14-mavzu. LOYIHAVIY O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI Reja
14.1. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish
14.2. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish
14.3. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish
14.1. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasining asoschilaridan biri amerikalik pedagog Djon Dyu(1859-1952) hisoblanib, uning ushbu uslubni ilmiy tavsiflash asosi pragmatik(islohot, bolani faollashtirish) pedagogika talablarga asoslanadi [15].
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o'rganishda loyiha usulidan foydalanish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
o’rganilgan informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni tizimlashtirish;
informatikaga oid ma'lumot bilan ishlashda ko'nikmalarni rivojlantirish, ushbu ko'nikmalarni mustaqil ravishda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish;
ta'lim muammolarini va amaliy vazifalarni yechish uchun minimal kompyuter vositalari va dasturiy modellar to'plamidan foydalana olish;
tabiatni va jamiyatni tushunishda axborot olish usullari bilan tanishish: hodisalarni kuzatish, ro'yxatdan o'tkazish, modellashtirish va tahlil qilishda AKTdan foydalanish, natijalarni axborot obyektlari shaklida taqdim etish;
informatika fanining umumiy tushunchalari haqida tizimli bilim va ma'lumot olishni o'zlashtirish: axborot obyekti, axborot jarayoni, axborot modeli, axborot tizimi, menejment, algoritmlari, axborot obyektlari va jarayonlarining rasmiy modellari to'g'risida; axborot dunyosiga yo'naltirilganlikka erishish;
ixtisoslashgan sohalarda axborotlar bilan ishlashda intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
global axborot jamiyatining talablariga muvofiq xulq-atvor va faoliyatning zaruriy normalarini o'rgatish, axborot jamiyatining o'ziga xos muammolari, ijobiy va salbiy jihatlari bilan tanishish va h.k.
Ta’limiy loyihani tasniflash.Ta’limiy loyihalarning turli tasniflari mavjud: 1) Ta’lim oluvchilarning ustuvor faoliyati bo'yicha: