N. A. Kayumova


-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə32/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

8-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar
Reja

    1. Мультимедиали технологиялар ва уларнинг турлари

    2. Мультимедиали технологиялардан фойдаланиш имкониятлари

    3. Мультимедиали технологиялар ўқув машғулотлари самарадорлигини оширувчи восита сифатида

8.1.Multimediali texnologiyalar va ularning turlari. Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi. Ular: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz kabilardir [39].


Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik bo‘lib, axborot muhitida ishlayotgan foydalanuvchiga, o‘quvchiga yuqori darajada ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatining mavjudligidir.
Multimedia–bu bir necha ma’lumotlarni taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham [39].
Multimediali ilovalar bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi
Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi.
Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
Multimedia ilovalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
• prezentatsiyalar;
animatsion roliklar;
• o‘yinlar;
• videoilovalar;
multimediali galeriyalar;
• audioilovalar;
• web uchun ilovalar va h.k.lar.
Quyidagi jadvalda multimedia ilovalari haqida asosiy tushunchalar va ularning ko‘rinishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan (8.1-жадвал).




Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin