N. A. Kayumova


M uammoli va mantiqiy nazorat savollari



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə13/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

M uammoli va mantiqiy nazorat savollari
1.Siz informatika ta’limida innovatsion faoliyatni qanday tashkil etish mumkin deb o‘ylaysiz?
2.Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’limning farqi nimada deb o‘ylaysiz? Qaysisidan ko‘proq foydalanish o‘rinli?
3.Informatika ta’limida tadqiqot usulidan qanday foydalanish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!
4.Informatika ta’limida loyihaviy usuldan qanday foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizgni asoslab bering!
5 Informatika ta’limida. o‘quvchilarni qanday qilib ijodkorlikka yo‘naltirish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!
6.Siz o‘quvchilaringizni qanday qilib amaliy faoliyatga yo‘naltira olasiz? Fikringizgni asoslab bering!
4-mavzu. Informatika ta’limida virtual texnologiyalar.
Reja
4.1.Informatika ta’limida virtual texnologiyalar va ularning tasnifi.
4.2.Informatika ta’limida masofali texnologiyalar, Web texnologiya va mobil texnologiyalar
4.1.Informatika ta’limida virtual texnologiyalarva ularning tasnifi. Virtual (inglizcha- virtual reality, sun’iy voqeilik)-inson sezgilari orqali anglashi qiyin bo‘ladigan holatlarni kompyuter texnologiyalari orqali real voqeilikka aylantirilishi. Masalan, mashina, kompyuter ichki mexanizmlarining harakati, kimyoviy, fizik elementlar tuzilishi, molekulalarning harakati, tuzilishi va h.k [95].
Virtual ta’lim nafaqat masofaviy, telekommunikatsiya ta’limi balki, “obyektlar va subyektlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni va natijasidir” [91].
Virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayoni qatnashchilarini o‘zaro aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun turli ta’lim manbalariga kirishga imkon beradigan, ochiq, kompyuterli muhit hisoblanadi. Virtual ta’lim muhitida virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Virtual ta’lim texnologiyalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi [18]:
-informatikani o‘qitish va unga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan vositalar (o‘quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish vositalari, ta’lim qatnashchilarining o‘zaro munosabat vositalari-chat, elektron pochta, telegram, masofadan turib tarmoqqa kirishni ta’minlovchi vositalar, masofali ta’lim platformalari va h.k.)
-informatika ta’limi maqsadlariga erishishga mo‘ljallangan , boshqarilish, qaytar aloqa imkoniyatlariga ega elektron ta’lim resurslari va pedagogik dasturiy vositalar;
-yechiladigan masalalar to‘plami, ma’lumotlar bazasi, o‘quv natijalari aks ettiradigan ma’lumotlar;
-tashqi kutubxona(kitoblar, dasturlarga), saytlarga havolalar;
-foydalanuvchilarning tizimlashtirilgan fayllari, masalan, o‘qituvchining ta’limiy, o‘quvchilarning topshiriqni bajarish natijasida tayyorlangan fayllari va h.k.
Virtual ta’lim muhiti uch o‘lchovli interfaol axborot ta’lim muhiti, virtual fazo, multimediali texnologiyalardan foydalangan holda rivojlanmoqda.

Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin