1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o`qitish usullari. Masofaviy o‘qitish kontseptsiyasi



Yüklə 26,07 Kb.
tarix18.06.2023
ölçüsü26,07 Kb.
#132225
1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o`qitish usullari. Ma (1)


Masofaviy ta’lim tashkil etish va boshqarish

Reja:

Kirish:

Nazariy qism:

1. Masofaviy ta’lim tushunchasi.

2. Masofaviy o`qitish usullari. Masofaviy o‘qitish kontseptsiyasi.

3. Masofaviy o`qitishning rivojlantirish bosqichlari.

4. Masofaviy o‘qitishning kontseptual asoslari.

5. Masofaviy ta’limning pedagogik texnologiyalari.

Amaliy qism:

1. Masofaviy ta’limning asosiy tushunchalari.

2. Masofali o’qitish va uning ta’lim tizimidagi tutgan ro’li.
Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangiyangi tushunchalar kirib kelmoqda. Qo‘yida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta’riflar berib o`tilgan. O`qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo`naltirilgan tizimli bilim va ko`nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim – bu o`qitishning natijasi bo`lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir. Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o`quv shartsharoitlari va o`qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o`quvchidan ko`proq mustaqil ravishda shug`ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o`qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo`lishiga bog`liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o`quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o`qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko`rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Demak, masofaviy o`qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o`qitishning va masofaviy ta’limning o`ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi. Moslashuvchanlik – Ta’lim oluvchiga o`ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi. Modullilik – Bir biriga bog`liq bo`lmagan mustaqil o`quv kurslari to`plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o`quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi. Parallellik – O`quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi. Keng qamrovlilik – Ko`p sonli o`quvchilarning bir vaqtning o`zida katta o`quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko`p sonli o`quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o`zaro va o`qituvchi bilan muloqotda bo`lish imkoniyati. Iqtisodiy tejamkorlik – O`quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o`quv materiallaridan samarali foydalanish, o`quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko`rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko`p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog`lig`i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati. Internatsionallilik – Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati. O`qituvchining yangi roli – Masofaviy o`qitish o`qituvchining o`qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o`qituvchi o`zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi, yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi. Sifat – Masofaviy o`qitish usuli ta’lim berish sifati bo`yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o`quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o`quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo`lib qoldi? – degan savol tug`ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: - Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog`liqmasligi va boshqalar).

- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi. - Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi. - Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo`lishi va rivojlanishi. - Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. Yuqorida sanab o`tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o`qitishga ehtiyoj borligini ko`rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi: 1) Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o`quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. 2) Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish. 3) Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo`shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. 4) Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo`lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish. 5) Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish. 6) Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim kompleksini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Respublika miqyosidagi barcha Oliy ta’lim maskanlari (OTM) kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan yaxshi ta’minlangan. Ularning barchasi Internet tarmog`iga ulanganlar. Ushbu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish OTMlari oldiga qo`yilgan ko`p muammolarni o`z paytida xal etishga yordam beradi. Masofaviy o`qitish nima? Darhaqiqat, masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud? Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o`zgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog`liq. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot


tarmog`ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo`nalishlarini ochilishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, o`quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o`zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo`l ochilishi o`qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o`qitish usullariga qo`shimcha ravishda yangi o`qitish shakli - masofaviy o`qitish yaratilishiga omil bo`ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o`qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jahon axborot ta’lim tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o`zaro aloqa tamoyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o`qitish barcha ta’lim olish istagi bo`lganlarga o`z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazoratdan o`tadi, o`qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o`quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo`ladi. Ma’lum sabablarga ko`ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo`limlarida tahsil olish imkoniyati bo`lmagan, masalan, sog`ligi taqoza etmaydigan, mutaxassicligini o`zgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo`lgan kishilar uchun masofaviy o`qitish qulay o`qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o`qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog`liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o`qitish vositalari (o`quv qo`llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o`zaro muloqotda bo`lishga, elektron pochta to`g`ri va teskari aloqa o`rnatishga, ya’ni xabarlarni jo`natish va qabul qilishga mo`ljallangan. Oldindan tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko`rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o`zaro teskari aloqa orqali o`qitish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o`tamiz. Masofaviy ta’lim - masofaviy o`qitishga asoslangan ta’lim.

Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va o`qituvchi o`rtasidagi munosabat. Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o`qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi. Keys-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o`quv uslubiy materiallar majmuasi qo`llanishga asoslanadi. TV-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u talabalarga o`quv-metodik ma’lumotlarni televidenie vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan o`rnatishga asoslanadi. Masofaviy o`qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo`lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farqlanadi: - geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); - mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; - kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; - ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo`llanish darajasi; - ta’limda qo`llaniladigan an’analari; - masofaviy o`qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar. Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish -


bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida Masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi - bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar. Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi. Masofadan o‘qitishda odatda ishlayotganlar onalar, o‘qiyotganlar biror mutaxxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o‘qitishda hattoki maxbuslar ham o‘qish imkoniga ega. Masofadan o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoxonalar zarur emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy harajatlar asosan o‘quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o‘quvuslubiy materiallarning sifati masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O‘quv-uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik u o‘quvchiga foydali bo‘ladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo‘lmog‘i zarur. Masofadan o‘qitish nima? Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog‘i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir. Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir: • Darslik
• Audio va video darsliklar • Onlayn darslar (Internet sahifa) • Elektron kutubxonalar • Testlar • Multimedia - elektron darsliklar Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko‘pgina universitetlarda va o‘quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin. Manzilga kirib bu o‘qish talabasi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur. Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog‘liq. O‘qish tartibi quyidagicha: o‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda ko‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzoqara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O‘qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishda aktivlikka rag‘batlantiradi. Masofaviy o‘qitishning kontseptual asoslari Masofaviy o‘qitish tizimi uzluksiz ta’lim tizimida kunduzgi, sirtqi, eksternat o‘qitish tizimlari qatorida ko‘rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarini o‘zida aks ettiradigan shaxsiy yo‘naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalari tomonidan zamonaviy ta’lim tizimlarining barcha shakllari uchun tan olingan. O‘qitish markazida o‘qitish jarayoni emas, talabaning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatidan kelib chiqadigan bilish faoliyati, o‘rganish turadi. O‘qituvchining faoliyati talabalarning mahsuliy faoliyatining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, ta’lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellektual va ma’naviy rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, axborotlar bilan ishlashni o‘rgatishdir.
Yüklə 26,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin