N. A. Kayumova


-MODUL. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə41/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

3-MODUL. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI
10-mavzu. Ta’lim jarayonini loyihalashtirish
Reja
10.1. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi
10.2. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
10.3.Loyiha texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalashtirish


10.1.Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi. Turli ilmiy adabiyotlarni o‘rgani natijasida shuni aytishimiz mumkinki, ta’limiy loyiha–aniq reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakatlardir [66].
Informatika o‘qituvchisining faoliyatida loyihalashtirish asosan ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi o‘qituvchining o‘z faoliyatini loyihalashtirishi bo‘lsa, ikkinchisi esa dars jarayonida loyihaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
Ta’limiy loyihalash nima uchun dolzarb? Bu informatika o‘qituvchisini har bir darsda maqsadga mos mazmunni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishi, ta’lim jarayonida kafolatli natijaga erishishi uchun harakat qilishga undaydi.
Ta’lim jarayonida loyihalashtirish ta’lim uslubini qo‘llash juda murakkab, ya’ni ko‘p qirrali va ko‘p variantli, ko‘p tanlovli dinamik tizim deb qarash mumkin. Shu sababli o‘quv faoliyatini loyihalashtirish o‘ziga xos innovatsion yondashuvni talab etadi. Ba’zi adabiyotlarda ta’limni loyihalashtirish jarayoniga xuddi texnologik jarayonni loyihalash kabi bosqichlarda qaralgan. Masalan, J.B Orishevning “Loyihali ta’lim asosiy bosqichlari” maqolasida loyihali ta’lim bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi [76].

  • izlanish-tanlish bosqichi;

  • konstruktorlik bosqichi;

  • ta’limiy konstruktorlik bosqichi;

  • texnologik bosqich;

  • didaktik texnologik bosqichi;

  • loyihani joriy etish bosqichi;

  • yakunlovchi bosqich, xulosalar va tavsiyalar bosqichlari.

Bir nechta adabiyotlarda ta’limiy loyihalash bosqichlari modellashtirish, loyihalashtirish va konstruksiyalash bosqichlaridan iboratligi ko‘rsatiladi [47].
I. A Kolesnikova o‘quv jarayonida loyihalashtirish bosqichlarini quyidagi:
loyiha oldi bosqichi;
loyihani amalga oshirish bosqichi;
refleksiv bosqich;
loyihadan keyingi bosqichlarga ajratib ko‘rsatib beradi [68].
Bizning ushbu sohadagi olib borilgan izlanishlarimiz natijasida o‘quv jarayonini loyihalashtirish bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin deb hisobladik.

  1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi;

  2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi;

  3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi;

  4. Yakunlovchi bosqich;

  5. Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi;


Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin