N. A. Kayumova


Informatika fanlarini o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə29/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

7.2. Informatika fanlarini o‘qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari. Pedagogikada tanqidiy tafakkur ni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va CH Templlar tomonidan taklif etilib, “tanqidiy tafakkur” atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi [48].
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o‘quvchilarda o‘quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig‘ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to‘g‘ri-noto‘g‘ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o‘quvchilar kundalik turmushda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.
Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammoni yechish bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasida mavzuga mos qandaydir muammoni vujudga keltirish, muammoli topshiriq yoki savollar berish kerak bo‘lib, o‘quvchining faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Masalan, o‘qituvchi chiziqli dasturga doir bitta masala dasturini tuzish yo‘liga ko‘rsatma bersa, o‘quvchi shu dasturni tuzib shunga o‘xshash masalalarni o‘zi izlab topishi, uning dasturini tuzib, yechimni olishi va yechimni masaladagi o‘zgaruvchi o‘rniga qo‘yib to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘z qarorlarini chiqarishini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Misol. Jamiyatni kompyuterlashtirishning ijobiy va salbiy tomonlarini quyidagi jadvalga to‘ldiring!


Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin