N. A. Kayumova


Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə50/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

11.3. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari.
Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari-bu har xil pedagogik jarayon(dars va darsdan tashqari)ni, vaziyatlarni tizimli tashkil etishni tavsiflovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Konsepsiya - pedagogik jarayonni tashkil etishdagi nuqtayi-nazar, yetakchi g‘oya va tamoyillar ko‘rinishida bo‘lib, u ilmiy tadqiqot natijasiga asoslanadi va qoidalar, hoyalar, qarashlarni o‘z ichiga oladi.
Model-pedagogik jarayonning anologi (aynan moslik)i bo‘lib, pedagogik jarayon elementlari (maqsad, mazmun, shakl, vosita, metod va natija) orasidagi munosabatni aks ettiradi. Modelning misoli sifatida biz ta’lim muassasasi bitiruvchisini olishimiz mumkin, uning bilimi, shaxsiy sifatlarida pedagoglar jamoasining mehnati, ularning innovatsion pedagogik faoliyatlari loyihasi aks etadi.
R eja-bu o‘tkaziladigan tadbirlar va ishlar ro‘yxati bo‘lib, unda tadbir va ishlarning o‘tkazilish tartibi va joyi ko‘rsatiladi. Loyihalashtirish jarayonida rejalardan keng foydalaniladi. Masalan: o‘quv reja, ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejasi, dars rejasi bo‘lib, ularning har biri o‘z maqsadi va o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘ladi.
.Muammoli va mantiqiy nazorat savollari

  1. Innovatsion pedagogik faoliyat bilan innovatsion texnologiyaning farqi nimada?

  2. Loyihalashtirish bilan rejalashtirishning qanday farqi bor deb o‘ylaysiz, fikringizni izohlang!

  3. Pedagogik muhitning boshqa muhitdan qanday farqi bor? Izohlang!

  4. Pedagog o‘z innovatsion faoliyatini loyihalashtirishi uchun unda qanday xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak?

  5. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish vositasi bilan shakllari bir-biridan qanday farq qiladi? Izohlang!

  6. Darsning innovatsion loyihasi model bo‘la oladimi? Nima uchun?

  7. Konsepsiyadan rejaning qanday farqi bor? Izohlang!

  8. Moddiy vositalarning ma’naviy vositalardan farqini izohlab bering!




Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin