Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 41,25 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü41,25 Kb.
#200580
  1   2   3
Amaliy 2 p


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Axborot tizimlari va texnalogiyalari kafedrasi


Umumiy pedagogika va psixologiya fanidan

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Nazorat prinsiplari. Pedagogik jarayonda bilimlarni nazorat qilish funksiyalari va shakllari

Bajardi: 21-21 guruh
Norqulov Davlat
Tekshirdi: Rashidova G

JIZZAX 2023



Mavzu: Nazorat prinsiplari. Pedagogik jarayonda bilimlarni nazorat qilish funksiyalari va shakllari

Reja:

  1. Ta’lim turlari va shakllari tavsifi. Ta’limni tashkil etish tizimi

  2. Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari

  3. Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari

Ta’lim turlari va shakllari tavsifi. Ta’limni tashkil etish
tizimi
Ma’lumki, hozirgi oliy ta’lim maktablari oldiga turgan vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘quv fanlarining mazmuni, ular mazmunidagi mavzularni o‘qitish metodlari va o‘qitishning tashkiliy shakllari kabi didaktik komponentlarning aniq to‘planishi, ularda sifat va samaradorlik darajasining ta’minlanganliga bog‘liq. Zero, ular yordamida talabalar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, dunyoqarashlari rivojlanadi,o‘quv yurtining ideologik vazifasi bajariladi, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hal etiladi.Talaba shaxsida g‘oyaviysiyosiy, axloqiy-ma’naviy sifatlar tarkib topadi. Biz oldingi mavzularda pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’limning metodlari xususida fikr yuritgan edik. Endi uning tashkiliy shakllarini izohlash malakasini ko‘rib chiqishimiz talab etilmoqda.
Chunonchi, har qanday ta’lim muassasasi kabi, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini davlat talablari darajasida tashkil etmay turib, jamiyat ehtiyojiyuksak ma’naviy–axloqiy salohiyat,yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassisni tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun esa o‘quv ishlarini davr talablari asosida tashkillashtirish, ularning amaliy yo‘nalishini jadallashtirish kerak. Bunga oliy ta’lim maktablari ta’lim–tarbiya jarayoning tashkiliy shakllari yordam ko‘rsatadi.
Xo‘sh ta’limning tashkiliy shakllari deganda nima nazarda tutiladi? U qanday didaktik hodisa? Shakl (lotincha forma-tashqi ko‘rinish, sirtqi qiyofa) ma’nosini anglatib qandaydir mazmunning tashqi ko‘rinishi, qiyofasini ifodalaydi. Fanda ta’lim shakllari deyilgan o‘qitish,o‘qish jarayonoda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tashqi 119 ko‘rinishi qurilishini ifodalovchi didaktik hodisa tushuniladi. Prafessor T.A.Ilina ta’kidlaganidek (u yoki bu) tashkiliy shakl o‘qitishning turli jamoaviy va individual ko‘rinishini hamda o‘quvchilarning turli darajadagi mustaqilligini va o‘qituvchilarning ta’lim oluvchilar o‘qishiga rahbarlik qilishini o‘qitiishini ifodalaydi1 .
Demak, oliy ta’limda pedagog va talaba o‘quv munosabatlari o‘qitish- o‘qish faoliyatining tashqi ko‘rinishini ifodalashi –ta’limning tashkiliy shakllari deb yuritiladi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘z taraqqiyotida turli tuman o‘qitish shakllarini kasb etdi, ularning ayrimlari o‘z qimmatini yo‘qotmay takomillashib borgan bo‘lsa, boshqalari keng tarqalib asta sekinlik bilan o‘z qimmatini yo‘qotib tarixga aylanib qoldi. Ta’limni tashkil qilishning tashkiliy shakllaridan individual o‘qitish bo‘lib bir o‘qituvchi yakka o‘quvchi bilan o‘qitish shularini olib borgan. Jamiyat talablarining o‘sib borishi natijasida o‘qitishning individual- guruhiy shakli paydo bo‘lib, o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan guruh uchun alohida o‘quvchi bilan o‘qitish ishini olib borgan, bunda ko‘proq o‘quvchining topshiriqlarni mustaqil bajarishi amalga oshgan. Induvidual-guruhiy o‘qitish ishlarining taraqqiyoti sinf-dars tizimining yaratilishiga asos bo‘lgan.
Bu ta’lim tizimi aniq yoshdagi o‘quvchilar tarkibiga, aniq vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulot olib brogan. Uning nomi dars uslubi deyilgan, bu tizimning asoschisi va targ‘ibotchisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy edi ( XVII asr). XVIII oxiri XIX-asr boshlarida paydo bo‘lib,keng tarqalgan o‘qitish shakllaridan biri o‘zaro o‘qitish (Bell-Lankaster tizimi )bo‘ldi. Bunda o‘qitish ishlari katta tarkibga ega bo‘lgan, o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirish mavqeini egallagan o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotlarni olib borishi bilan xarakterlanadi.
O‘quvchilarning ko‘proq mustaqil bilim olishlarini ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH maktablarida qollanilgan Dalton – reja o‘qitish shakli hisblanadi. Bunda o‘quv mashg‘uloti yakka ko‘rinishda va individual holda kabinetlarda, laboratoriyalarda, kutubxonalarda maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirildi.
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha o‘zining qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim muasasalarida keng qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi. Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. -Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar sinflarini (guruhini) tashkil etadi. - Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi. -Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. - O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi. Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun talablarni amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga binoan oliy maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy etilgan1 . Shu o‘rinda e’tirof etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda: a) An’anaviy yondashuv- o‘qitish, tarbiyalash o‘qish jarayonlarda pedagogik subyekt sifatida faoliyat yuritadi va yetakchilik mavqeida bo‘ladi, talabalar esa “obyekt” tarzida ishtirok etib passiv tinglovchi rolini bajaradi. Ilmiy-nazariy ma’lumotlarni yetkazib berish, ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, bilim ko‘nikma malaka darajalarini baholash pedagog tomonidan amalga oshiriladi. Talabaning mustaqilligi, tashabusi e’tibordan chetda qolgan. Bunday o‘qitish ishlari shakllariga- ma’ruza, seminar, laboratoriya, o‘quv ekskursiyasi, o‘quv konferensiyasi, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, amaliyot (pedagogik) kiradi.
b) Noan’anaviy yondashuv- ta’lim tarbiya jarayonida pedagog va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan,ta’lim oluvchilarning fikrlash qobilyati, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan, o‘quv mashg‘ulotining noan’anaviy (odatdan tashqari, belgilanmagan) tuzilishini ifodalaydigan o‘quv ishlarini shakli. Bunday mashg‘ulotlarga hamkorlikda ishlash darslari, musobaqa-tanlov darslari, mukammallashgan darslar, auksion darslar, matbuot yangiliklari darsi, dialog darslari, binary darslar, sinov darslar, baxtli voqea o‘yin darslari, ijodiy hisobot darslari, “Eud” darslari, baholash va qiyoslash darslari kabilarni kiritish mumkin.
v) Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari yoki texnologik yondashuv- ta’lim tarbiya markaziga talaba shaxsi qo‘yilgan, uning aqliy qobilyatlarini rivojlantirish, tabiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda shart-sharoitlar yaratishni (G.K.Selevko) nazarda tutgan o‘quv mashg‘ulotlari. Bunday o‘quv mashg‘ulotlarda talaba faoliyati o‘quv tarbiya jarayonida yetakchi o‘rin egallaydi. Ularning faollik, mustaqillik, erkin fikr yuritishlari, tashabuskorliklari qo‘llab quvvatlanadi. Pedagogning faoliyati esa yo‘l yo‘riq ko‘rsatish, zarur bo‘lganda maslahat berish, talabalar xattiharakatini nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘ladi. Bunday mashg‘ulotlarga muammoli o‘qitish, modulli o‘qitish, kichik guruhlarda ishlash,tabaqalashgan, mujassamlashgam, individuallashgan o‘qitish texnologiyalari, rivojlantiruvchi, faol,aqliy hujum, bilts o‘yin va boshqa o‘qitish texnologiyalari kiradi.



Yüklə 41,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin