Informatika fanlarini o‘qitishda o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish texnologiyalariga qo‘yiladigan psixologik-pedagogik talablarni mantiqiy ochib bering!
Informatika fanlarini o‘qitishda faol o‘qitish vositasiga nimalar kiradi? Fikringizni bayon etib, izohlab bering!
Informatika darslarida o‘quvchilar faolligini ta’minlash uchun qanday talablar bajarilishi kerak deb o‘ylaysiz?
Informatikadan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishdan maqsad nima? Fikringizni izohlab bering!
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish vositalarini mazmunan ochib bering!
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi qanday talablarni amalga oshirishi kerak?
Informatika fanlarini o‘qitishda o‘quvchini o‘zini-o‘zi rivojlantirishiga qanday erishish mumkin? Javobingizni izohlab bering!
7-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi texnologiyalar Reja
7.1. Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim
7.2.Informatika fanlarini o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari
7.3. Rivojlantirish ta’lim texnologiyalarga qo‘yiladigan talablar
7.1.Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim.Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. L.S.Vigotskiy aytganidek, “Bilim ta’lim berishning oxirgi natijasi bo‘lmasdan, o‘quvchining rivojlantirish vositasi hamdir”