N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/79
tarix06.10.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152700
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q (1)

Pravoslavie marosimlari.
Xuddi katolik yo ’nalishidagi kabi pravoslavieda ham marosimlarga 
katta ahamiyat beriladi. Pravoslavie marosimlarining к о ’pi cherkovda 
o ’tadi. Katolik cherkovlarida ibodatlar paytida dindorlar bemalol 
stullarda o ’tiradilar, pravoslavie cherkovlarida esa dindorlar tikka 
turadilar. Katolik cherkovlarida organ musiqasi sadolari ostida ibodat 
qilinadi Pravoslav cherkovlarida ibodat paytida musiqaviy kuylar 
chalish odat emas. Pravoslavie va Katolik cherkovlarining ichki 
tomonini 
bezatishda 
ham 
farqlari 
bor. 
Masalan, 
pravoslavie 
cherkovlarida, ibodat uylarida butlar juda k o’p. Bibi Maryam Iso
avliyolaming ko’pdan-ko’p haykallari ham mavjud. Pravoslavie 
cherkovlari va ibodat uylari nim qorong’i, shamlar bilangina yoritilgan 
holda, sirli sharpalar, mungli munojot madhiya emas, balki marsiya 
ohanglari eshitilgan holda marosimlar o ’tadiki, bunday holat pravoslav 
ruhoniylarining fikriga ko’ra, dindoming e’tiqod ruhiyatini kuchaytiradi. 
Agar yop-yorug’ elektrlar yonib turgan holda ibodat qilinsa, dindorlar 
ibodatda chalg’ishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Pravoslav bayramlari ham juda ko’p bo’lib, ularning umumiy soni 
bir yildagi 365 kunning har biriga bir nechta bayrami to ’g’ri keladi. 
Pravoslav bayramlari ulug’lash ob’ektiga qarab Iso, Bibi Maryam va 
avliyolar sharafiga o ’tkaziladigan bayramlarga, tantanavorligi jihatidan - 
ulug’, o ’rta va kichik bayramlarga va o ’tkazish vaqti jihatidan -
64


surilmaydigan, oyning ayni bir xil chislolariga to’g ’ri keladigan 
bayramlarga, hamda suriladigan, y a’ni pasxa kunlariga qarab, kalendar 
kunlari bo’yicha almashib turadigan bayramlarga bo’Iinadi. Ulug’ 
bayramlar ro ’yxati pasxadan boshlanadi, undan keyin o ’n ikki bayram 
turadi.
988 yilning yozida Kiev knyazi Vladimir Vizantiya davlatidan 
pravoslavie mazhabiga qabul qilishni so ’radi va Konstantinopol 
patriarxligiga qabul qilindi. Rossiya xristianlikni shu tariqa qabul qildi. 
Vizantiyadan Rossiyaga kelgan messioner pravoslav ruhoniylar Kiev 
k o ’chalarida oliy tabaqaga mansub kishilami Dnepr daryosida 
cho’qintirdilar. Lekin oddiy odamlar yangi dinga kirishni xohlamasdan 
cho’qinishdan bosh tortganlari ham bor edi, ular majburan cho’qindilar. 
Shundan keyin Moskva, Novgorod, Tver, Pskov, Vladimir, Nijniy 
Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho’qintirilib yangi dinni qabul 
qilganlar.
Pravoslavie mazhabida hozirgi paytda yagona markaz yo’q. Hozir 
15 avtokefal, ya’ni biri-biridan mustaqil bo’lgan pravoslav cherkovlari 
bor. Bular Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiy 
(Suriya), Quddus, Rus, Kipr, Gruziya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, 
Ellada, Albaniya, Polsha, Chexiya, Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda ahloqiy ta’limotga ham alohida ahamiyat berilgan. 
Yaqin kishilaringni sev, yomonlik qilma, yaxshilik qil, o ’ldirma, 
o ’g ’irlik qilma kabi pand-nasihatlar o ’ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin