N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə38/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

Dastlab, o‘qituvchi talabalarga kitob yoki ilmiy maqolani o‘qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.
So‘ngra, ikkinchi bosqichda muallif nima haqida fikr yuritayotgani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.
Uchinchi bosqichda, o‘qituvchi talabalardan o‘zlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo‘lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.
To‘rtinchi bosqichda, talabalar yozgan javoblar o‘zaro tekshiriladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo‘yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash.
Talabalar o‘z fikrlarini bildirgach, ularni solishtirib, o‘qituvchi o‘zi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun avvaldan nimalarni o‘qigan bo‘lishi, nimalarni bilish kerak? va hokazo.
Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalarga ball beriladi.
Bunday usulni qo‘llash talabalarni o‘qishni faol o‘rganishga undaydi. Undan tashqari talabalarni o‘z fikrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni o‘rgatadi.
“Muallifdan so‘rang” usuli bo‘yicha talabalar o‘zlari yangi tekst bilan ishlab, yozishni o‘rganishadi.
Ushbu usulni modifikasiyasi darsda bir necha o‘quv adabiyotida berilgan shu mavzu bo‘yicha matnni o‘qib chiqib, solishtirish ham mumkinki, u talabalarga mavzuni o‘zlashtirishga, mustaqil fikr yuritish va bilimini mustahkamlashga katta yordam beradi.


8.2. Ta’lim vositalari
Ta’lim vositalari: ta’lim maqsadini amalga oshirish yo‘lida xizmat
qilayotgan metodlarni muvaffaqiyatli natijaga erishishi uchun ishlatiladigan
o‘quv asboblaridir. Ular issiqlik sig‘imini o‘lchash asbobi, kompyuterlar, turli
xil laboratoriyada ishlatiluvchi apparat turlari, o‘lchash asboblaridan tashkil
topishi mumkin. Ta’lim vositalari talabalarni amaliy ishlarni bajarishida
hamda malaka hosil qilishida sharoitida bu yanada katta ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy universitet bitiruvchisi turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha ishlarni
bajarish, yangi texnologiyalarga erkin moslashish, zaruratga ko‘ra, malakasini
oshirish, ixtisosligini o‘zgartirishga tayyor bo‘lishi lozim.
Mutaxassisga qo‘yiladigan talablar majmuida axborot oqimida erkin
yo‘nalish tanlay olish va mustaqil ta’lim hamda bilim olish ko‘nikmalarining
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Talabalarni axborot bilan ishlash: ishonchli
manbalarni izlash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, olingan
natijalarni taqdim qilish metodlariga o‘rgatishga oid ixtisoslashtirilgan
kurslarni joriy etish zarur. Bular xorijiy yetakchi ta’lim muassasalarining
ko‘pchiligida faol qo‘llanib keladi. Axborotning turli manbalari va vositalari,
jumladan, kompyuter texnologiyalari bilan erkin va tez ishlay olish malakasi
zamonaviy yosh mutaxassislar uchun juda muhim. Shu sababli raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash ularni o‘zgaruvchan dunyo sharoitlariga moslashishiga
qodir bo‘lgan yangi texnologiyalardan foydalanish vositalari, usullari va
metodlari bilan qurollantirishdan iboratdir.
«Teng-tengiga» o‘qitish metodlari hali keng qo‘llanilayotgani yo‘q. Bunda
yuqori kurs talabalari yoki magistrlar yetakchi (ustoz) rolini bajaradi.
Talabalar o‘rtasida volonterlik faoliyati yetarlicha keng tarqalmagan.
Mazkur faoliyat to‘g‘ri tashkil qilinganida talabalar o‘zlarining alohida
ehtiyojmand bolalar bilan ishlashga oid amaliy ko‘nikmalarini jiddiy tarzda
oshirish, shuningdek, o‘zining yangi nazariy bilimlarni egallashga
motivasiyasini kuchaytirish, bo‘lg‘usi kasbida yaxshiroq yo‘nalganlik kasb etish va
OTM ta’lim jarayonida faolroq ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin