Bilim, ko‘nikma va malakalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish testlarini qanday ishlab chiqish mumkin?
IZOHLILUG’AT(GLOSSARIY)
Akkreditasiya – faoliyat yuritishga ishonch bildirish va muvofiq ravishda berilgan hujjat, ya’ni faoliyat darajasining qo‘yilgan mezon va talablarga javob berishini davlat tomonidan e’tirof etilishi.
An’anaviy dars o‘tish darsning asosiy maqsadi ko‘proq tushuntirishga qaratilgan, o‘qituvchi bilim beruvchi, o‘quvchi-talaba bilim oluvchi rolini bajaruvchi dars o‘tish.
Attestasiya – mutaxassislarning ishga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulqatvorini aniqlash va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berish.
Axloq shaxsni jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yorlar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Aqliyhujummetodi – qo‘yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha o‘quvchi-talabalarning o‘z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga faol qatnashish, o‘z nuqtai nazaridan yondashishga yo‘naltirish, bildirilgan fikrlarni saralashga o‘rgatuvchi metod.
Bayon qilish o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzu, materialning mazmunini izchil so‘zlab berish metodi.
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim (B/B/B)» metodi kitob, ilmiy maqolalarni o‘qishga, bilmaganlarini o‘rganishga harakat qilishga yo‘naltiradigan metod.