N. A. Kayumova


Multimediali texnologiyalar o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə35/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

Multimediali texnologiyalar o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshiruvchi vosita sifatida. Bugungi kunda deyarli barcha fanlardan multimediali texnologiya asosida ilovalar yaratilib, ular ta’lim jarayonida an’anaviy o‘quv materiallaridan ko‘ra samaraliroq ekanligi o‘z isbotini topmoqda. Shu jihatdan ta’lim samaradorligini oshirishda uning quyidagi afzalliklarini ko‘rsatish mumkin [29,31]:

  • dars o‘tishda ma’ruzachining o‘quv materialini tushuntirishining soddalashtirilishi;

  • o‘quv jarayonida original o‘rnida modellashtirilgan obyektlarni kuzatish mumkinligi;

  • o‘rganilayotgan materialning takroriy holda berish imkoniyatining mavjudligi;

  • o‘quvchilarning darsda o‘zlashtirish darajasining yuqori bo‘lishi;

  • virtual stendlar yordamida amaliy-laboratoriya ishlarining bajarishga zamin yaratilishi;

  • virtual stendlar maxsus, jihozlangan xona talab etmasligi;

  • o‘quv jarayonini video va animatsiyalar bilan boyitib borish natijada o‘quvchilarning darsga qiziqishining uyg‘otilishi;

  • ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;

  • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr-qimmatini tan olish;

  • ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • o‘quvchilar bilimini yakka tartibda nazorat qilish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

    Multimediali texnologiyalarini tashkil etuvchi vositalarning birlashishi o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan ma’lumot qabul qilishning yangi sifat darajasini ta’minlaydi, o‘quvchi passiv ravishda unga mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham.
    Multimedia texnologiyalari asosida multimediali elektron ta’lim resurslari yaratilib, undan foydalanish samaradorligi haqida tadqiqotchi olimlar o‘z fikr mulohazalarini yoritib berganlar [32,33,62,63,88].

    Yüklə 3,81 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin