ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan
ta’sirlanayotgan va to ’g ’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi ham buni
tasdiqlaydi. O ’zini portlatish orqali
begunoh kishilaming halok
b o ’lishiga, qanchadan-qancha bolalaming etimga aylanishiga sabab
bo’ladigan jafokorlik ham jaholatning o ’ziga xos ko’rinishidir.
Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng
tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o ’ylangan strategiyaning bir
qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish
maqsadida har qanday qabih yo ’llardan foydalanishga urinmoqda.
Respublikamizda qaror topgan tolerantlik
muhitini afkor ommaga
ob’ektiv k o ’rsatib berish, e ’tiqod erkinligi sohasida O ’zbekistonda olib
borilayotgan siyosatni keng targ’ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar
tomonidan targ’ib qilinayotgan vayronkor g ’oyalarga qarshi islom
manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish,
diniy mutaassiblik
tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g ’arazli geosiyosiy
maqsadlar,
ulam i
amalga oshirayotgan buzg’unchi kuchlarning
kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ulami
aholi orasida targ’ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: