aniqlanadi, ya’ni davrlarining o‘ziga xos tomonlari aniqlanib,
davrlash-
tirishning umumiy belgilari ishlab chiqiladi. Yana bir uslub-bu
xronologik uslub boMib, bunda tarixiy voqealar ketma-ketlikda taxlil
etiladi. Tarixiy solishtirish uslubida esa, aniq tarixiy voqealar bir biri
bilan solishtirish natijasida bir xillik tomonlari
va natijalari aniqlanib,
xulosa chiqariladi. Tarixiy tipologiya uslubida turli xildagi ashyolarning
umumiy xususiyatldari aniqlanib, xulosa beriladi. U ashyolar analizining
mohiyatidir.