1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini
o’qitishning ilmiy metodik asoslari”
mavzusidagi
Magistirlik dissertatsiyasi
Ilmiy rahbar: texnika fanlari nomzodi,
professor M.Nishonov
Farg’ona 2023
2
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kafedraning 2023-yil _______ dagi -majlisida
muxokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.
Kimyo kafedrasining mudiri:
PhD S.A.Mamatqulova
3
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………..
I-BOB.”Kimyo”fanini o’qitishning nazariy masalalari……………………….
1.1.”Kimyo” fanini taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari………………… …
1.2.”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari”mavzusini o’qitishdagi
innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar ………………………………..………
1.3.Keys-stadi ta’lim texnologiyasi va uning o‘ziga xosliklari ………………
II-BOB. .”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” o’quv moduli
ishlanmasi………………………………………………………………….……
2.1.”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari”mavzusining ma’ruza matni….
XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..….………
4
KIRISH
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limini rivojlantirish, yosh
avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –
Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida
ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi
qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil
borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan
ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon
amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi [2].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev yoshlar ta’lim-
tarbiyasi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini
oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta
tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazib, har bir
tashabbus bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar
yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oshirish mexanizmlariga
alohida to’xtaldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident tomonidan ilgari
surilgan beshta tashabbusning barchasi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-
qizlarning ijtimoiy-ma’naviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea bo’ldi.
Xususan, birinchi tashabbus bo’yicha yoshlarni sa’nat va madaniyat
maskanlariga keng jalb etish, o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur
sharoitlar yaratishga qaratilgan Dastur loyihasiga ko’ra, 2019-2020 yillarda 14
yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan 2 million nafardan ziyod yoshlarni madaniyat va
san’at sohasiga jalb etish to’g’risida “yo’l xarita”larini tasdiqlash ko’zda tutilgani
muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga ko’ra, endilikda san’atga qiziquvchi
yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va san’at maktablarida
qo’shimcha sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik to’garaklari, teatr
jamoalari, bolalar ansambllarini tashkil etish orqali yoshlarni san’at va madaniyat
sohasiga qiziqtirish ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, yangidan quriladigan va
rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy ta’mirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat
markazlarining manzilli ro’yxati shakllantirilish, chekka hududlarda yashovchi,
5
ayniqsa, qishloq yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilayotgan
e’tiborning yorqin ifodasidir.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda
sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan bo’lib, Dasturga ko’ra,
tashabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2 yil ichida yengil konstruktsiyali,
sendvich panelli kichik sport zallarini barpo etish, ularga yoshlarni va aholini keng
qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish ko’zda tutilgani
nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uchun ham quvonchli voqea bo’ldi.
Uchinchi tashabbus.
Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari
va
internetdan
samarali
foydalanishga
oid
chora-tadbirlar
Dasturida
Prezidentimizning uchinchi tashabbusi bo’yicha amalga oshiriladigan keng
ko’lamli vazifalar o’z aksini topgan. Dasturga muvofiq 2019-2020 yillarda tuman
va shaharlarda, xususan, bizning tumanimizda ham raqamli texnologiyalar
markazlarini tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish Prezidentimizning
yoshlarga, xalqimizga qaratilayotgan yana bir katta e’tibori bo’ldi.
To’rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha
chora-tadbirlar Dasturiga ko’ra, har bir hududga 1 million donadan turli xil
ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib berish ko’zda tutilgani, salkam bir oydan
beri ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimiz bo’ylab keng
quloch yoygan “Kitob sovg’a qil!” aktsiyasida idora va tashkilotlar rahbarlari,
deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargacha ishtirok etishayotgani bu tashabbusning
naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir.
Beshinchi tashabbus – hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash,
muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga ko’ra, 2019-
2020 yillarda har bir tumanda yengil konstrkutsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini
qurish va ayollar uchun yangi ish o’rinlarini yaratish rejalashtirilgani, ayollar
ishlaydigan mazkur tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar
bozorini topish va shu asosda bu korxonalarni rivojlantirishga qaratilgani xotin-
6
qizlar
bandligini
ta’minlash
bo’yicha
bajariladigan
ishlarni
yanada
takomillashtirish imkonini beradi [1].
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limini rivojlantirish, yosh
avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –
Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida
ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi
qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil
borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan
ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon
amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi [2].
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni
rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini
ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi [3].
Ta’lim – tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men
jahon tajribasi va hayotda o’zini ko’p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu
maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada
hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga , ya’ni, yangi ta’lim modelining
kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim. [2].
Darhaqiqat , istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart – sharoitlarga ega
bo’lgan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida tahsil
olayotgan , zamonaviy kasb – hunar va ilm –ma’rifat sirlarini o’rganayotgan
hozirdanoq ikki – uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’quvchilar
katta hayotga kiribkelayotgan, o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon
etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu – intilishlarimiz bugunning
o’zida o’z hosilini berayotganini guvohi
Ta’lim to’g’risidagi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni
7
tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga
muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning
zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini
yanada
takomillashtirishni taqozo etadi. [1].
Respublikamiz ta’lim tizimida tub isloxatlar ro’y berayotgan bugungi kunda
har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z
kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi [3].
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnologiyalardan foydalanish,
farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va
rivojlantirish ta’lim soxasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali
o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta.
O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushunishi, unda aks etgan
kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni
o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi
talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy
ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, anorganik
kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish,
o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda
o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda.
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni “O’rta maktab kimyo kursida
reaksiya tushunchasini shakllantirish va rivojlantirish ” deb nomlashga ahd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga xavola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga
mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli
foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: |