go’shti, xususan, cho’chqa go’shtini eyish, kofe, choy, vino ichish,
tamaki chekish taqiqlanadi. Turli xil k o ’ngil ochish ishlari, badiiy kitob
o ’qish esa qoralanadi. Tashkilot a ’zolariga yuqori darajadagi aktiv
missionerlik xosdir. Ulaming aqidalariga ko’ra, Isoning tezroq qaytishi,
barcha insonlar adventistik targ’ibotni qancha tez eshitishlariga
bog’liqdir.
MaTumotlarga ko ’ra dunyoda 5 millionga yaqin adventistlar bor.
Ular 184 mamlakatda 22 000 dan ortiq cherkov, 5000 dan ortiq o ’quv
markazlari, 50 nashriyot, 160 ta kasalxonaga ega, AQSh va Kanadada
bu yo’nalish vakillari nisbatan keng tarqalgan, 170 dan ortiq tilda
missionerlik adabiyotlarini chop etadi.
Missionerlikni amalga oshirishda Ettinchi kun adventistlari
an’anaviy usullar bilan bir qatorda radio, televidenie, internet kabi
zamonaviy usullardan ham faol foydalanishmoqda.
Dostları ilə paylaş: