N. A. Kayumova



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə72/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

5. To‘kislik va uyg‘unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bunda o‘rganilayotgan fanning barcha jihatlarini to‘la qamrab olish nazarda tutiladi.
6. O‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalash­tirish. O‘quv materialining ma’lum bir tarkibiy qismiga o‘zlashtirish darajasi turlicha (bilish, esda qolgan narsani tasvirlash (reproduksiya), unumli va ijodiy fikrlash) bo‘lgan talabalarga moslab test topshiriqlarini tuzish lozim.
7.Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarida borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, axborotlashgan ta’lim tizimi sharoitida zamonaviy kompyuter test tizimida o‘quvchiga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng, unga nisbatan murakkab bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Qat’iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo‘lgan.
9.Ixchamlik Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘lami o‘quv savolini o‘zlashtirishni aniqlash zarur bo‘lgan hollarda, uni bir qancha ichcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani ma’qul.
10.Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p ma’nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQShda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.

Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin