N. A. Kayumova



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə47/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

Yakunlovchi bosqich. O‘qituvchi olib borilgan darsni tahlil qilinadi.

Darsda kimlar aktiv ishtirok etdi, o‘tilgan mavzuni talabalar qanday darajada o‘zlashtirdilar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalar egallandi, u DTSga mos bo‘ldimi, loyiha bo‘yicha olib borilgan dars talabga javob beradimi va h.k

  • .Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi. O‘quv jarayoni jonli jarayon bo‘lganligi sababli har doim ham tuzilgan loyiha 100% amalga oshmay qolishi mumkin. Bunda tanlangan pedagogik texnologiya yoki metod yaxshi samara bermasligi, aqliy hujumdagi savollar tartibi, qisman mazmuni o‘zgarishi ro‘y berishi mumkin. O‘qituvchi barchasini hisobga olib, kerakli xulosalar qiladi, keyingi dars jarayonida ularni takrorlamaslik uchun loyihaga o‘zgarishlar kiritadi, mazmunga mos boshqa metodlarni, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun tavsiyalar beradi.

I nformatika o‘qituvchisi yuqorida keltirilgan loyihani fanning amaliy, laboratoriya darslari uchun ham tayyorlashi va amalga oshirishi mumkin. Bunday loyihalar dars sifati va samaradorligiga hissa qo‘shadi. Auditoriyadagi ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminardarslarining ajralmas qismi, ularni to‘ldirib boruvchi bu mustaqil ishlarni bajarishdir.
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari

  1. Loyihalashtirishni ta’lim jarayonida qo‘llash nima uchun kerak?

  2. Ta’lim jarayonida kafolatli natijaga erishish deganda nimani tushunasiz, izohlab bering!

  3. Nima usun loyiha asosida olib borilgan dars davlat ta’lim standarti va undan yuqori bo‘lashi kerak, asoslab bering!

  4. Ta’lim metodini loyihalash ta’lim vositalarini loyihalashtiirishdan qaydan farq qiladi? Misollar asosida tushuntirib bering!

  5. Darsning texnologik xaritasi bilan dars ishlanmasining o‘xshash va farqli jihatlarini tushuntirib bering!

  6. Informatika o‘qituvchisi faoliyatini loyihalash ta’lim jarayonini loyihalashtirishdan qanday farq qiladi? Izohlang!

  7. Loyihalash asosida tashkil etilgan dars natijasi nima uchun davlat ta’lim standarti talabiga teng va undan yuqori bo‘lishi kerak?

  8. Loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichi bilan xulosa va tavsiyalar bosqichi bir-biridan qanday farq qiladi?




Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin