N. A. Kayumova



Yüklə 3,81 Mb.
səhifə67/98
tarix16.09.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#144115
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98
Qarshi davlat universiteti n. A. Kayumova informatikani o

15.2. Baholash mezonlari. Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari yetarlicha aniq, o‘lchash imkoniyati mavjud, uni talabalar va ota onalar tushuna oladigan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomda baholash mezonlari namuna sifatida ko‘rsatib o‘tilgan [59].
Nizomda talabalarning bilim darajasi a’lo (86-100 ball), yaxshi (71-85 ball), qoniqarli (56-70 ball) mezonlar asosida baholanishi ko‘rsatilgan.
Umumiy o‘rta la’lim jarayonida baholash 5 ‒ a’lo, 4 ‒ yaxshi, 3 ‒ qoniqarli, 2 ‒ qoniqarsiz ko‘rinishida qoyiladi.
Informatika fani o‘qituvchilari mavzularni baholashda quyidagi umumiy mezonga asoslanadi [29]. (15.1-jadval).
Baholash mezonlari. 15.1-jadval



Mezonlar

Baho


Informatikadan o’tilgan mavzu mazmunini chuqur va to‘la egallab olgani, o‘quv materialidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidani ajrata bilganligi, o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikrlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to‘g‘ri uslubda, ijodiy, ishonchli va bexato bo‘lishi.

a’lo

  1. 2

Informatikadan o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialining mazmunini chuqur va to‘la o‘zlashtirgani, o‘rganilgan tushunchalar ta’riflarni, to‘g‘ri bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo‘lganligi. Lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo‘l qo‘yilganligi.

yaxshi


  1. 3.

Informatikadan o‘quv materialidagi asosiy bog‘lanish va qoidalarni o‘rganganligi, tushunganligi, lekin tushunchalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo‘l qo‘yilishi, aytadigan fikrni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo‘qligi. Javob to‘g‘ri bo‘lsa ham, u alohida, tarqoq fikrlardan iborat bo‘lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko‘p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi.

qoniqarli

  1. 4.

Informatikadan tizimsiz, tarqoq bilimlarga ega bo‘lganligi. Nazariy va amaliy topshiriqlar mazmunining bir‑biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi. Axborot texnologiyalaridan yod olingan iboralarni takrorlay olishi, lekin, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajara olmasligi.

qoniqar-siz



Yuqorida keltirilgan umumiy baholash mezonidan kelib chiqib, amaliy va laboratoriya mavzuning xususiy baholash mezonlarini ishlab chiqish mumkin [29].



Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin