I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili darslarida xatolarining kelib chiqish sabablari, ular ustida ishlash


«Rasmlar so‘zlaganda usulidan foydalanish



Yüklə 91,92 Kb.
səhifə4/4
tarix21.12.2023
ölçüsü91,92 Kb.
#187958
1   2   3   4
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

 «Rasmlar so‘zlaganda usulidan foydalanish mumkin.

O‘qituvchi monitorda yozilishi va aytilishi murakkab bo‘lgan narsa-buyumlar- ning rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa ularning nomini daftarlariga to‘g‘ri yozishga harakat qilishadi. Rasmlarning barchasi ko‘rsatib va yozilib bo‘lingach, so‘zlarning to‘g‘ri yozilgan shakli monitorda navbat bilan namoyish etiladi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘z xatolarini to‘g‘rilashadi. Mazkur usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin.18

II.Bob.O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari

2.1.O’quvchilar yozma ishlarida uchraydigan xatolari, ularning turlari

Nutqiy xatolarga noto‘g‘ri (noo‘rin) tanlangan so'zlar, noto'g'ri tuzilgan gapiar, morfologik shakllarni noto'g'ri ishlatish kiradi. Boshlang'ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to'g'rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy m a’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi. Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologikuslubiy, sintaktik-uslubiy. Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi.

Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 1. Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e ’tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonim lam i bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. Agar o'qituvchi bir so'zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning m a’nodoshlaridan yoki shu so'z o'rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'quvchi matnni e ’tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. 2. So'zning m a ’nosini yoki m a ’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq m a ’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. 3. Shevaga xos so'zlardan foydalanish. O'quvchilar bunday so'zlarni ota-onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta’sirida qo'llaydilar. Ularda adabiy tilda qo'llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so'zlarni ishlatmaslik ko'nikmasi hosil qilinadi. Leksik xatolar xilm a-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, am m o bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo‘li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o'qilgan va qayta

19


hikoya qilingan matnni til tom ondan tahlil qilish, matndagi so'zlam ing m a’no

qirrasini tushuntirishdir. M oifologik-uslubiy xatolarga so'z shaklini, so‘z o'zgartuvchi va so ‘z yasovchi qo'shim chalam i noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Sintaktik-uslubiy xatolarga so'z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga m os kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida o'quvchilar kuzatish, material to'plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko'z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo'l qo'yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to'liq qamrab ololmaslik, materialni o'z o'rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko'nikmasi murakkab ko'nikma bo'lib, u o'quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. Mantiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo'lgan so'z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, amm o ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, am m o tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etmay qoladi. 2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Z a v o d d a p a x t a d a n ip y ig ir ilc id i. T e r i m c h i p a x t a n i p a x t a t e r is h m a s h i n a s i d a t e r a d i .

O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ulam ing turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ulaming oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:

1 ) nutqqa oid xatolarni o'quvchilar daftarida to'g'rilash;

2 ) sinf o'quvchilari uchun um um iy bo'lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15—20 daqiqalik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi,

20

3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to‘g ‘rilash;



4) yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan uslubiy mashqlar tizimi (o'qish va grammatika darslarida matnni til tom onidan tahlil qilish o'quvchilar yo'l qo'ygan xato ustida ishlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi);

5) o'quvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik qurilmalardan foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, insho, bayondan oldin uni til jihatidan mashq qilish;

6 ) imkoni bo'lsa, grammatik mavzu o'rganilayotganda, shu mavzu xatoning oldini olish uchun asos bo'lib xizmat qilishini ko'rsatish — tushuntirish;

7) o'quvchilarni yozgan insho va bayonlarini o'zlari tekshirishiga va mustaqil takomillashtirishi („tahrir qilish“)ga maxsus o'rgatish. K o‘rsatilgan y o ‘nalishlarning hammasi har bir sinf o'quvchilari uchun, ayniqsa, 3- va 4-sinf o'quvchilari uchun muvofiq keladi.

Nutqiy xatolarni to‘g‘rilash. O‘quvchi yo'l qo‘ygan xatosining to'g'ri variantini o'zlashtirsin, imkoni bo'lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to'g'rilashning eng foydali usuli yo'l qo'ygan xatosini o'quvchining o'zi to'g'rilashi hisoblanadi, agar o'quvchi xatosini to'g'rilay olmasa, uni o'qituvchi to'g'rilaydi.

Xato turiga qarab to'g'rilanadi: gap yoki so ‘z birikmasi qayta tuziladi, so'z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so ‘z qo'shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi. Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi — 20—25 daqiqasi ajratiladi. O'qituvchi o'quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan

matnni o'qib beradi.

21

Yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash yo'li tushuntiriladi. Shundan so'ng xato ustida birgalikda ishlanadi: 0 ‘qituvchi y o ‘l qo‘yilgan xatoning bir turini to ‘g ‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: ,,N oo‘rin ishlatilgan so‘zni boshqasi bilan almashtiring“. Xatosi bor matnni o ‘qib yoki yozib beradi, o'quvchilar yo‘l qo'yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so'z bilan almashtirib, uni to‘g ‘rilaydilar va tushuntiradilar. Ayrim o'quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo'shimcha mashg'ulot jarayonida to'g'rilanadi. O'quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jam oa bo'lib ishlash jarayonidagi kabi bolalaming aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to'g'rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.



Grammatikaga oid mavzuni o'rganishda o'quvchilar yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, „Olmosh" mavzusini o'rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so'zlar o'm ida qanday ishlatilishi o'quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.

O'quvchilaming og'zaki va yozm a nutqini o'stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog'liq: 1 ) so'zga e ’tibor bilan munosabatda bo'lish, o'quvchilam ing ko'p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to'g'ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit; 2 ) bolalaming nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; 3) nutq o'stirishda o'qituvchining til nazariyasiga, grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko'nikmasi.

22

2.2.Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.



Diktantda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e’tibor bilan qaraydi. Biroq bu «ko‘zdan kechirish» keyingi gal o‘quvchining shu so‘zni xatosiz yozishiga asos bo‘lolmaydi. Xo‘sh, shunday ekan, «Xatolar ustida ishlash» soatlari qanday tashkil qilinsa, bola shu xatoni keyingi gal takror­lamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish mumkin.

Diktantda yo‘l qo‘yilgan xato o‘quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham o‘sha so‘zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo‘lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo‘rqib yurgan o‘quvchi ham so‘zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo‘lib kelgan. Shu bois, u pedago­gikada hal etilishi shart bo‘lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Yozuv daftari bilan ishlash jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar uch xil yo’nalishda bo’ladi: 1. Grafik bilimlar. 2. Grammatik

bilimlar. 3. Imloviy bilimlar.

Yozuv daftari asosida beriladigan grafik bilimlar: har bir harfning yozma kichik va bosh shaklini yakka holda yozish va o`zidan keyingi va oldingi harflarga ulash ko’nikmasi yozishga o’rgatish jarayonida hosil qilinadi.

To’g’ri hosil qilingan grafik malakalar esa boshlng’ich sinf o’quvchilarining imloni o’zlashtirishlariga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Chunki yozish malakasini egallamagan o’quvchida boshqa bilimlarni o’zlashtirishga havas bo’lmaydi. Shu sabali har bir o’quvchi avvalo yozuvning elementar talablariga e`tabor berib, bolaga yozuvda ichki ehtiyoj, qiziqish hosil qilishi lozim. Aslida grafik Grammatik, imloviy bilimlar har paytda hosil qilinadigan

23

, bir –biri bilan uzviy bog`liq hodisalardir. O’qituvchi shuni nazarda tutib



darsda uyushtiradigan ish turlarini izchil amalga oshirish lozim.

Yozuv darsida o’tkaziladigan diktantlar materialiga ko’ra harfiy diktant, bo’g’in diktanti, so’z diktanti, gap diktanti turlariga ajratiladi.

I.Harfiy diktant. Bu diktant yozilishi o’rganilgan harflar yuzasidan o’tkaziladi. Dastlabki soatlarda bo’sh qatorlarga 1- 2 yoki 3-4 ta harf yozdirish bilan cheklanadi, keyinchalik esa qator to`ldirib yoziladi. Bunda harf shaklini to’gri yozishlariga, chiziqlar orasiga to’g’ri joylashtirishlariga , oralariga teng masofa (bir katak) qoldirishlariga diqqat qaratiladi:

Oo Oo Oo Oo Aa Aa

Kk Kk Uu Uu Nn Nn

II. Bo’g’in diktant.Bunda alifbe darslarida o’qib o’rganilgan, yozuv darslariga yozilishi mashq qilingan bog’inlar tanlanadi, ular tovush harf jihatdan tahlil qilinadi. Oldingi va keyingi tovushlar, ularni ifodalovchi harflar, ularning ulanishi og’zaki tushuntiriladi. So’ng yozishga ruxsat beriladi.

Bog’in diktant darsdan darsga murakkablashtirilib boriladi. Masalan, 1- bo’g’in diktant unli + undosh, undosh + unli tuzilishida bo’lsa, keyinchalik undosh + unli + undosh tuzilishida murakkablashtirilib boriladi. O’qituvchi har darsda yozdiradigan bo’g’inlarni qat`iy belgilab olishi zarur.

Lo la lu le li lo’ lin

To tu to’ te ti ta tut til

III. So’z diktant.So’z diktant ham alibbe darslarida o`qilishi o’rganilgan va yozuv darslarif\ga yozilishi mashq qilinganso’zlar asosida o’tkaziladi. Bunda to’g’ri yozuvni ta`minlash uchunbo’g’in tovush, tovush harf - harf tahlili uyushtiriladi. So’z diktantda so’z tarkibining to’g’ri shaklini o’rgatib borishdan tashqari, atoqli otlarni bosh harf bilan boshlashni, qolgan so’zlarni kichik harflar bilan yozish, so’zlar orasiga vergul qo’yish kabilar o’rgatib boriladi.

Nodir, Po’ljan, paxta, soat. Vatan salom, tutun, tilla

24

IV Gap diktant. Bu diktantda oldingi darsda yozilishi o’rganilgan material sifatida aynan olinmaydi. Undagi so’zlar aynan saqlangani holda bir oz o’zgartiriladi. Dastlab ikki so’zli, so’ng 3-4 so’zli darak gap tanlanadi. Bu miqdor sinf o’quvchilarining iqtidoriga bog’liq holda o’zgartiriladi:



Oltin olma, duo ol.

Bulbul chamanni sevar odam - Vatanni

Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.

Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini tashkil etish jarayonida maxsus

ishlab chiqilgan metod va usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Maxsus metodlar deganda didaktik o`yinlar, innovasion texnologiyalar, modulli o`qitish texnologiyasi va boshqalar misol bo`ladi.

Didaktik o‘yinlaming boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat’iyligidir. Didaktik o‘yinlaming tarkibiy komponentlari quyidagilar: o‘yin mantiqi, o‘yinning harakati, o‘yin qoidasi.

0‘yin ha­rakati jarayonida o‘quvchilaming bilish faolligini oshirishga, o‘quvchilaming o‘z qobiliyatini namoyon qilishiga, о‘yin maqsadiga erishish uchun o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashga im- koniyat yaratiladi.

Didaktik o‘yinlaming hamma tarkibiy komponetlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ulardan birortasining bo‘lmasligi mumkin emas.

Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalami o‘qitish va tarbiyalashda didaktik o‘yinlardan keng foydalanish an’analari o‘qituvchilaming amaliy tajribalari va olimlaming ishlarida rivojlan- tirildi.

Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan o‘yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o‘yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishi, uning atrof-tevarak haqi- dagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o‘stirishini ta’kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi о‘yin uni tengdoshariga yaqinlashtiradi.

Bolalar tarbiyasida didaktik o‘yinlardan ikki yo‘nalshda: barka- mol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda foydalaniladi. 0‘yin o‘quvchi faoliyatining

25

shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda foydalaniladi. 0‘yin o‘quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. 0‘yin - muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo‘lib, unda o‘quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof-olam haqidagi tasawurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchining turli-tuman qo- biliyatlari, idroki, nutqi va diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.



Didaktik o‘yinlami uch turga ajratish mumkin: og‘zaki, so‘zlar yordamida o‘ynaladigan o‘yinlar, o‘yin mashg‘ulotlari, mashq (hara- katli) o‘yinlar.

Didaktik o‘yinlar uchun o‘yin g‘oyasi va o‘yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish jarayonida o‘yin maz­muni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi o‘yin ta’sirini amalga oshirish va о‘yin vazifasini qo‘llashga yordam beradi. Qoidani ba­jarish jarayonida о‘yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi.

Didaktik o‘yinda o‘quvchi qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.

Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq uchraydigani lug‘aviy-uslubiy xatolardir. Bunday xatolarning sodir bo‘lishiga bir qancha sabablar bor:


Mahalliy sheva yoki oilaning ta’siri.


So‘z boyligi yetarli bo‘lmaganidan bir so‘zni nutqiy parchada qayta-qayta qo‘llash.


“Ko‘cha tili”ning ta’siri.


O‘quvchilarning og‘zaki nutqini sinfda va sinfdan tashqari ishlarda

barcha fanlar bo‘yicha jiddiy kuzatib bormaslik, gap tuzilmasiga e’tiborsiz qarash.

So‘z ma’nosini yoki ma’nodagi bo‘yoqdorlikni anglamaslik oqibatida so‘zni o‘z o‘rnida ishlata olmaslik.


Adabiy til normalariga e’tibor qilmaydigan o‘qituvchining nutqi


Hali to‘liq ta’lim-tarbiyaga ega bo‘lmagan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqining shakllanishida bir qancha omillar xizmat qiladi va ularning nutqlari ravon bo‘lishiga aks ta’sir etuvchi omillar ham yo‘q emas. Ya’ni kundalik hayotimizda, oila davrasida o‘zaro muloqot jarayonida so‘zlardan tog‘ri foydalanmaslik va shevaga xos so‘zlardan ko‘proq foydalanish

26

bolaning nutqi shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Oila a’zolari qanchalik ravon va adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda so‘zlashsalar, bolaning ham nutqi shunchalik ravon va bexato bo‘ladi. Bolada so‘z boyligining yetishmasligi sababidan nutqiy xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari, ayniqsa, yozma nutqda ko‘p uchraydi.



Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchilar nutqida kuzatiladigan xatolarga bee’tibor qarash kelajakda o‘quvchilar nutqiy madaniyatida yuzaga keladigan katta kamchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan talab qilinadigan vazifalardan biri esa aynan o‘quvchilarning nutqida kuzatilinadigan kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etishdir.

27

XULOSA



Оnа tili bоshlаng’ich sinflаrdа аsоsiy o’quv prеdmеti hisоblаnаdi. Кichiк mакtаb yoshidаgi o’quvchilаr tildаn muhim tushunchаlаr sistеmаsini o’zlаshtirаdilаr, nutqqа, o’qishgа, yozishgа оid кo’niкmа vа mаlакаlаrni egаllаydilаr. Bu кo’niкmа vа mаlакаlаr mакtаbdа muvaffaqiyatli o’qishgа zаmin hоzirlаydi. Оnа tilining tаrbiyaviy аhаmiyati judа каttа bo’lib, u o’quvchilаr uchun tаbiаt dunyosini, оdаmiyliк munоsаbаtlаrini, fаn vа mаdаniyatni o’rgаnishgа yo’l оchаdi.Оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi mustаqil pеdаgоgik fаndir. Hоzirgi zаmоn o’qituvchisi hаr tоmоnlаmа кеng bilimli bo’lishi, ya`ni аdаbiy til nоrmаlаrini egаllаshi, bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tilidаn оlib bоrilаdigаn ishlаr mаzmuni vа sistеmаsini, dаsturini yaхshi bilishi, оnа tili o’rgаtishning nаzаriy аsоslаrini vа tа`lim prinцiplаrini o’zlаshtirishi o’quv ishlаrining аsоsiy usullаrini оlishi vа uni o’z ish tаjribаsidа tаtbiq qilаоlishi, mеtоdiкаning fаn sifаtidа rivоjlаnishining аsоsiy yo’nаlishlаrini, кеyingi yillаrdа bоshlаng’ich tа`lim оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi sоhаsidа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrni vа hаl qilinishi lоzim bo’lgаn muаmmоlаrni tushunib bоrishi lоzim. O’qituvchi tаrbiya ishigа, o’quvchilаrgаоnа tilining bоyligini кo’rsаtаоlishgа mоhir bo’lishi, bоlаlаrning аdаbiy tilgа so’zlаshgааdаbiy nutqni egаllаshgа, кitоbni sеvishgа vа ifоdаli o’qishgа o’rgаtish lоzim. Fаnning аsоsiy bo’limlаri vа ulаrdа o’rgаnilаdigаn muаmmоlаr.

Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda

28

Tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir.



Boshlang’ich sinf savod o’rgatish darslarida o’quvchilarning asosiy imloviy bilimlarini oshirish, tahlil usullari, ya’ni ko’chirib yozuv, diktant tahlili, leksik-orfografik, mofologik-orfografik, leksik-sintaktik, analitek-sintetik, sintaktik-orfografik tahlil tularining ifodalanishidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, demak tahlilning barcha turlari imloviy tur bilan bog’likligi ayon bo’ldi. Shuning uchun, darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishddan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars mashg’ulotlarini o’quvchilarning imloviy malakalarini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.

Fonetika va grammatikadan berilgan bilimlar imlo qoidalarini o’zlashtirish uchun asos bo’ladi. O’rganilgan imlo qoidalarini amaliyotga tadbiq etishga doir mashqlarni izchillik bilan o’tkazib borilishi, bolalar yozganlarini o’zlari tekshirib, xato va kamchiliklarini topa olishlari va ularni to’g’irlay bilishga odatlanishlari lozim.

Biz o’z malakaviy ishimiz nihoyasida quyidagicha xulosaga keldik.

“Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir” – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko’ra, boshlang’ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto’g’ri bo’lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo’lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko’p yil, balki asrlarga ham asqotadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim- tarbiya beruvchi o’qituvchiga juda ko’p narsa bog’liq bo’ladi. Hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi erkin fikrli, keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg’ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo’lishi lozim.Shundagina u ko’zlagan maqsadiga yetishadi.

Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir.

29

O’quvchilarda imloviy bilimni shakllantirishni savod o’rgatish davridanoq boshlagani ma’qul. Chunki, bu bilimlar ta’limning keyingi bosqichlari uchun zarur



bo’ladi. Shuningdek, imloga oid tushunchalarni faqatgina ona tili darslarida emas,

balki o’qish, matematika, tabiatshunoslik, musiqa, odobnoma va boshqa darslarda ham kerakli o’rinlarda shakllantirib borilsa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin.

O’quvchilarning imloviy bilim va tushunchalarini rivojlantirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, yangi metodlardan samarali, unumli va o’rinli foydalanish kutilgan natija beradi.

Chunki, yangi pedagogik texnologiyaning har bir ko’rinishi bolani fikrlashga, o’z shaxsiy munosabatlarini izhor qilishga, ijod qilishga undaydi.

Ayniqsa, “Klaster”, “Bumerang”, “Aqliy hujum”, “Dumaloq stol”, “Muammoli vaziyat” kabi yangi pedagogik texnologiyalardan unumli va o’z vaqtida foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’quvchilarning imloga oid bilimlarini aniqlashda diktant va bayonlarning ahamiyati ham juda katta. Chunki, diktant va bayonlar o’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni yaqqol aks ettirguvchi ko’zgudir.

Bayonlar ham o’quvchilarning imloviy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Bayonlar, diktantlardan farqli o’laroq, o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga, erkin, mustaqil fikrlay olishga, ijodiy faollikni ta’minlashga xizmat qiladi. Yuqorida sanab o’tilgan omillarni hisobga olgan holda, boshlang’ich sinf o’qituvchilariga quyidagicha tavsiyalar berish mumkin:

ona tili darslarida o’quvchilarning imloga oid bilimlarini takomillashtirishning eng

30


maqbul usul va metodlarini ishlab chiqish;

fanlararo integratsiyani to’g’ri tashkil etish, ya’ni nafaqat ona tili darslarida,


balki matematika, o’qish, musiqa, odobnoma va shu kabi o’quv fanlarini o’tayotganda ham imloga oid tushunchalarni shakllantirib borish;


tekshiruv diktantlari va bayonlar vositasida o’quvchilarning imloga doir bilimlarini mustahkamlash, tekshirish, lozim bo’lsa, qo’shimcha darslar tashkil etish;


an’anaviy dars o’tish tizimini inkor etmagan holda, innovatsion usullardan foydalanib, darslarni yanada qiziqarliroq , yanada samaraliroq o’tkazish va bu orqali o’quvchilarni bilimga chanqoq, keng dunyoqarashli va erkin fikrlovchi insonlar bo’lib yetishishlariga imkon yaratish;


ona tili darslarida o’quvchilarning aylanma daftaridan tashqari, kichik “Imlo lug’ati” daftarini ham tashkil etish, bu daftarda imlosi qiyin va biroz tushunarsiz bo’lgan so’z va iboralarini qayd ettirib borish;


o’quvchilarda imloviy bilim va malakalarni hosil qilish uchun, o’z navbatida o’qituvchi ham tinimsiz izlanish, yangiliklardan boxabar bo’lib turish, o’z ustida ishlash, o’quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash, ta’lim yangiliklariga oid turli konferensiya, seminar va yig’inlarda ishtirok etib borishi lozim bo’ladi.


Umuman olganda, o’zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o’quvchilarning, balki shu yurt tuprog’ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so’zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo’l belgilaridek bo’lishi lozim.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘quvchilar nutqida kuzatiladigan xatolarga bee’tibor qarash kelajakda o‘quvchilar nutqiy madaniyatida yuzaga keladigan katta kamchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan talab qilinadigan vazifalardan biri esa aynan o‘quvchilarning nutqida kuzatilinadigan kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etishdir.

31

Foydalanilgan adabiyotlar



1..Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik 0 ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etarniz. Toshkent - “O ‘zbekiston” -2016.56 B.

2. Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent - “0 ‘zbekiston” -2016.488 B.

3. Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent - “0 ‘zbekiston” -2016.488 B. 4. Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Toshkent - “0 ‘zbekiston” -2017.104 B.

5.G’ulomova X., Mamatova G., Yo’ldosheva Sh., H.Boqiyeva., A.Sobirova.

Husnixat va uni o’qitish metodikasi. T.: “O’qituvchi” 2007 yil. 9,10, 38 betlar.

6.Safarova T. Savod o`rgatish darslari.T.:” Ma`naviyat’’ 2003y.

7.Sh.Yoqubov., D.Yoqubova.Grammatik o`yinlar.Termiz. 2009 yil. 45-bet.

8.G’ulomov A. 4-sinf “Ona tili” darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlari

9.Nosirxo‘jayev S, Lafasov M, A’zamxo‘jayeva. Ma’naviyat asoslari. Toshkent. 2009. 147 B.

10.Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomova X, Yo‘ldosheva Sh, Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2009. 341 B.

11.Siddiqova Sh. Boshlang`ich ta`limning dolzarb masalalari:muammo va yechimlari Badiiy matnni shakllantiruvchi sintaktik vositalar. Jizzax. 2020.

12.Ernazarov G‘. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2013. 165 B.

13.Abdullayev Y. Eski maktabda hat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960. 14.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. - Toshkent, "O’qituvchi", 1980. 15.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.

16.Abdullayeva Q., Raxmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.

17.Mirzayeva A. Boshlang’ich sinflar uchun orfografik so’z mazmuni. Toshkent,

32

18.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1985.



19.Qosimova K. va boshqalar. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani dasturi. Toshkent, 1996.

20.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish. Toshkent, 1964.

21.Fuzailov S., Xudoyberganova M. Ona tili. Uchinchi sinf uchun darslik. Toshkent, 2001.

22.Ikromova R. va boshqalar. Ona tili. To’rtinchi sinf uchun darslik. Toshkent, 2001.

23.Qosimova K., Fuzailova S., Ne’matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. Toshkent, 2001.33

1I.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа хizmаt etsin. «Tаfаkkur» jurnаli, 1998y, 2-sоn, 29 bеt.

2O’shа jоydаn. 29-30 bеt

23

3 I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdir». T.: O‘zbekiston, 20l0-y. 48-bet.4


44Bu haqda qarang :Safarova T. Savod o`rgatish darslari,T.” Ma`naviyat’’ 2003y

11
http://fayllar.org
Yüklə 91,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin