Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma ishlarida yo’l qo’yadigan xatolari ustida ishlash
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………….2
I BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari, ular ustida ishlash
1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari ………………………………………………………...……………….....6
1.2. Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash ……...……….…15
II BOB. O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari
2.1. O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari…………..19
2.2. Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari……..…………………………………………………………….…....23
Xulosa ………………………………………………………………………...……28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………...….32Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma ishlarida yo’l qo’yadigan xatolari ustida ishlash.
Reja:
Kirish
I.Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari, ular ustida ishlash.
1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari.
1.2.Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash.
II.Bob.O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari
2.1. O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari
2.2Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
Mundarija
1
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o’zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o’z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo’lga kiritishga urinmoqdalar.
XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini
2
o’ta ma’suliyatli munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldidao‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek: «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»1Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bog’liq edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi»2degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir.
O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktron darsliklar, vеrsiyalar va multimеdiyalardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdin mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz»,3- dеgan edi. Bunday ulug’ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar «Barkamol avlod yili» Davlat dasturuda ham bеlgilab bеrildi.
3Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo’yilgan muhum vazifalardir.
Shuning uchun ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo’yilgan talablardan biridir. Chunki pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson va qiziqib o’rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va mеxanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o‘zgartirish, rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma ishlarida yo’l qo’yadigan xatolari ustida ishlashning samarali usullarini qo’llashdan iboratdi.
Kurs ishing vazifalari:
— grafik xatolar: harf elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib qoldirish, ularning o‘rinlarini almashtirib qo‘yishni bartaraf etish;
— so‘z o‘zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish;
— so‘z va shakl yasovchi qo‘shimchalarni xato yozishni bartaraf etishga o’rgatish;
— bo‘g‘in ko‘chirishdagi xatolarni bartaraf etishga o’rgatish;
— bosh harflarni qo‘llashdagi xatolarni bartaraf etishga o’rgatish;
— shevaga oid xatolarni bartaraf etishga o’rgatish.
Kurs ishing amaliy ahamiyati:Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozma ishlarida yo’l qo’yadigan xatolari ustida ishlashning shakl va vositalari, ta’lim berishda o’quvchilarining yozma ishlarida yo’l qo’yadigan xatolari ustida ishlashda to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, ilmiy asoslash va amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi
5
I.Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqishi
1.1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari.
Yozuvga o`rgatish murakkab jarayon bo`lib, u o`quvchining xarakteriga , kayfiy genik imkoniyatiga bog`liq bo`lgan psixolinistik jarayon sanaladi. Maktabga endigina kelgan bolalarni yozuvga o`rgatish nihoyatda qiyin
kechadi. Shuningdek , bolalarni yozuvga o`rgatish bevosita o`qishga o`rgatish bevosita o`qishga o`rgatish jarayoni bilan bo`g`lab olib boriladi.
Yozuvga o`rgatish jismoniy va aqliy mehnat talab etadigan og`ir jarayon hisoblanadi. Yozuvga o`rgatish jarayoni o`qituvchilar zimmasiga qator mas`uliyat yuklay di.
Texnik shartlarga qo`yudagilar kiradi:di o`qituvchi bu jarayonda o`quvchilarning grafik va orfografik kunikmalarini yaxshi rivojlantirishga harakat qilmog`I lozim. Grafik malakalari yaxshi rivojlanmagan o`quvchilar yozuv jarayonida tovushni harfga aylantirish, harfni yozish, ularni bir – biriga ulashda keragidan ortiq vaqt sarflaydilar. Grafik malakalarsiz to`g`ri yozuvlar bo`lishi mumkin emas. Bola qanchalik chiroyli yozsa, undagi yangi narsalarni o`zlashtirishga qiziqish ortadi. O`z ichiga sinchkovlik va diqqat bilan qaraydi, yozuvini kuzatib boradi. Yozuvni dastlabki vaqtlarda grafik jihatdangina kuzatsa, keyinchalik orfografik jihatdan ham kuzata boshlaydi.
O`quvchilarni yozuvga o`rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog`liq bo`lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin.
Texnik shartlar
2. Ta`limiy shartlar
Sinf jihozlarinining ketma – ketligi.
Sinf xonasining talab darajasiga yoritilishi.
Partad a o`quvchining to`g`ri o`tirishi
Ruchkani to`g`ri ushlashi.
Daftarni 65 % qiyalikda ishlash.
6
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga so’zlarda harflarni to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Daftar chiziqlari birin ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ish olib borish lozim . Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir- biriga o’xshash harflarni shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga e’tibor berish zaryr. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda o’quvchilar oldiga qator vazifalar qo’yadi. “Chiroyli yozuvga o’rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xos qoidalarini ham o’z ichiga oladi”4.
Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko’rgazmalilik, yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining maqad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yozuvga - husnixatga o’rgatishning vazifasi harfni, so’z va gapni kitobdan va xattaxtadan to’g’ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko’chirib yozish, yozganlarni tekshira olish va yo’l qo’ygan kamchilik va xatolarini o’qituvchi rahbarligida yoki o’zi tuzata olishi kerak.
Har bir o’quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir- biriga nisbatini, balandligini qiyaligini avtoruchkani ushlash va to’g’ri o’tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim.
Ma`lumki o`quvchilarning yozish sur`ati bir xil bo`lmaydi. Lekin shunga qaramasdan butun o`quvchilarning yozish tezligini barobarlash chor - tadbirlarini belgilash, bir darsda yoziladigan material miqdorini aniqlab olish mumkin.
4.G’ulomova X, Mamatova G, Yo’ldosheva Sh, H.Boqiyeva, A.Sobirova.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi. T.: “O’qituvchi” 2007. 9-10 bet.
7
Ma`lumki o`quvchilarning yozish sur`ati bir xil bo`lmaydi. Lekin shunga qaramasdan butun o`quvchilarning yozish tezligini barobarlash chor - tadbirlarini belgilash, bir darsda yoziladigan material miqdorini aniqlab olish mumkin.Oquvchilar barmoq muskullarining erkin harakatlanishini rivojlantiruvchi mashqlarini doimiy ravishda o`tkazib turish han yozuvga o`rgatishning ta`limiy vositalaridan biri ko`rgazmalilidir. Ko`rgazmalilik 2 xil bo`ladi:
Ko`rgazmali tasvir.
Ko`rgazmali harakat.
Ko`rgazmali tasvir - bu oqituvchi tomonidan birorta harfning yozma shakli ifodalangan bo`lsa, shu shakl kichik hajmda , har bir o`quvchining partasiga beriladi. O`quvchilarning o`zlari harfning yozma shaklini ko`rib, daftarlariga yozadilar. Ammo bunday ko`rgazmalarni tayorlashda ortiqcha bezak larga o`rin bermaslik lozim. Bu ularni diqqatini chalg`itishi mumkin.
Ko`rgazmali harakat o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi,bunda o`qituvchi har bir harfning yozilish shaklini doskada ko`rsatib izohlaydi. Ko`rgazmali harakatning to`g`ri bo`lishi uchun, avvalo o`qituvchining o`zi chiroyli yozuv qoidalarini, ya`ni
har bir harfning yozishni nazariy qoidalarigina emas, balki amaliy yozilishini ham o`zlashtirgan bo`lishi lozim.
Savod o`rgatish davrida husnixat mashg`ulotlari katta o`rin va ahamiyat egallaydi. Savod o`rgatish uchun ajratilgan 140 soatdan tashqari umumta`lim o`rta maktablarning birinchi sinfida husnixat ta`limi uchun 21 soat ajratilgan . Bularning 4 soati alifbogacha bo`lgan (tayyorgarlik) davriga, to`g`ri keladi. 2 – sinfda 23 soat ajratilgan. Alfavitning harflari yozish harakati alomatlariga ko`ra ba`zan bir – birini takrorlaydilar. Masalan, o, o`, e, u, v, g, g`, q.
,,Alifbe’’ ning ba`zi sahifalarida o`xshash unsurli harflarga doir rasmlar , yoki tasvirlar keltiriladiki , biron jihatdan u yoki bu harflar silsilasiga o`xshaydi.
8
Ta`kidlab o`tish lozimki, ushbu rasmlar alohida shaklga ega emas, balki umumiy tasvirlardan ajratib olinadi va o`quvchilar o`qituvchilari yordamida uni rangli qalamlar bilan chizadilar. Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo`lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan. Bu soatlar qo`yidagi talablar va qoidalarni o`quvchilarga tushuntirish uchun ajratiladi:
partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish;
barmoqlar mashqi;
yozuv qurollari- oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftar, husnixat daftari haqida ma`lumot berish;
qalamni to`g`ri ushlash;
to`g`ri, egri, changakli, yarim doira, doira shakli , zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.
Ko`rinadiki, o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
Sharikli va peroli avtoruchkalar bilan yozish malakasini shakllantirish
Ayni damda eng ko`p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli ( ravon yozadigan) ruchkalar bo`lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o`quvchilarning bir xil tipdagi avtoruchkadan foydalanishi katta ahamiyatga
egadir. Chunki sharikli va prolix ruchkalar qo`lda bir xil ushlanmaydi. Ular varaq sathiga nisbatan turli xil qiyalikda ishlatiladi. Peroli ruchka bilan ishlayotganda u varaq sathiga nisbatan 35% - 45% qiyalikda, agar sharikli ruchka bilan yozayotganda 50o- 60oqiyalikda ishlatiladi(3- rasm) . Bu avtoruchkalarga qarash va va ularni yozishga shaylashga ham har xil talab qo`yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi avtoruchkalardan foydalanish qat`iy talab qilib qo`yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri peroli, biri sharikli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi.
9
,,Beh ravon’’ tipdagi sharikli ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
U birinchi ishlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega. Uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko`p, to`rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlaribulg`anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan holi emas:
Sharikli ruchka ko`p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog`og`ozga yaxshi yozmaydi. Oquvchilar hamma vaqt o`z oldida bir dona toza varaq yo bosqich saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga , varaq va qo`lni bulg`amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko`p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik emirilib, rang to`playdi. Agar u tozalab turilmasa, hammayoqni bulg`ashi tabiiy hol.
Sharikli ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko`p kuch ishlatilishning hojati yo`q. Shuning uchun bolalarga sharikli ruchka bilan yozishni o`rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim.
Chunki bola bossa, perosi sinishi mumkin. Sharikli ruchka bilan yozish jarayoni oldin o`quvchilarga aniq ko`rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqqa ushlash lozim. Katta ko`rsatkich va o`rta, katta va o`rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko`rsatkich barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi.
Bola maktabga kelgan kunidan boshlab o`qituvchi ruchkani to`g`ri ushlashni o`rgatish lozim. Shuningdek, ruchkani maxsus ruchka saqlanadigan qutichalarga saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o`tish kerak. Ta`kidlash joizki, peroli ruchkaning uchi yuqoriga, shariklini uchi pastga qilib saqlanadi. Aks holda ularning rangi tukiladi.
Birinchi kuni yozishdan oldin butun sinf birgalikda o`qituvchi rahbarligida ruchkani tuzilishi bilan tanishadilar: uning qalpog`ini ochib, burab pastasini chiqaradilar, ya`ni ruchkani qismlarga bo`lib, yana qayta sozlaydilar.
10
Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish yo`llari.Yozishga o`rgatishning birinchi kunlaridayoq o`qituvchi oldida o`quvchilarni qiya yozish malakasini shakllantirish vazifasi turadi. Yozuv daftarlarida qiya qatorlar yo`q. Bular kerak ham emas, chunki bu ko`nikmalar asta - sekin mashqlar jarayonida shakllanib mustahkamlanib borishi kerak . Qiya yozish qog`oz holatiga ham bog`liq. Agar qog`oz kerakli holatda qo`yilgan bo`lsa , yozuv o`z – o`zidan qiya bo`laveradi va yozish jarayoni ozod va oson kechadi.
Yozuv qiyaligi 65oni tashkil qilishi kerak. Bu hamma yerda qo`llanadigan umumiy qoidadir. Birinchi navbatda o`qituvchining o`zi qiya yozishdan maqsad, uning ahamiyati va mohiyatini tushunib olmog`i lozim. Daftar odatda parta ustida o`ng tomondan 65oqiyalikda qoyilishi lozim.
Savod o`rgatish juda muhim mas`uliyatli va ayni vaqtda o`quvchining esida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr hisoblanadi.Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar o`quvchi tomonidan muvaffaqiyatli o`zlashtirilib olinishi ham bevosita yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarning qay darajada rivojlanganligiga bog`liq. Shuning uchun ham yoshlarni o`qitish va ularni hayotga tayorlashda savod o`rgatish mashg`ulotlariga alohida e`tibor beriladi.
O`quvchilar bilan grammatik o`yinlar uyushtirilar ekan , ularga barcha o`quvchilarni to`g`ri va chiroyli yozuvda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yadigan o`quvchilarni ko`proq jalb qilish kerak . Savod o`rgatish davrida qo`llaniladigan grammatik o`yin turini tanlashda sinf o`quvchilarning hususiyatlari, qiziqish va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. “Respublikamiz maktablarida mehnat qilayotgan ilg`or boshlang`ich sinf o`qituvchilari birinchi sinf o`quvchilarini savodga o`rgatish jarayonida foydalanish uchun ko`plab didaktik o`yinlarni ijod qildilar. Ulardan dars jarayonida foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar”4
Boshlang`ich sinf o`quvchilari fonetikadan bir qator bilimlarni egallaydilar. Unli, undosh tovushlarni talaffuz qilish va taqqoslash asosida farqlaydilar. Undosh tovushlarning jarangli va jarangsiz talaffuz etilishi, jufti bor va jufti yo`q jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida amaliy bilim oladilar. Bu borada boshlang`ich sinflarda qo`llaniladigan tekshirish metodi tovushlarning jarangli yoki jarangsiz ekanligini anglab olish imkonini beradi. Bu o`z navbatida to`g`ri yozishda qo`l keladi. Shuningdek bu sinflarda bo`g`in va uning turlari, urg`uli va urg`usiz bo`g`inlar, tovushlarning bir-biriga ta`siri haqida amaliy bilim oladi. Bularning barchasini o`zlashtirib olish bir qator murakkabliklar tug`diradi. Shu tufayli boshlang`ich sinflarda fonetikaga oid didaktik o`yinlardan foydalanish qo`l
keladi.
O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘irlab boorish zaruru. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, iloji bo‘lsa, mana shu xatoning kelib chiqish sabablarini ongli ravishda tushunsin. Boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarning xatosini to‘g‘irlashning eng samarali usuli o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini o‘zi to‘g‘irlashi hisoblanadi, agar o‘quvchi o‘zining xatosini to‘g‘rilay olmasa, u holda o‘qituvchi yordamida o‘quvchi xatosi to‘g‘rilanadi. Xatolar turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi .
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga insho yoki bayonni qanday yozganliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi. O‘quvchilarning yozma ishlaridan eng yaxshi yozilgan insho yoki bayonni olib o‘quvchilarga o‘qib berishi kerak. Bundan maqsad eng yaxshi yozilgan insho yoki bayon namunasida mavzuning qanchalik ochib berilgsnligi, gap va so‘z birikmalarining to‘g‘ri tuzilganligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olganligi va imloviy xatolarga ham e’tibor berilganligi haqida o‘quvchilarga tushuncha berishdir. Eng yaxshi insho yoki bayon namunasi o‘qib berilganidan so‘ng eng xatolarni ko‘p yoki jumlalar, gaplar noto‘g‘ri tuzilgan insho namunasini olamiz va tuzilgan insho namunasini olamiz va o‘quvchilarga noto‘g‘ri tuzilgan jumlani o‘qib beramiz yoki doskaga yozib beramiz. O‘quvchilar o‘zlari mana shu jumladagi xatoni topishadi va to‘g‘ri variantini hammalari birgalikda tuzishadi.
12
Ayrim o‘quvchilar bilan yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari
vaqtda, qo‘shimcha mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. O‘quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo‘lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‘g‘rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.
Nutqiy faoliyat milliy-ma’naviy madaniyatning o‘zida xos tarzda namoyon bo‘lishidir. Chunki har bir xalqda ko‘p asrlik nutq madaniyati me’yorlari asosida fikr ifodalash nozik san’at hisoblanadi.
Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilishda matnni o‘qib uni qayta hikoya qilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Dasrlikda berilgan ertak, hikoyani o‘qib, uni qismlarga ajratib qayta hikoya qilish ham o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, voqealarning ketma-ketligini izchil bayon qilib berishda xotirasining mustahkamlanishida ham o‘rni beqiyosdir. Qayta hikoya qilishda o‘quvchi birinchi navbatda xotirasiga tayanadi va o‘zi gaplar tuzadi. Mana shunda biz o‘quvchilarning nutqiy xatolari ustida ishlab ularni to‘g‘rilashimiz mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq uchraydigani lug‘aviy-uslubiy xatolardir. Bunday xatolarning sodir bo‘lishiga bir qancha sabablar bor:
1.Mahalliy sheva yoki oilaning ta’siri.
2.So‘z boyligi yetarli bo‘lmaganidan bir so‘zni nutqiy parchada qayta-qayta qo‘llash.
3.“Ko‘cha tili”ning ta’siri.
O‘quvchilarning og‘zaki nutqini sinfda va sinfdan tashqari ishlarda barcha fanlar bo‘yicha jiddiy kuzatib bormaslik, gap tuzilmasiga e’tiborsiz qarash.
So‘z ma’nosini yoki ma’nodagi bo‘yoqdorlikni anglamaslik oqibatida so‘zni o‘z o‘rnida ishlata olmaslik.
Adabiy til normalariga e’tibor qilmaydigan o‘qituvchining nutqi.
Hali to‘liq ta’lim-tarbiyaga ega bo‘lmagan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqining shakllanishida bir qancha omillar xizmat qiladi va ularning nutqlari ravon bo‘lishiga aks ta’sir etuvchi omillar ham yo‘q emas.
13
Oila a’zolari qanchalik ravon va adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda so‘zlashsalar, bolaning ham nutqi shunchalik ravon va bexato bo‘ladi. Bolada so‘z boyligining yetishmasligi sababidan nutqiy xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari, ayniqsa, yozma nutqda ko‘p uchraydi. Bunda o‘quvchi bir so‘zni parchadaqayta-qayta qo‘llaydi va o‘z-o‘zidan nutqiy g‘alizlikkelib chiqadi. Bunday xatolarni bartaraf etishda ko‘proq sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari olib borish, lug‘at ustida ishlash va o‘qituvchi dars jarayonida har bir o‘quvchining nutqiga alohida e’tibor berishi samarali natija beradi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarturli xildagi ertak, hikoya, masallar o‘qishadi. Bu ularning dunyoqarashini kengaytiradi, nutqini shalklantiradi va yozma nutqining ham yaxshilanishida yaxshi natija beradi. Yangi hikoya, ertak yoki masaldagi o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bo‘lgan yoki notanish so‘zlar alohida ajratilib, ularning ma’nosi izohlansa o‘quvchilarning so‘z boyligi oshadi va natijada bir so‘zda qayta-qayta foydalaninb nutqiy xatoga yo‘l qo‘yishlari bartaraf etiladi.
Boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibining o‘rgatilishi, otlardagi egalik va kelishik qo‘shimchalarining imlo qoidalari asosida berilishi, gap bo‘laklari, gapda
14
Dostları ilə paylaş: |