N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”


O‘quv materialini tushuntirish



Yüklə 398,43 Kb.
səhifə35/83
tarix25.03.2023
ölçüsü398,43 Kb.
#90001
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

O‘quv materialini tushuntirish - pedagog tomonidan o‘rganilayotgan
mavzuning narsa, hodisa va voqealarning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha,
qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod ko‘proq aniq, fundamental fanlarni
va shunga o‘xshash fanlarni o‘qitishda ko‘proq qo‘l keladi. Pedagogning ma’lum bir
fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni qanchalik asosli ekanligini
faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek masalalar, misollar ishlash
yo‘li bilan isbotlab beradi.
Ma’ruza metodi. Bu metod o‘quv materialini hajmini kattaligini,
mantiqiy tuzilishi, obrazlari isbot va umumlashtirishning anchagina
murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning bir qisminigina egallasa,
ma’ruza odatda ularni to‘la qamrab oladi. Ma’ruza davomida muammoli
vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko‘rgazmali materiallarni namoyish
etish, ma’ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar samaradorlikni
oshiradi.
Suhbat. Bu metod asosan savol-javob yo‘sinida olib boriladi.
Suhbatlarning ma’lum maqsadga qaratilganligi ularning xarakterini
belgalaydi. Suhbat evristik xarakterda, etik xarakterda, instruktiv metodik
xarakterda bo‘lishi mumkin.
O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari.
Iqtisodiy ta’limda ko‘rgazmalilik metodi namoyish etish, illyustrasiya va
ekskursiya tariqasida olib borilishi mumkin. Ta’limda namoyish etish metodidan
foydalanish asosan materiallarning xarakteriga-mazmuni, shakli ham hajmiga
bog‘liqdir. Namoyishning o‘zi ham turlicha bo‘lishi mumkin: a) aslicha ko‘rsatilishi
mumkin bo‘lgan buyum va narsalar, o‘simliklar va ularning tarkibi, kolleksiyalar,
asbob va mashinalar, modellar va hokazo.
Ekskursiya metodi.
Ekskursiya metodi sinf sharoitida dars jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish
metodidan tubdan farq qiladi. Bu metod bilan o‘rganilayotgan narsa va
hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus
muassasalarga (muzey, ko‘rgazma va hokazolarga) tashkiliy ravishda boriladi.
O‘qitishning amaliy ishlar metodi.
Amaliy metodlarga masalalar yechish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar
amalda qo‘llab ko‘riladi. Grafik jadval, kartalar chizish ham tegishli ko‘nikma va
malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.

Yüklə 398,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin